#tavallud_sana
Bugun, 23-dekabr kuni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, “Doʻstlik” ordeni sohibi Shodmonqul SALOM 41 yoshni qarshi oldi!
Ustozga Erkin Vohidov ijod maktabi jamoasi, adabiyot ixlosmandlari nomidan uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt va ijodida yanada ulkan yutuqlar tilab qolamiz!
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

ASQAD MUXTOR 101 YOSHDA!!!
Asqad Muxtor 1920- yil 23- dekabrda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan.
U BAHORDA KETDI…
U bahorda ketdi, seni yig‘latib,
Xush buyga to‘lganda bog‘lar, qo‘ralar.
Umid tomchilari achchiq va latif,
Boshda olcha guli tinmay bo‘ralar.
Uzoq ko‘z o‘ngingda turdi o‘sha dam,
Yoz o‘tdi shu damning -hislarin sinab.
Loqayd edi unga kunlar, oylar ham,
Kuz o‘tdi yonidan yotsirab.
Qish keldi, qor bosdi yarim olamni,
Qor ostida qoldi bog‘lar, qo‘ralar.
Yolg‘izlik tunlari sovuq, alamli,
Qor esa bo‘ralar, hamon bo‘ralar.
Shunda u ko‘rindi ketgan yo‘lida.
Mehr izlab qaydadir balki tilangan,
Tavbadir, umiddir balki dilida,
O‘zi boshdan-oyoq qorga belangan.
Yodga kelmay qiynar unutilgan qo‘shiq;
Ostanada turdi. Qor yuz-ko‘zida.
Qor erigach, ko‘rding: o‘rnida—bo‘shliq,
Jindak ko‘lmak qoldi oyoq izida.

Turob To‘la 103 YOSHDA!
Turob To‘la 24-dekabr 1918-yilda hozirgi Janubiy Qozoqg‘iston viloyatining Turbat qishlog‘ida tug‘ilgan.
OHISTA-OHISTA
Koʻngil mulkiga kirding, dilrabo, ohista-ohista,
Uning dildori boʻlding bebaho ohista-ohista.
Banogoh beijozat kirdingu hayratda qoldirding
Olib domingga bir ohanrabo ohista-ohista.
Dilim bogʻiga oʻtqazgan bu ezgu dard niholingdin
Vafo undi, vafo undi, vafo, ohista-ohista.
Shirin damlar ato qilding xayolim koinotiga,
Oʻzing kel endi jono, marhabo, ohista-ohista.
Koʻzidin oʻzga aybi bormidir olamda ohuning,
Koʻzing mardumi-la etgil shifo, ohista-ohista.

Po‘lat Mo‘min 99 YOSHDA!
U 1922-yil 24-dekabrda Toshkent shahrida tavallud topgan.
KULDI XIYOL, INDAMADI
Ey go‘zal, noming na deb, berdim savol indamadi,
Mahliyo etdi tamom oftobjamol, indamadi.
Bog‘ida tanho o‘zi gulmi terar tong chog‘ida?
Guldayin kulgan chiroy bo‘ldimi lol, indamadi?
Bog‘ini qilgan ekan san’atidan gulga makon,
Kokilin asta silab o‘tsa shamol, indamadi.
Qo‘lida guldastasin menga berar deb o‘ylasam,
Bag‘riga bosdi gulin, kuldi xiyol, indamadi.
Der edim men o‘zima: «Behudaga tashlama gap»,
Bilmadim, ul kim ila aylar visol, indamadi.
Yorini ta’rif etib kuylar edi ko‘nglida ul,
Javdirar erdi ko‘zi, surdi xayol, indamadi.
Ko‘nglida boshqa birov, sevgi vafodori yashar,
Shu sabab Mo‘min so‘zim keldi malol, indamadi.

Komil Yashin 112 YOSHDA!
Atoqli adib va jamoat arbobi Komil Yashin (Komil No‘monov) 1909-yil 25-dekabr kuni Andijon shahrida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgach, 1925-yili Leningradga borib, O‘rmon xo‘jaligi institutiga o‘qishga kiradi. So‘ngra maktabda o‘qituvchilik qiladi. 1930—1936-yillarda Yashin O‘zbek Davlat muzikali drama teatrida adabiy emakdosh, 1946-1949-yillarda O‘zbekiston Xalq Komissarlari qoshidagi San’at ishlari boshqarmasida boshliq vazifalarini ado etadi. U yigirma yildan ortiq vaqt davomida (1958—1980) O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasiga rahbarlik qiladi. Oybek vafotidan so‘ng (1968) «O‘zbek tili va adabiyoti» jurnaliga muharrirlik ham qildi. U O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi edi.

