Farg`ona viloyati avtomobil yo`llari bosh boshqarmasi
435 subscribers
5.08K photos
590 videos
5 files
1.07K links
Фарғона вилояти автомобиль йўллари бош бошқармаси

📞 (99873) 226 39 46
Download Telegram
#9_may

Xotira abadiy, jasorat mangu!

Aziz yurtdoshlar hozirgi tinch-omon kunlar uchun jang maydonlarida halok bo‘lgan ota-bobolarimiz, front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning xotirasi abadiy, jasorati mangudir.

Bugun mustaqil Vatanimiz ozodligi, el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan mard va jasur harbiylarimizni ham hurmat va ehtirom bilan yodga olish zarur.

Shu kunlarda bugungi osoyishta kunlar uchun jon fido qilgan vatandoshlarimizning so‘nmas xotirasini yod etib, ularning ruhi poklariga hurmat bajo keltirish barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir.

Bugun Farg'ona viloyatining barcha hududlarida Xotira maydonlari to‘lib-toshgan, urushda halok bo‘lgan vatandoshlarimiz yod etilmoqda, faxriylar holidan xabar olinmoqda.

Hurmatli vatandoshlar, muhtaram faxriylar ushbu qutlug‘ ayyom munosabati sizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman!

Oybek Nazirov,
Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi boshlig'i
#9-may- Xotira va qadrlash kuni.
Farg‘ona viloyati hokimi “Motamsaro ona” haykali poyiga gul qo‘yish marosimini boshlab berdi. Marosimda viloyat jamoatchiligi, korxona va tashkilotlar, ta'lim muassasalari vakillari millat onasi ramzi poyiga gulchambarlar qo‘yishdi. Ushbu jarayonlarda Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi xodimlari ham ishtirok etdilar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#9-may – Xotira va qadrlash kuni!

Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash kunidek buyuk qadriyatimiz abadiy bo’lsin!