Farg`ona viloyati avtomobil yo`llari bosh boshqarmasi
324 subscribers
4.46K photos
457 videos
5 files
950 links
Фарғона вилояти автомобиль йўллари бош бошқармаси

✏️ @Fargona_admin


📞 (99873) 226 39 46
Download Telegram
Forwarded from Farg’ona | Kun.uz
#Murojaatga_munosabat

Murojaatdan so‘ng yo‘l tamirlandi

Farg‘ona | Kun.uz telegram kanali orqali e’lon qilingan "Yangicha asfaltlash tizimi" deb nomlangan tanqidiy murojaatdan so‘ng Rishton tumani Yo‘l qurilish tashkiloti xodimlari tomonidan yo‘lning ma’lum bir qismi to‘liq ta'mirlandi. Qolgan joylari loyiha asosida joriy ta’mirlov yo‘li bilan tuzatilishi ma’lum qilindi.

➡️ Farg‘ona xabarlari
#MUROJAATGA MUNOSABAT “Xalq dardi" (https://t.iss.one/XALQDARDI_1) telegramm kanalida "Qo‘qon- Buvayda" yo‘nalishidagi katta yo‘lni Uchko‘prik tumani Yo‘l qurilishi remont qilish uchun o‘yib tashlashgan, mana 1 oydan o‘tdi,  lekin  yo‘lga asfalt yotqizilmadi..." mazmunidagi  anonim murojaat yo‘llangan.
Ushbu yo‘l Uchko‘prik tumani hududidan o‘tgan  4P260 avtomobil yo‘lining 60 - 63-km qismi bo‘lib, bu yerda asfalt-beton qoplamaning yemirilgan qismini ta'mirlash ishlari  amalga oshirilgan. Ma'lumki yo‘lni asfaltlash uchun havo harorati +5 daraja iliq va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi. Nam va yog‘ingarchilik kuzatilganida esa ta'mir ishlari, ya'ni asfalt-beton qoplamani ta'mirlash ishlarini bajarish mumkin emas. Bu yo‘l sifatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Ta'mir ishlari talabidan kelib chiqib,  ob-havo sharoitining noqulayligi sababli ushbu ishlar joriy yilning 15-aprel  sanasida yakuniga yetkazildi. Bunda 820 kv metr yo‘l qismi ta'mirlangan bo‘lib, 99 tonna asfalt-beton qorishmasidan  foydalanilgan.
#Murojaatga_munosabat
#Quva_tumani
Ijtimoiy tarmoqlarning birida (https://t.iss.one/Prezident_kamandasi/39) “Farg‘onaga tashrifi oldidan Prezidentga tezkor video murojaat” sarlavhada murojaat yo‘llangan. Ushbu murojaatda Quva tumanidagi 4R140 “Marg‘ilon sh. – Quva sh. – Marhamat sh. – Aravon q.” Avtomobil yo‘lining 36-38-kmlar oralig‘i nazarda tutilgan. Videomurojaatdan so‘ng Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzilib, mazkur manzil o‘rganildi. Ushbu yo‘l ikki viloyatni bog‘lovchi davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘li hisoblanib, yengil va yuk avtotransport vositalari qatnov jadalligi yuqori va bu ko‘rsatgich bir sutkada 25-30 ming avtomobilni tashkil etadi. Shu sababli yo‘lning asfalt-beton qoplamasida yemirilish kuzatilgan. O‘rganish xulosalari natijasida ushbu yo‘l ta'mirtalab deb topildi va 4-kvartal ta'mirlash ishlari dasturiga kiritildi. Joriy yil yakuniga qadar ushbu yo‘lning ravon va xavfsizligini ta'minlash choralari ko‘riladi.
Kuzatilayotgan kamchiliklar haqida befarq bo‘lmay, xabar berib borayotgan fuqarolar, jamoatchilik faollariga Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi rahbariyati o‘z minnatdorligini bildiradi. Bu orqali viloyatdagi umumfoydalanuvdagi yo‘llar ravonligi va xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha mavjud kamchiliklar hamda muammolar o‘z vaqtida bartaraf etishga erishilmoqda.
Agar sizda bu kabi murojaatlar mavjud bo‘lsa, 73 226-36-50 ichki 407 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Hamkorligingizdan minnatdormiz.
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi.
#Fargʼona_viloyati
#Murojaatga_munosabat