💐Tohir Malik 75 YOSHDA!
Tohir Malik (Tohir Hobilov) 1946-yilning 27-dekabrida ziyoli oilada dunyoga kelgan.

Forwarded from ijodim
#tavallud_sana
Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov 1936-yilning 28-dekabrida Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida tugʻilgan.
Vohidov 1960-yildan 1963-yilgacha „Yosh gvardiya“ jurnali muharriri oʻlaroq ishlagan. 1975–1982-yillarda jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlagan. 1963–1970-yillarda Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti bosh muharriri, 1985–1987-yillarda esa direktori boʻlib ishlagan. 1982–1985-yillarda „Yoshlik“ oylik jurnali bosh muharriri lavozimida ishlagan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin Oʻzbekiston Oliy Majlisi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi hamda Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi lavozimlarida ishlagan.
Erkin Vohidov oʻquvchilik yillarida sheʼr yoza boshlagan. Ilk sheʼri 14 yoshida „Mushtum“ jurnalida chop etilgan. Shoirning ilk sheʼriy toʻplami „Tong nafasi“ kitobi boʻlib, u 1961-yil bosilib chiqqan. 1987-yil „Shoiru, sheʼru shuur“ nomli asari nashr qilingan. Vohidov uch pyesa ham yozgan. Bular „Oltin devor“, „Istanbul fojiasi“ hamda „Ikkinchi tumor“ pyesalaridir. „Oltin devor“ komediyasi Pokistonning Lohur shahri teatrida qoʻyilgan.
KUY AVJIDA UZILMASIN TOR
Kuy avjida uzilmasin tor,
Sheʼr yarmida sinmasin qalam.
Yashab boʻlmay umrini zinhor
Bu dunyodan ketmasin odam.
Qoʻldan tushib sinmasin qadah,
Lab tekkanda toʻkilmasin may.
Toʻxtamasin urib turgan qalb,
Boshlab qoʻygan qoʻshigʻi bitmay.
KAMTARLIK HAQIDA
Garchi shuncha magʻrur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?
Kamtarin boʻl, hatto bir qadam
Oʻtma gʻurur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
Oʻpar doim peshonasidan.
SHOIRU SHEʼRU SHUUR
To tirikdirki tabiat,
To quyosh sochgayki nur,
Uch egiz bordir tushuncha,
Uch bu soʻz yondosh boʻlur:
Mohiru mehru mahorat,
Olimu, ilmu amal,
Oshiqu, ishqu mashaqqat,
Shoiru, sheʼru, shuur.

Xayriddin Sultonov 66 YOSHDA!
Xayriddin Sultonov 1956- yil 15- yanvarda Toshkent viloyati Qibray tumanining Tuzel qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1978). «Quyosh barchaga barobar» (1980), «Bir oqshom ertagi» (1983), «Onamning yurti» (1987), «Umr esa o‘tmoqda» (1988), «Boburning tushlari» (1992), «Boburiynoma» (1997), «Saodat sohili» (2005) kabi nasriy kitoblari nashr etilgan. «Changak», «Moziydan bir sahifa», «Mehrobdan chayon» kabi videofilmlar hamda «Tushlarimda ko‘rib yig‘layman», «Yozning yolg‘iz yodgori» ssenariylari asosida badiiy filmlar suratga olingan. «Sarhovuzning bo‘ylarida» (1992) nomli dramasi ham bor.
A. Sent-Ekzyuperi, I. Nagibin, V. Shukshin kabi adiblarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. «Shuhrat» medali (1996), «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2003).

Andiz o'sgan yerlarda
Azim Suyun
#tavallud_sana
🔰Azim Suyun 1948- yil 22-fevralda Samarqand viloyatidagi Nukurt qishlog‘ida tug‘ilgan
🎙She'rni shoirning o'zi o'qigan

Hayot kitobimni bexos varaqlab,
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim.
Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab.
Suyish kerak bo‘lsa - telbacha suydim.
Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob,
Yurak boyligidan qilmabman parvo.
Meni og‘ushlagan hayot naq oftob,
Yangi qo‘shiq talab unda har saboq.
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim,
Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash:
Suydim,
Erkalandim,
Ayrildim,
Kuydim,
Izzat nima - bildim.
Shu-da bir yashash!..

