Farg`ona viloyati avtomobil yo`llari bosh boshqarmasi
434 subscribers
5.15K photos
600 videos
5 files
1.09K links
Фарғона вилояти автомобиль йўллари бош бошқармаси

📞 (99873) 226 39 46
Download Telegram
#Ayollarga_hurmat_ehtirom_buyuklik_ramzi.
#Onalarga_ehtirom" festivalida biz bitta tadbir bilan cheklanmaymiz, tadbirlarimiz har kuni davom etmoqda! 😊😍
30-kundan fotolavhalarni kuzating.
#Bag‘dod, #Uchko‘prik, #Dang‘ara, #Farg‘ona, #Quva, #Beshariq... Eng chekka xudularimizdagi ayollarimiz, onalarimiz ham e’tiborimizda!
#Festivalning_eng_faol_korxona_va_tashkiloti" Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tasarrufidagi Davlat muassasalarida #ONALARGA_EHTIROM" festivali doirasidagi tadbirlar uyushqoqlik bilan DAVOM ETMOQDA!!!
Eng qizig‘i hali oldinda!!!
#Xayr_saxovat tadbirlari
     
#Qurbon_hayiti
     
#Beshariq_tumani
    Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorga ko‘ra, 2024 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
    Muborak ayyom munosabati bilan Beshariq tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan muassasada faoliyat yuritib kelayotgan ishchi-xizmatchilarga  moddiy yordam mablag‘lari tarqatildi.
  Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llar Bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Beshariq_tumani
#Yo‘lsozlar bilan ochiq muloqotlar.
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matasaddilari boshqarma boshlig‘i Izzatullayev Abdulboqi Rashitovich boshchiligida Beshariq tumani YFDM ishchi-xizmatchilarining muammolarini o‘rganish, murojaatlariga quloq tutish maqsadida Beshariq tumanida bo‘ldi. Tumandagi 40V089 umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘li yoqasida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida bugun ishlar qizg‘in pallada. Ish jarayonlari bilan tanishgan boshqarma boshlig‘i, ushbu manzilda yo‘lsozlarning murojaatlariga quloq tutdi. Ishchilar tomonidan so‘nggi yillarda yo‘lsozlar mehnatiga eʼtibor, ularni rag‘batlantirish, moddiy texnik imkoniyatlarni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar eʼtirof etildi.
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#BESHARIQ_TUMANI
#HUQUQIY_TARG'IBOT
   Beshariq tuman Yo‘llardan foydalanish DM mutaxassisi B.Jo’rayeva hamda iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi bo’limi boshligi Z.Sotiboldiyev  tomonidan joriy yilning 7- fevral kuni Beshariq tumani Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda Prezidentning “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun mohiyati yuzasidan davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuv savol-javoblar tarzida amalga oshirildi
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Beshariq_tumani
#Huquqiy_targ‘ibot
    Farg‘ona viloyati Beshariq tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi targ‘ibot guruhi tashabbusi bilan Beshariq tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt koʻchatlarini sugʻorish va agrotexnik ishlov berish ishlarini keng targ‘ib etish maqsadida aholi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuvlar davomida umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari yoqalaridan foydalanishda amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar haqida ma’lumotlar yetkazildi.     Unda Beshariq tumani YFDM xodimlari va tuman prokuraturasi, tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi  inspektorlari ishtirok etib, aholining bu boradagi huquqiy bilimlarini boyitdilar.
  Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Beshariq_tumani
#Huquqiy_targ‘ibot 
  Beshariq tumani Yo'llardan foydalanish davlat muassasasi Ijro intizomi bo'yicha bosh mutaxassisi  O.Mirpochayev Beshariq tumani "NamunaMFY yashovchi aholi vakillarining  xonadonlariga borib, uchrashuvlar o‘tkazdi.  Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi "Tomorqa yer egalari va dehqon xo'jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-22-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash, aholi tomorqalaridan samarali va unumli foydalanish, serdaromad ekin turlarini ekib, daromadini oshirish yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.  Fuqarolarni bu borada qiziqtirgan savollariga javob berildi. 
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Beshariq_tumani
#Jarayon
   Beshariq TYFDM 427-yoʻl boʻlimi tasarrufidagi "Yangiqoʻrgʻon" MFY hududidan oʻtgan  davlat ahamiyatga ega D093 "Marg'ilon sh. – Rishton sh. – O'qchi q. – Karimdevona q. – Tojikiston Respublikasi chegarasi"  avtomobil yoʻlining  87-88-km oraligʻida   saqlash, eskirgan yo‘l to‘siqlarini yangisiga almashtirish ishlari bajarildi.
#Beshariq_tumani
#Munosib_mehnatning_rag‘bati
    Beshariq tumani YFDM ning 427-yo‘l bo‘limi ishchisi Rustamali Turanov nafaqa yoshiga yetganligi munosabati bilan unga ehtirom ko‘rsatildi.  U 10 yildan ortiq vaqt davomida ushbu sohada faoliyat olib borib, bugungi kunga qadar 10 dan ortiq yo‘l xo‘jaligi sohasiga kirib kelgan ishchilarga ustozlik qilgan. Nafaqaga kuzatish tadbiri tashkil etilib, Rustamali Turanovning soha rivojiga qo‘shgan hissasi  Beshariq tumani YFDM rahbariyati tomonidan eʼtirof etildi.
#Beshariq_tumani
   Muborak Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan Beshariq tuman Yoʻllardan foydalanish davlat muassasasida ahillik, mehr-oqibat, hamjihatlik va ezgulik ruhini yanada mustahkamlash maqsadida muassasamiz rahbari tashabbusi bilan ma'naviy-ma'rifiy va xayriya tadbirlari amalga oshirildi.
Xususan, 2025 yil 5 iyun kuni:
•  Ishchi-xodimlarning holidan xabar olindi, ularning bayram munosabati bilan tabriklanishi ta'minlandi;
•  Kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda yakka yolgʻiz xodimlar va oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa turdagi moddiy yordamlar etkazildi;
• Tashkilot jamoasi oʻrtasida hamjihatlik va oʻzaro mehr-muruvvat muhitini yanada mustahkamlashga qaratilgan ma'naviy tarbiyaviy suhbatlar oʻtkazildi.Bu tadbirlar jamoa a'zolari oʻrtasida bayram kayfiyatini oshirish, insonparvarlik va mehr-shafqat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Beshariq tumani YFDM jamoasi barchani Qurbon hayiti bayrami bilan muborakbod etadi.
     Facebook   Telegram