Forwarded from O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM! (Mohira Yuldoshboyevna)

#TA’ZIYA
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zosi Galina Pavlovna Matviyevskaya 95 yoshida vafot etdi
Fan tarixi sohasi og‘ir judolikka uchradi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zosi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Galina Pavlovna Matviyevskaya 95 yoshida Orenburg shahridagi uyida vafot etdi.
G. P. Matviyevskaya 1930-yilda Dnepropetrovsk (hozir Ukraina Respublikasining Dnepr shahri)da tug‘ilgan. 1954-yilda Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) universitetining matematika mexanika fakultetini tamomlagan, 1959-yilda SSSR Fanlar akademiyasi (hozirgi Tabiatshunoslik va Rossiya texnika Fanlar tarixi akademiyasi)ning institutida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. O‘sha yili u O‘zbekiston Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutiga o‘rta asrlar Sharqidagi fanlar tarixi bo‘yicha tadqiqotlarni kuchaytirish uchun taklif qilindi. 1968-yilda u doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi (ilmiy maslahatchisi - akademik S. X.Sirojiddinov). U B.A.Rozenfeld bilan birgalikda jahon fondlarida saqlanayotgan arab tilidagi matematika va astronomiyaga oid qoʻlyozmalar katalogini tuzgan, shogirdlari bilan birgalikda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutidagi matematik qoʻlyozmalarining tavsifini amalga oshirgan.
G.P.Matviyevskaya yurtimizdan yetishib chiqqan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Shamsiddin Samarqandiy va Mirzo Ulug‘bek, Samarqandda faoliyat olib borgan Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy va boshqa olimlarining ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish, shuningdek, ilm-fan tarixi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashdagi xizmatlari uchun Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1974), “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni (1980) bilan taqdirlangan. U O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi (1984), so‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi (2000) etib saylangan edi.
G. P.Matviyevskaya ko‘ptilli olima edi - u lotin, ingliz, nemis, fransuz va arab tillarini bilgan, YUNESKO tomonidan tabiiy fanlar tarixi bo‘yicha yirik mutaxassis sifatida tan olingan va Xalqaro fanlar tarixi akademiyasining (Parij) haqiqiy a’zosi etib saylangan, U al Xorazmiy, Dekart, Beruniy, Ulug‘bek, V.I.Romanovskiy, Abdurrahmon as-So‘fiy haqida kitoblar nashr ettirgan, sharqshunoslik sohasiga ilmiy to‘plamlar tuzuvchisi va bosh muharriri bo‘lgan, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning 1200 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan yubiley (1983) tadbirlarini o‘tkazishda faol ishtirok etgan.
O‘zbekistonda sharqshunoslik fanining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli olim Galina Pavlovna Matviyevskayaning yorqin xotirasi qalbimizda hamisha saqlanib qoladi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахсикент - буюк тарихимиз кўзгуси | IX-XII асрларда дунёнинг энг инновацион шаҳри мақомини олган, биринчи ренессансда илм-фан, маданият ўчоғи, жаҳон миқёсидаги мегаполис шаҳар бўлган Ахсикент.
Бунёд этилаётган археопарк Ахсикентнинг шонли ўтмиши - 3000 йиллик ўзбек давлатчилиги тарихидан сўзлайди.

Forwarded from Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси маркази
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Академик Акбар Ҳакимов ташрифнинг ана шундай улуғвор моҳияти ҳақида муносабат билдирди.
Ислом цивилизацияси маркази Ахборот хизмати
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM! (Mohira Yuldoshboyevna)
#ONLINE
Ayni daqiqalarda O'zR FA Davlat va huquq institutida "Ilm-fanda ayollar: yutuqlar va yangi imkoniyatlar" mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya o'tkazilmoqda

YouTube
4 jildlik Navoiy ensiklopediyasi nashr etildi
O'zbekiston Fanlar akademiyasi O'zbek, tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan 4 jildlik Navoiy ensiklopediyasi nashr etildi.
Forwarded from O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM! (Mohira Yuldoshboyevna)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sharqshunoslik instituti o'zida eng yirik qo'lyozmalarni jamlagan dunyodagi eng yirik tashkilotlardan hisoblanadi.
Institutning yana bir o'ziga xos tarafi shundaki, bu yerda Respublikadagi yetakchi restavratsiya laboratoriyasi ham faoliyat olib bormoqda. Ushbu videoda laboratoriya xodimlari tomonidan 6 oy davomida amalga oshirilgan kitob restavratsiyasi jarayonini ko'rish mumkin.
@sharqinstituti
Institutning yana bir o'ziga xos tarafi shundaki, bu yerda Respublikadagi yetakchi restavratsiya laboratoriyasi ham faoliyat olib bormoqda. Ushbu videoda laboratoriya xodimlari tomonidan 6 oy davomida amalga oshirilgan kitob restavratsiyasi jarayonini ko'rish mumkin.
@sharqinstituti
Forwarded from Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси маркази
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#iqtibos
Шавкат Аюпов, Ўзбекистон Фанлар академияси президенти, академик:
"Мана шу каби жараёнларни кўриб ёшларимизда, шундай аждодларимиз бўлган экан ва биз ҳам уларга муносиб бўла олишимиз керак, деган ўй-фикрлар уйғонган бўлса ажаб эмас. Зеро, халқимизнинг қонида буюк аждодларнинг гени бор."
Ислом цивилизацияси маркази Ахборот хизмати
📱 Telegram 📱 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Web-site
Шавкат Аюпов, Ўзбекистон Фанлар академияси президенти, академик:
"Мана шу каби жараёнларни кўриб ёшларимизда, шундай аждодларимиз бўлган экан ва биз ҳам уларга муносиб бўла олишимиз керак, деган ўй-фикрлар уйғонган бўлса ажаб эмас. Зеро, халқимизнинг қонида буюк аждодларнинг гени бор."
Ислом цивилизацияси маркази Ахборот хизмати
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM! (Mohira Yuldoshboyevna)
Forwarded from Astronomiya
To’lin oy
Navbatdagi toʻlin oy 2025-yil 12-fevral, chorshanba kuni boʻladi. Oy toʻlin oy fazasiga Toshkent vaqti bilan 18:53 da kiradi. Ma’lumki, ushbu hodisa Yerning Oy va Quyosh o’rtasida turishi sababli sodir bo’ladi.
Telegram