Qaqshaninib, talpinib quchib o‘tadi,
Har ko‘klam dilimga ohu, vohlari.
Qimtinib, iymanib, cho‘chib o‘tadi,
Muhammad Yusufning qizg‘aldoqlari.
Tongda uyg‘oq qushlar azon aytadi,
Dilnavo aytadi, so‘zon aytadi.
Yerdan chiqib so‘ngda ko‘kka qaytadi,
Muhammad Yusufning qizg‘aldoqlari.
Dilimning qonidan bo’lgansiz alvon,
Oqar daryolarim oqmagan zamon.
Siz mening opamsiz, singlingsiz hamon,
Muhammad Yusufning qizg‘aldoqlari.
Yaxshiyam siz borsiz, yaxshiyam siz bor,
Ishim tushib borsa bo’lmagan beor.
Shoir yuragini bezagan bahor,
Muhammad Yusufning qizg‘aldoqlari.
Ho’rsinib yashayman, dilgir yashayman,
Buyuring har nega bormoqqa shayman.
O‘lsam qabrimda ham siz bo‘ling deyman,

Sevgi bu...
Sevmoq, bu
Kechirmoq degani asli,
Toki bu dunyoda quyosh bor, gul bor.
Yalpizlar gullagan shu bahor fasli,
Sodiq hamdam bo'lgin sen menga, dilbar.
G'iybatlar tingladim, aylandi boshim,
Ho'l tuproq kuydurdi tovonlarimni.
Va mana men unga ko'nglimdan yulqib
Ko'mdim beor do'stdek gumonlarimni.
O'ylar suraverdim kechalar tanho,
Goho jiqqa yoshga to'lganda ko'zim.
Va seni sevmoqdan oldin bir kuni
Dildan sevib qoldim o'zimni o'zim...
Sevmoq bu o'zingni anglamoq asli,
Toki zamin aro quyosh bor, gul bor.
Rayhonga ko'milgan shu bahor fasli,
Sadoqatli yor bo'l sen menga, dilbar.
Sevgilim, men seni sevaman, tamom,
G'amgin ko'zing, hadik to'la ko'zingni.
Sevmoq, bu kunda bir ko'rmoq baxtidir
Ozg'in qo'llaringni, sepkil yuzingni...
✍️Muhammad Yusuf

🔰O‘zbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri G‘afur G‘ulom 1903-yil 10- mayda Toshkent shahrining Qo‘rg‘ontegi mahallasida tavallud topgan. To‘qqiz yoshida otasidan, o‘n besh yoshida onasidan yetim qolgan G‘afur avval eski maktabda, so‘ngra rus-tuzem maktabida ta’lim oldi. U Oktyabr to‘ntarishidan keyingi yillarda muallimlar tayyorlov kursini bitirib, yangi maktablarda o‘qituvchilik qilgan.
SOG‘INISH
Zo‘r karvon yo‘lida yetim bo‘tadek,
Intizor ko‘zlarda halqa-halqa yosh.
Eng kichik zarradan Yupitergacha
O‘zing murabbiysan, xabar ber, Quyosh!
Uzilgan bir kiprik abad yo‘qolmas,
Shunchalar mustahkam xonai xurshid.
Bugun sabza bo‘ldi qishdagi nafas,
Hozir qonda kezar ertagi umid.

🔰17-MAY – OʻZBEKISTON XALQ SHOIRI HALIMA XUDOYBERDIYEVA TUGʻILGAN KUN

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tavallud_sana
🔰12 sentabr - Shavkat Rahmon tavallud topgan kun
Shoirlarning baland ovozda sheʼr oʻqishlariga koʻnikib qolganmiz. Ehtimol, shunday boʻlishi tabiiydir. Lekin sekin, bir maromda sheʼr oʻqiydigan - Shavkat Rahmonga oʻxshagan - shoirlar ham boʻladiki, ularning ovozi ortida ulkan qalb, buyuk idrok yashiringanini his etganingda goʻyo gʻaflat uyqusidan uygʻonib ketasan kishi… Afsuski, internet tarmogʻida tarqalgan filmlar orqali keyingi avlod vakillari Shavkat Rahmonning ogʻir xastalik paytidagi ovozini eslab qolgan. Men har doim shoir joʻram oʻzining asl oʻktam ovozi bilan esda qolishini istab kelardim. Nihoyat, 90-yillarning boshida yozib olingan “Kenglik sogʻinchi” deb nomlangan radioeshittirishni topdim. Salkam yarim soatlik dasturda yangragan sheʼrlarni Shavkat akaning oʻzi oʻqigan. Joʻramning ovozini tinglar ekanman, oldin kitobda oʻqigan sheʼrlarim butunlay yangicha tovlanganini sezib turdim, yuragimda chaqmoq chaqnab, tomirlarimda olov yugurganday boʻldi.
Xurshid Davron