    🇺🇿  Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg‘ona viloyat "Avtoyo‘l" mas'ullariga tahrirsiz murojaat” (https://t.iss.one/JAMOAT_NAZORATI) sarlavhali murojaat e'lon qilingan. Ushbu murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
 📊   Ushbu  avtomobil yo‘li Farg‘ona TYFDM tasarrufidagi 4R127 “Marg‘ilon sh.-Soybo‘yi q.”  avtomobil yo‘lining 1-4-km qismilari bo‘lib,  2024 yilning birinchi choragida ushbu avtomobil yo‘lining  0-6-km qismida 1320 m2 chuququrlar joriy ta’mirlanib, tansport vositalari harakati uchun  qulayliklar yaratilgan edi.  Lekin ushbu yo‘ldagi avtomobil qatnovi yuqoriligi va tabiiy sabablar natijasida qoplama qismida yana yemirilish kuzatilgan. Murojaatdan so‘ng Farg‘ona viloyati  Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzilib, ushbu  yo‘lda qaytadan nazorat ko‘rigi o‘tkazildi.  O‘rganish xulosalariga ko‘ra, joriy yilning noyabr oyi davomida ushbu avtomobil yo‘lidagi yangidan vujudga kelgan  chuqurlar ta'mirlanishi rejalashtirildi.
  ⬇️  Murojaatda “Arxiv” video ilova qilingan bo‘lib, undan so‘ng bajarilgan ishlar  ham ushbu munosabatga ilova qilinmoqda. Ushbu fotosuratlarda 2024-yilning birinchi choragidagi joriy ta'mirlash jarayonlari aks etgan.
   🎆  Farg‘ona viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasining murojaatlar bilan ishlovchi ishonch telefonlari mavjud bo‘lib, bu kabi masalalarda ushbu raqamlarga bog‘lanishingiz mumkin.
   🖥 Murojaat uchun telefonlar:   (73) 226 – 36 – 53
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Farg‘ona
#Murojaatga_munosabat
Joriy yilning 4-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Davlatdan qornimizga, ustimizga narsa obersin, uy qurib bersin demaymiz. Yo‘limizni "Asfalt" qilib berishlarini so‘raymiz” sarlavhasi ostida Oltiariq tumani “Sertut” MFY “Sertut” ko‘chasi fuqarolari nomidan murojaat yo‘llangan. (https://t.iss.one/JAMOAT_NAZORATI) Ushbu murojaat Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida o‘rganib chiqildi.
Mazkur yo‘l  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-avgust kungi №169-sonli “O‘zbekiston Repsublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 4N865 “Sertut q.–Eskiarab q.” avtomobil yo‘li hisoblanib,  9 km ni tashkil etadi.  Uning 0-1-km qismi oralig‘i shag‘al qoplamadan iborat va Oltiariq tumani YFKDM tasarrufida.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal ho‘jaligi vazirining                 2024-yil 5-yanvardagi  2-son buyrug‘iga asosan tasdiqlangan,  QR 06.03-23 “Avtomobil yo‘llari” qurilish reglamentining 11-bob 485-bandiga asosan shag‘al qoplamalar yuzasiga ishlov berishning yuqoridagi sharoitlardagi xizmat muddati 10-12 oygacha etib belgilangan.
Yuqoridagilarga asosan Oltiariq TYFKDM tomonidan joriy yilning mart oyida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Kuzning yog‘ingarchilik kunlarida avtomobil yo‘lining ushbu qismi qoplamasida nosozliklar kuzatilmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq 6-noyabr  kuniga qadar bartaraf etilishi ta’minlanadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaatga munosabat.
Ijtimoiy tarmoqlarda (https://t.iss.one/JAMOAT_NAZORATI)     Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida tumanli ob-havo sharoitida yo‘lda harakatlanishda noqulayliklar tug‘ilayotgani haqida murojaat yo‘llangan edi. Yozyovon tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan hudud o‘rganildi va harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida yo‘l yotiq chiziqlarini chizish ishlari amalga oshirildi.  Tumanli havo bo‘lishiga qaramay ishchi-xizmatchilar o‘z vazifalarini sidqidildan amalga oshirdilar. 
     Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasining murojaatlar bilan ishlovchi ishonch telefonlari mavjud bo‘lib, bu kabi masalalarda ushbu raqamlarga bog‘lanishingiz mumkin.
🖥 Murojaat uchun telefonlar:   (73) 226 – 36 – 53