Farg`ona viloyati avtomobil yo`llari bosh boshqarmasi
437 subscribers
5.12K photos
592 videos
5 files
1.08K links
Фарғона вилояти автомобиль йўллари бош бошқармаси

📞 (99873) 226 39 46
Download Telegram
#Huquqiy_targ‘ibot
     
#Furqat _tumani
     Mehnat kodeksi va uning mazmun mohiyati haqida aholi vakillariga tushuntirishlar berilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Qo‘qon Davlat muzey qo‘riqxonasi amaliy san'at muzeyi “Jom'e majmuasi” da tashkil etildi. Unda majmua mudiri M.Nosirova, ilmiy xodim L.Po‘latov hamda muzey xodimlari ishtirok etishdi. Furqat TYFDM huquqshunosi  N.Qodirova mehnat sohasidagi qonunchilikning maqsadi — xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarini, ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yakka mehnat va ijtimoiy munosabatlarda muvozanat va muvofiqlikni ta’minlash asosida tartibga solishdan iboratligi haqida to‘xtalib,  ushbu faoliyat bilan bog‘liq barcha munosabatlarni Mehnat kodeksi tartibga solishi haqida ma’lumot berdi.Mehnat kodeksi xodimlar mehnat huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bilan birga, ish tanlash, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlarida ishlash, ishsizlikdan himoyalanishda davlat kafolatini ta’minlash imkonini beradi.
#Huquqiy_targ‘ibot
  
#Furqat_tumani
  Furqat TYFDM huquqshunosi Nazokatxon Qodirova Furqat tumani bandlikka ko‘maklashish bo‘limida bo‘lib, bu yerga kelgan fuqarolar bilan uchrashdi. U uchrashuv davomida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori mazmun va mohiyatini tushuntirib, Qarorga ko‘ra hozirgi kunda olib borilayotgan islohotlar to‘grisida tushunchalar berdi. 
  Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Furqat_tumani
#Baraka_shukurda" ishchilar eʼtirofi.
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i Izzatullayev Abdulboqi Rashitovich boshchiligidagi boshqarma mutasaddilaridan iborat ishchi guruh tumanlarda bo‘lib, ishchi-xizmatchilarni qiynab kelayotgan muammolarini o‘rganmoqda. Furqat tumani YFDM tizimida uzoq yillar faoliiyat olib borgan ishchi-xizmatchilar bilan bo‘lgan uchrashuvlar davomida ular so‘nggi yillardagi o‘zgarishlardan minnatdor ekanliklarini bildirishib,  barchasiga shukur,  vatanparvarlik va sabr bilan yetishganlarini eʼtirof etdilar.  Bugun ishchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, munosib sog‘lomlashtirish  jarayonlarini tashkillashtirish,  sayohatlar uyushtirib kelinayotganligi maʼqul bo‘layotganligini eʼtirof etishib, davomli tashkillanishi bo‘yicha takliflar bildirildi. 
Furqat tumani YFDM xodimlarining oylik maosh bo‘yicha murojaatlari boshqarma matasaddilari tomonidan o‘rganildi.
Sayyor uchrashuvlar davom etmoqda
#Furqat_tumani
 
#Huququy_targ‘ibot
  Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinib, tegishli qaror bilan u keng jamoatchilik muhokamasiga qo’yilgan edi. Furqat tumani YFDM huquqshunosi tumandagi o'quv markazida bo‘lib, tushuncha berdi. Konsepsiya loyihasi 7 ta bob 41 ta banddan iborat bo'lib, unda dunyoviy davlatda Diniy qadriyatlar ham muhim o'rin tutishi qayd etilganligi, O'zbekistonda vijdon erkinligini ta'minlash sohadagi munosabatlarni tartibga solinishi, Diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, vazifalari hamda dunyoviy davlatni rivojlantirishni ustivor yo'nalishlari haqida tushunchalar berilganligi haqida aytib o'tildi.
         Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
#Huquqiy_targ‘ibot
     #Furqat_tumani
   Furqat TYFDM huquqshunosi N.Qodirova tomonidan Furqat tumani hududida xususiy tadbirkorlik bilan shugullanuvchi tadbirkor fuqorolar bilan uchrashuv tashkillandi. Sayyor uchrashuvlar davomida tadbirkorlarga Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil, 24-yanvar kungi "Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari togrisida"gi PQ-39-son qarori mazmun mohiyatini hamda ijrosi borasida tushuntirishlar olib borildi.
   Fargona viloyati Avtomobil Yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.