Farg`ona viloyati avtomobil yo`llari bosh boshqarmasi
324 subscribers
4.46K photos
457 videos
5 files
950 links
Фарғона вилояти автомобиль йўллари бош бошқармаси

✏️ @Fargona_admin


📞 (99873) 226 39 46
Download Telegram
#Huquqiy_targ‘ibot
  
#Oltiariq_tumani
Oltiariq tumani “Katput” MFY binosida Oltiariq TYFDM huquqshunosi hamda bosh muhandisi tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda tadbir bo’lib o’tdi.
    Tadbirda asosiy masala O’zbekiston Respublikasining  “Avtomonil yo’llari  to’g’risida" gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 342-sonli qarori bo’ldi. Mahalla faollariga ushbu qonun va qarorning bevosita aholiga aloqador  qismlari huquqshunos tomonidan tushuntirilib o’tildi.
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Huquqiy_targ‘ibot
#Oltiariq_tumani
    Oltiariq tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi huquqshunosi tuman "Vatanparvar" tashkilotida xodimlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvar kungi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi.  Xuquqshunos ushbu qonun yuzasidan yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Tizimda kuzatilishi mumkin bo‘lgan korruptsion holatlarning oldini olishga chaqirdi. 
     Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Xayr_saxovat tadbirlari
     
#Qurbon_hayiti
     
#Oltiariq_tumani
    Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorga ko‘ra, 2024 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
    Muborak ayyom munosabati bilan
Oltiariq tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan soxada xizmat qilib nafaqaga chiqqan, kam ta'minlangan hamda boquvchisini yoʻqotgan xodimlar holidan xabar olinib, bayram sovgʻalari topshirildi.
    Barcha tuman va shaharlarda bayramni munosib nishonlashga qaratilgan xayr-saxovat tadbirlari davom etmoqda.
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llar Bosh boshqarmasi matbuot xizmati.