Farg`ona viloyati avtomobil yo`llari bosh boshqarmasi
329 subscribers
4.46K photos
469 videos
5 files
950 links
Фарғона вилояти автомобиль йўллари бош бошқармаси

✏️ @Fargona_admin


📞 (99873) 226 39 46
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Farg‘ona
#Yangi ko‘prik qurilishi

Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida yangi ko‘prik qurilmoqda. Bu aholi vakillari uzog‘ini 8-9 km ga yaqin qiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#FARG‘ONA
#MUQOBIL_ENERGIYA
Farg‘ona viloyatininig Qo‘shtepa tumanida aholi xonadonlariga o‘rnatilgan quyosh panellari orqali 10 mln so‘mgacha daromad topmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Farg‘ona_viloyati

📍 Eng chekka qishloqlardagi ichki yo‘llar obodligi aholi quvonchi va qulayligiga sabab bo‘ldi.
◾️Uchko‘priklik fuqarolar fikrlari so‘zimiz isbotidir.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Farg‘ona
"Yoshlar"  telekanalining "Yangi davr"  informatsion dasturida yo‘lchilik sohasidagi ustoz-shogird an'analari haqida so‘z yuritildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#FUTBOL
#AVTOMOBIL_YOʼLLARI_QOʼMITASI_RAISI_KUBOGI
#Farg‘onaga_ilk_g‘alaba_muborak!
      Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi kubogi musoboqalari qizg‘in va murosasiz tarzda davom etmoqda.Yaxshi an'anaga aylangan musoboqaning o‘tgan yilgi bosqichida Farg‘onalik yo‘lsozlar birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edilar.Joriy yildagi ilk o‘yinni ham g‘alaba bilan qarshilashdi.  O‘yinda Farg‘ona viloyati Avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi  hamda Buxoro viloyati Avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi jamoalari maydonda to'p surdilar.
    O'yin yorqin lahzalarga boy bo‘ldi.
Yakunda 5:0 hisob bilan Farg‘ona viloyati yo‘lsozlari faxrli g‘alabani qo‘lga kiritdilar.
Keyingi bosqichda ular "O‘zyo‘lko‘prik klasteri" DM   jamoasiga qarshi maydonga tushadilar.
#FARG‘ONA
#Muddatidan_oldin_ovoz_berish
  Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Bu saylovga o‘n kun qolganida boshlanadi va saylovga uch kun qolganida tugallanadi. Mamlakatimizda ham oldindagi siyosiy jarayonga muddatidan avval ovoz berish  16-oktabr sanasidan boshlanib, 23-oktabr sanasida yakunlandi. 27- oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengash deputatligiga bo‘ladigan saylovga Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi ishchi-xodimlari  ham befarq emas. 8 kunlik jarayonlarda Fargʼona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi va tizim korxonalaridagi 2323 nafar ishchi-xodimlardan 833 nafari muddatidan avval ovoz berishdi.
    Eslatib oʻtamiz, jamoa shartomasi hamda mehnat kodeksining 191-moddasiga asosan ish vaqti rejimi  oʻzgaruvchan jadval boʻyicha dam olish kunlari belgilanishidan kelib chiqib, 27-oktabr  kuni ishda boʻladigan xodimlar muddatidan oldin ovoz berishdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda.
#Farg‘ona" telekanali
#Farg‘ona24" dasturida. Beshariq tumanidagi  yo'l infratuzilmasi islohotlari yoritildi.
#Farg‘ona
#Murojaatga_munosabat
Joriy yilning 4-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Davlatdan qornimizga, ustimizga narsa obersin, uy qurib bersin demaymiz. Yo‘limizni "Asfalt" qilib berishlarini so‘raymiz” sarlavhasi ostida Oltiariq tumani “Sertut” MFY “Sertut” ko‘chasi fuqarolari nomidan murojaat yo‘llangan. (https://t.iss.one/JAMOAT_NAZORATI) Ushbu murojaat Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida o‘rganib chiqildi.
Mazkur yo‘l  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-avgust kungi №169-sonli “O‘zbekiston Repsublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 4N865 “Sertut q.–Eskiarab q.” avtomobil yo‘li hisoblanib,  9 km ni tashkil etadi.  Uning 0-1-km qismi oralig‘i shag‘al qoplamadan iborat va Oltiariq tumani YFKDM tasarrufida.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal ho‘jaligi vazirining                 2024-yil 5-yanvardagi  2-son buyrug‘iga asosan tasdiqlangan,  QR 06.03-23 “Avtomobil yo‘llari” qurilish reglamentining 11-bob 485-bandiga asosan shag‘al qoplamalar yuzasiga ishlov berishning yuqoridagi sharoitlardagi xizmat muddati 10-12 oygacha etib belgilangan.
Yuqoridagilarga asosan Oltiariq TYFKDM tomonidan joriy yilning mart oyida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Kuzning yog‘ingarchilik kunlarida avtomobil yo‘lining ushbu qismi qoplamasida nosozliklar kuzatilmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq 6-noyabr  kuniga qadar bartaraf etilishi ta’minlanadi.
#Farg‘ona
#Huquqiy_targ‘ibot 
   Farg‘ona viloyat Rishton tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi targ‘ibot guruhi tomonidan Rishton tumanida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar  hamda ishchi-хodimlar uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
   Tadbirlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida“ gi Qarori, hamda 2012-yil 26-aprelda qabul qilingan «Oilaviy tadbirkorlik tog‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni mazmun-mohiyati borasida ma’lumotlar etkazildi. Ushrashuv davomida tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyoz va kafolatlar haqida so‘z yuritilib, ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
#Farg‘ona
   #Yo’llar sifati nazorati tadbirlari.
     Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi hamda Transport Vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablaridan kelib chiqib, avtomobil yo‘llari qoplamalari ostidan va yo‘l mintaqalarida kommunikatsiya tarmoqlarini tortish va ta’mirlashda noqonuniy qazish ishlarini oldini olishga qaratilgan  profilaktika tadbiri o‘tkazildi.
  Tadbirda avtomobil yo‘llarida qazish va sun’iy notekisliklar o‘rnatish yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borilib, kelgusida mavzuga oid keng miqyosli qo‘llanma ishlab chiqib, Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tarkibidagi tashkilotlarga va avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazishga kelishildi. 
  Shu o‘rinda avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga eslatib o‘tamiz. O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonuni va tegishli shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga zid ravishda ya’ni belgilangan tartibda ruxsat olmasdan avtomobil yo‘llari qoplamalari ostidan yoki yo‘l mintaqalarida kommunikatsiya tarmoqlarini tortish va ta’mirlash huquqbuzarlik hisoblanishi va O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodesning 147-moddasiga asosan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi mumkin.