📖Buzilgan devorlar
Shavkat Rahmon she'ri
📺Muhammad Yusuf Ibrohimzoda
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
📖Buzilgan devorlar
Shavkat Rahmon she'ri
📺Muhammad Yusuf Ibrohimzoda
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#tavallud_sana
DUM
Oltinchi sinfda Toshkentga kelib o‘qiyotganimda, o‘rtoqlarim shoir Anvar Obidjonning o‘g‘li ekanligimni bilib, nima uchun dadangning familiyasi Obidjon, seniki esa Obidjonov, deb so‘rab qolishdi. Maktabdan qaytganimdan keyin buni dadamga aytsam, u shunday degan edi:
-Familiyamning dumi qalbaki ekan, qirqdirib tashlaganman.
Bahrom OBIDJONOV.
📆Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin, qadrli ustoz Bahrom OBIDJONOV! Sizga baxtli hayot, farovon turmush va mustahkam sog‘lik nasib etsin! Doimo ilg‘or insonlar qatorida bo‘lish baxti nasib etsin! Barcha qilingan yaxshi niyat-maqsadlar ro‘yobga chiqsin. Baxtli hayot onlari abadiy hamrohga aylansin!
💐Qadrli ustozimizni tavallud ayyomi bilan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi chin qalbdan muborakbod etamiz!!!
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
DUM
Oltinchi sinfda Toshkentga kelib o‘qiyotganimda, o‘rtoqlarim shoir Anvar Obidjonning o‘g‘li ekanligimni bilib, nima uchun dadangning familiyasi Obidjon, seniki esa Obidjonov, deb so‘rab qolishdi. Maktabdan qaytganimdan keyin buni dadamga aytsam, u shunday degan edi:
-Familiyamning dumi qalbaki ekan, qirqdirib tashlaganman.
Bahrom OBIDJONOV.
📆Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin, qadrli ustoz Bahrom OBIDJONOV! Sizga baxtli hayot, farovon turmush va mustahkam sog‘lik nasib etsin! Doimo ilg‘or insonlar qatorida bo‘lish baxti nasib etsin! Barcha qilingan yaxshi niyat-maqsadlar ro‘yobga chiqsin. Baxtli hayot onlari abadiy hamrohga aylansin!
💐Qadrli ustozimizni tavallud ayyomi bilan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi chin qalbdan muborakbod etamiz!!!
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#tavallud_sana
Hayot kitobimni bexos varaqlab,
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim.
Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab.
Suyish kerak bo‘lsa - telbacha suydim.
Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob,
Yurak boyligidan qilmabman parvo.
Meni og‘ushlagan hayot naq oftob,
Yangi qo‘shiq talab unda har saboq.
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim,
Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash:
Suydim,
Erkalandim,
Ayrildim,
Kuydim,
Izzat nima - bildim.
Shu-da bir yashash!..
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

#Bu_kun
#tavallud_sana
🔠 Bugun, ya'ni 3-fevral - Isteʼdodli adib Togʻay Murod tavallud topgan kun (1948-2003).
✅ Isteʼdodli adib Togʻay Murod adabiyotimizning qutlugʻ dargohiga 70-yillarning oxiri va 80-yillarning boshlarida kirib kelgan. Uning asl ism-sharifi Togʻaymurod Mengnorov boʻlib, Togʻay Murod adabiy taxallusidir. U 1948-yilda Surxondaryo viloyati Denov tumanining Xoʻja Soat qishlogʻida dunyoga kelgan.
🤩 1976-yilga kelib Togʻay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” degan ilk qissasi “Sharq yulduzi” jurnalida chop etilgach, kitobxonlar ogʻziga tushadi. Ketma-ket adibning “Ot kishnagan oqshom” (1979), “Oydinda yurgan odamlar” (1980) va “Momo Yer qoʻshigʻi” (1985) kabi oʻzbek milliy qissachiligining yangi namunalari dunyoga keladi. Ular ham yuksak baholanib, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek nomidagi yillik mukofotiga sazovor boʻlgan.
🌐 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉Tarmoqlarimiz👈
#tavallud_sana
👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tavallud_sana
📖O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov Toshkentning Do‘mbirobod dahasida 1941-yilning 5-avgustida tavallud topgan bo‘lib, bolaligi urush qiyinchiliklari, muhtojliklari davrida kechgan. Shu tufayli u o‘rta maktabni a’lo baholar bilan bitirgan bo‘lsa ham oilaviy sharoiti yuzasidan ishlab turib o‘qishga majbur bo‘lgan.
📋Toshkent Davlat universiteti jurnalistika fakultetining sirtqi bo‘limida o‘qish bilan «Temiryo‘lchi», «Toshkent haqiqati», «Qizil O‘zbekiston» kabi gazetalarda turli yumushlarni bajargan. 1966—1982 yillarda «Toshkent oqshomi» gazetasida bo‘lim mudiri, 1982—1985 yillarda G‘. G‘ulom nomidagi nashriyotda bosh muharrir o‘rinbosari, 1985 yildan boshlab esa «Sharq yulduzi» jurnalining bosh muharriri bo‘lib ishlab keladi. U O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati hamda Matbuot va axborot qo‘mitasining raisi bo‘lib ham ishlagan.