Farg`ona viloyati avtomobil yo`llari bosh boshqarmasi
326 subscribers
4.49K photos
475 videos
5 files
958 links
Фарғона вилояти автомобиль йўллари бош бошқармаси

✏️ @Fargona_admin


📞 (99873) 226 39 46
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#PQ408
🔰Uchko'prik tumani "Mirzaxo'ja" mahallasining ichki koʻchalari asfalt qoplamasi bilan qoplanib, obod va ravon ko'chalarga aylanmoqda

Batafsil, Farg'ona telekanali "Yangiliklar 24" dasturi orqali efirga uzatilgan mazkur lavhadan tanishib olishingiz mumkin.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
#9_may

Xotira abadiy, jasorat mangu!

Aziz yurtdoshlar hozirgi tinch-omon kunlar uchun jang maydonlarida halok bo‘lgan ota-bobolarimiz, front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning xotirasi abadiy, jasorati mangudir.

Bugun mustaqil Vatanimiz ozodligi, el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan mard va jasur harbiylarimizni ham hurmat va ehtirom bilan yodga olish zarur.

Shu kunlarda bugungi osoyishta kunlar uchun jon fido qilgan vatandoshlarimizning so‘nmas xotirasini yod etib, ularning ruhi poklariga hurmat bajo keltirish barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir.

Bugun Farg'ona viloyatining barcha hududlarida Xotira maydonlari to‘lib-toshgan, urushda halok bo‘lgan vatandoshlarimiz yod etilmoqda, faxriylar holidan xabar olinmoqda.

Hurmatli vatandoshlar, muhtaram faxriylar ushbu qutlug‘ ayyom munosabati sizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman!

Oybek Nazirov,
Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi boshlig'i
“Ташаббусли бюджет” лойиҳаси доирасида “Катта Дехқонобод” маҳалласининг ҳам 3,0 км. ички йўллари янги қиёфа касб этмоқда

Қува туманида “Очиқ бюджет” лойиҳаси доирасида фуқаролар томонидан илгари сурилган ва “энг кўп” овоз тўплаб ғолиб бўлган таклифлар асосида маҳаллаларга асфальт ётқизиш ишлари жадал суръатларда олиб борилмоқда.

Ана шундай ободлик ишлари айни кунларда туманнинг "Катта Дехқонобод” маҳалла фуқаролар йиғинида ҳам амалга оширилмоқда.

Лойиҳа асосида маҳалланинг “Янгиҳаёт ” кўчасига 2,6 км. асфальт ётқизиш белгиланган бўлиб, пудратчи ташкилот томонидан замонавий техникаларда ишлар жадал амалга оширилмоқда.

“Ташаббусли бюджет”да ғолиб таклифлар доирасида ҳудудларда ички кўчаларни равонлаштириш тадбирлари давом этмоқда.

Фарғона вилоят Автомобиль йўллари бош бошқармаси ахборот хизмати
Fargʻona viloyatining barcha hududlarida yoʻlsozlar tomonidan Transport qatnovi uchun qulaylik yaratish, yoʻl transport hodisalarining oldini olish, avtomobil yoʻllaridagi nosozliklarni bartaraf etish hamda yomgʻir suvlari natijasida yoʻl qoplamasida hosil boʻlgan nosozliklarni taʼmirlash, yoʻl belgilari oʻrnatish va oqlash orqali harakat xavfsizligi taʼminlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasiining Rishton TYFUK 447,448, 449-yoʻl boʻlimi, Beshariq TYFUK, Qo'shtepa TYFUK tomonidan avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini taʼminlash, yoʻl chetidagi begona oʻtlarni tozalash, obodonlashtirish, yoʻl belgilarini taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
Ravon yoʻllardan - obod manzillar sari

Fargʻona viloyatida aholi farovonligi hamda turmush darajasini yaxshilash va ko'p qavatli uylarda istiqomat qilivchi fuqarolarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida izchil ishlar davom etmoqda.

Davlat rahbarining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408-son qaroriga asosan, 3,2 mlrd soʻm mablagʻlar hisobidan  "Doʻstlik" mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan koʻp qavatli uylarning ichki yoʻllarini asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ayni ishlardan soʻng hudud qiyofasi oʻzgarib, aholiga ertalab va kechqurun sayr qilishi uchun imkoniyat  yaratilаdi.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati