Farg`ona viloyati avtomobil yo`llari bosh boshqarmasi
332 subscribers
4.55K photos
491 videos
5 files
977 links
Фарғона вилояти автомобиль йўллари бош бошқармаси

✏️ @Fargona_admin


📞 (99873) 226 39 46
Download Telegram
Audio
#OAV_da_biz.
#Farg‘ona_radiosi
Ma'lumki, O‘zbekistonda 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” deb e’lon qilingan. Fargʻona viloyati Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi tomonidan ham ushbu yilda amalga oshrilishi rejalashtirilgan yirik loyihalar koʻp.  Jumladan, tuman-shaharlarda barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivlari yoʻllarini dunyo standartlari asosidagi loyihalar bilan qurish nazarda tutilgan.
    Jumladan, Margʻilon shahridagi “Yangi Oʻzbekiston massivi” avtomobil yoʻllarini qurish obyektida 17,8 km uzunlikdagi avtomobil yoʻllarini,  2 ta yoʻl oʻtkazgich tunneli va 2 ta er osti piyodalar yoʻlagini  qurish ishlari ham rejalashtirilgan boʻlib, loyiha-smeta hujjatlari “Oʻzshaharsozlik LITI” tomonidan ishlab chiqilmoqda. Buning uchun 12,4 mlrd soʻm limit mablagʻlari ajratilishi rejalashtirilgan.
     Fargʻona viloyati Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi xodimlari, tizimdagi tuman, shahar muassasalari rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  "O‘zbekiston—2030 strategiyasini ” Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi muhokamasini tashkil etish maqsadida “Transport tizimining salohiyatini oshirish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
   Seminarda yangi boshlanadigan yoʻllarni qurish va rekonstruksiya qilish obyektlarida ishlarni tashkil etishda muqobil energiya manbalaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, transport salohiyatini oshirish va shu bilan birga atrof-muhitga zararini kamaytirishga qaratilgan choralarni ishlab chiqish boʻyicha takliflar oʻrganildi.
    O‘quv seminar savol-javob tarzida boʻlib oʻtdi. Ushbu yoʻnalishda oliy ta'lim muassasalari, olimlar bilan hamkorlikda yangi ishlanmalarni yaratish va amaliyotga joriy etish boʻyicha ham vazifalar belgilab olindi.
#Farg‘ona                                          #Vazn_va_hajm_parametrlari
📣Farg‘ona viloyati hududidagi avtomobil yo‘llari sifatini yaxshilash, ularning o‘tkazuvchanlik qobiliyatlarini tiklash va xizmat ko‘rsatish muddatini uzaytirishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tizim korxonalarida yuk avtomobillarining vazn parametrlarini nazorat qiluvchi ko‘chma tarozilar ishga tushirildi.
   Farg‘ona  viloyatida 2024-yil mobaynidan jami 4945 ta yuk avtomobillari nazoratdan oʻtkazilib, 113 nafar yuk tashish qoidalarini buzgan avtomobil haydovchilariga tegishli tartibda ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
     Bugungi kunda viloyatda 10 dona koʻchma tarozi punktlari faoliyat yuritmoqda.
   ⛔️Quvasoy YFDM tomonidan D089 "Fargʻona sh. - Quvasoy sh. - Qirgʻiziston Respublikasi chegarasi" avtomobil yoʻlining 7-8 km oraligʻida transport vositalari vaznini oʻlchovchi  ko‘chma tarozi yordamida  oʻlchov ishlari  olib borildi.
#Huquqiy_targ‘ibot
  
#Furqat_tumani
  Furqat TYFDM huquqshunosi Nazokatxon Qodirova Furqat tumani bandlikka ko‘maklashish bo‘limida bo‘lib, bu yerga kelgan fuqarolar bilan uchrashdi. U uchrashuv davomida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori mazmun va mohiyatini tushuntirib, Qarorga ko‘ra hozirgi kunda olib borilayotgan islohotlar to‘grisida tushunchalar berdi. 
  Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Huquqiy_targ‘ibot
  
#DANG‘ARA _tumani
     Joriy yilning 28-yanvar sanasida Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi targ‘ibot guruhi tomonidan tumanda faoliyat yuritib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun huquqiy targibot tadbiri o‘tkazildi.
    Tadbirlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni mazmuni va ahamiyati hususida ma’lumotlar yetkazildi. Uchrashuv davomida YaTTlarga davlat tomonidan yaratilayotgan sharoitlar, imtiyoz va preferensiyalar haqida so‘z yuritilib, tadbir davomida ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi va mavzuga doir flayer taqdim etildi.
  Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Huquqiy_targ‘ibot
   
#Qo‘qon_shahri
    Qoʻqon shahar 22-sonli "Parpashabof" MFYda Fargʻona yoʻllardan muntazam foydalanish korxonasi DM bosh muhandisi Eldorjon Qodirov aholi vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida  "Tashabbusli budjet" loyihasi boʻyicha ichki koʻchalarni ta’mirlash masalasida tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
  Eslatib oʻtamiz: “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 1-mavsumi 1-fevraldan boshlanib, 20 martga qadar davom etadi.
Bunda:
  ⁃ Loyiha kiritish bosqichi — 1–20-fevral;
⁃ Saralash bosqichi — 21-fevral–7-mart;
⁃ Targʻibot bisqichi — 8–10-mart;
⁃ Ovoz berish bosqichi — 11–20-mart kunlari oʻtkaziladi.
    Joriy yildagi 1-mavsum gʻoliblari 21-mart — Navroʻz bayrami kuni e'lon qilinadi.
      Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Fargʻona
   #Sogʻlom_davlat_xizmatchisi
  👉 Fargʻona viloyatida “Sogʻlom davlat xizmatchisi” shiori ostida davlat fuqarolik xizmatchilarini chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish oyligi davom etmoqda.
🩸Mazkur oylik doirasida Fargʻona viloyati Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi xodimlari ham Fargʻorna shahridagi 3-oilaviy poliklinikaning  oftalmolog, kardiolog, nevropatolog, terapevt, xirurg, travmatolog kabi mutaxassislari tomonidan toʻliq chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
‼️Tadbir davomida  xodimlar 10 dan ortiq birlamchi turdagi tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, kasallik aniqlanganda xodimlarga davolanishi uchun barcha zaruriy shart-sharoit yaratib berilishi tushuntirildi. Shuningdek, xodimlar sogʻlom turmush tarzi, sogʻlom ovqatlanish boʻyicha shifokorlar maslahatlarini oldilar.
Eslatib oʻtamiz, “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida” gi qonunda davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat koʻrsatish kafolatlangan.
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.