Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#oʻquv_yiliga_tayyorgarlik
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida tizimdagi maktablarda 2024/2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari yuzasidan ZOOM platformasi orqali onlayn yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Agentlik rahbariyati, mas’ul xodimlar, tizimdagi maktab direktorlari ishtirok etdi.
Bugungi kunda Agentlik direktori A.Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan tizimdagi ta’lim muassasalari faoliyati, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda. Yig‘ilishda o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchilik va muammolar tahlil qilindi. Agentlik tizimida faoliyat olib borayotgan, lekin lavozim majburiyatlariga sovuqqonlik bilan yondashayotgan rahbar xodimlar qat’iy ogohlantirildi.
Xususan, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini yuqori sifatda va jadal sur’atda davom ettirish lozimligi qat’iy ta’kidlanib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube