Farg`ona viloyati avtomobil yo`llari bosh boshqarmasi
434 subscribers
5.22K photos
614 videos
5 files
1.11K links
Фарғона вилояти автомобиль йўллари бош бошқармаси

📞 (99873) 226 39 46
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#FIDIC_SERTIFIKATLARI_TOPSHIRILDI 🗓

🇺🇿 2023-yil 10-oktabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 330-sonli qaroriga ko‘ra, yo‘l-qurilish obyektlarida loyihani muhandislik boshqarish va texnik nazorat qilish ishlari autsorsing shartlari asosida Xalqaro muhandislar-konsultantlar federatsiyasi (FIDIC) amaliyoti va hujjatlariga muvofiq mustaqil tashkilotlar, shu jumladan xususiy sektor tomonidan amalga oshirilishi belgilangan edi.
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining tarkibiy tuzilmalari hamda Transport nazorati inspeksiyasining xodimlaridan iborat 300 nafar xodimning malakasini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan navbatdagi o‘quv kurslari yakuniga yetdi.
30 nafar xodim 1-va 2-modul bo‘yicha o‘qitildi. O‘quv kurslari yakunida tinglovchilarga Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Amriddin Abdurahmonov sertifikatlarni topshirdi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3