Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.2K subscribers
14.8K photos
1.65K videos
59 files
4.92K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#bizning faxrimiz

KURASHIB OLINMAGAN G‘ALABA, G‘ALABA EMAS!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi hamkorligida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning betakror ijodiy merosini o‘rganish, uning ona-Vatanga muhabbat, umumbashariy qadriyatlar va yuksak ma’naviy fazilatlar bilan ulug‘langan she’riyatini o‘quvchi-yoshlarga chuqur singdirish maqsadida joriy yilning 26-mart kuni “Nazm dorilfununining betakror shoiri” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida “Mitti yulduzlar jilosi” tanlovining yakunlovchi qismi ham bo‘lib o‘tdi. Tanlov natijalariga ko‘ra maktabimiz sha‘nini himoya qilgan 9-sinf o‘quvchisi Nilufar Ergasheva 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati


👉TelegramI OromgohI FacebookI O‘zbegim👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_faxrimiz

📝👩🏫Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Mashhura Husanova Ahmadjonovna pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish malaka test sinovida qatnashdi.

⚡️📈U 40 ta test savolining barchasiga to'liq javob berib, 100 ballni qo‘lga kiritdi. Oliy toifagacha bo‘lgan ilk bosqichda o‘zining yuqori salohiyatini ko‘rsata oldi.

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#bizning_faxrimiz

ISMA universiteti, Mening yurtim telekanali va Westminster akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan ,,TARGET FUTURE ONLINE CONFERENCE "ning 23-, 25 - may kunlari 3-mavsumi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabimizning 9-sinf o‘quvchisi Nilufar Ergasheva faol ishtirok etib xalqaro sertifikat va tavsiyanomaga ega bo‘ldi.

✍️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
👍1
Forwarded from Deleted Account
​​#bizning_faxrimiz

Iste’dod shunday bir gavharki, u dengiz tubida, sadaf ichida ham gavhar, iste’dod shunday bir zilol irmoqki, uning har qatrasida daryolarning qudrati, ummonlarning teranligi bor, iste’dod shunday bir gulki, uning har bir ochilmagan g‘unchasida chamanlarning bo‘yi va tarovati bor.

Erkin Vohidov

Iste’dod hamma davrda ham noyob, favqulotta holat hisoblangan. O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida ana shuday iqtidorli yoshlar ilm va ijod sirlariga oshno bo‘lmoqda. O‘zMU rahbariyatining 2020-yil 8-sentabrdagi 01-434-sonli buyrug‘iga asosan Erkin Vohidov nomidagi maxsus stipendiya va ko‘krak nishoni joriy qilingan. Mazkur nizom universitet talabalari va ijod maktablariga O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov nomidagi ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tartibini belgilaydi. Har yili ijodkor o‘quvchi va talabalarni yanada qo‘llab-quvvatlash, ijodkorlar o‘rtasida sog‘lom ijodiy raqobatni yuzaga keltirish maqsadida tanlov asosida ushbu stipendiya munosib sohiblariga topshiriladi. Joriy yilda ham an’anaga muvofiq O‘zMUda Erkin Vohidov nomidagi maxsus stipendiya va ko‘krak nishoni tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda 20 nafar eng bilimli, iste’dodli, faol, tashabbuskor, intiluvchan o‘quvchilar va talabalar bellashdilar. Ularning izlanishlari ilmiy, ijodiy hamda notiqlik san’ati shartlari asosida sinovdan o‘tkazildi. Maxsus stipendiya talabgorlar orasidan tanlab olish uchun ta’lim yo‘nalishlari va adabiyot sohasidagi mutaxassislardan iborat tanlov komissiyasi tuzildi va adolat, shaffof o‘tkazildi. Tortishuvlar, baxs-munozaralar shukuhida kechgan tanlov natijalariga ko‘ra O‘zbekiston xalq shoiri “Erkin Vohidov” nomidagi stipendiya nomzodlari qatorida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi Ollohyor Erkinov ham sazovor bo‘ldi va O‘zMU talabalari qatori 1 yil davomida moddiy rag‘batlantirilib boriladi. Ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi Ollohyor Erkinovni hamda maktab jamoasini samarali mehnatlar hosilasi bilan muborakbod etamiz.

TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim
#bizning_faxrimiz

Iste’dod hamma davrda ham noyob, favqulotta holat hisoblangan. Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida ana shunday iqtidorli yoshlar ilm va ijod sirlariga oshno bo‘lmoqda. O‘zMU rahbariyatining 2020-yil 8-sentabrdagi 01-434-sonli buyrug‘iga asosan Erkin Vohidov nomidagi maxsus stipendiya va ko‘krak nishoni joriy qilingan. Bu yilda ham an’anaga muvofiq O‘zMUda Erkin Vohidov nomidagi maxsus stipendiya va ko‘krak nishoni tanlovi o‘tkazildi.
Tortishuvlar, baxs-munozaralar shukuhida kechgan tanlov natijalariga ko‘ra O‘zbekiston xalq shoiri “Erkin Vohidov” nomidagi stipendiya nomzodlari qatorida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi Ollohyor Erkinov ham sazovor bo‘ldi va O‘zMU talabalari qatori 1 yil davomida moddiy rag‘batlantirilib boriladi.

Ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi Ollohyor Erkinovni hamda maktab jamoasini samarali mehnatlar hosilasi bilan muborakbod etamiz.

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#bizning_faxrimiz

✍️ Mashhura Husanova
⛪️ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi.

📚 2021-yilda o'tkazilgan pedogog kadrlar attestatsiyasida eng yuqori natijaga erishib, Farg'ona viloyati hokimligi xalq ta'limi boshqarmasi bo'limi tomonidan munosib taqdirlandi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Bizning_faxrimiz

⛪️ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

11-sinf o'quvchisi Ikromova Sarvinoz Xalqaro IELTS imtihonini muvaffaqiyatli topshirib,yuqori natijaga erishďi.

IELTS: 6 ball

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#bizning_faxrimiz

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Respublika fan olimpiadasida g‘olib bo‘ldi.

🆕Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 11- sinf bitiruvchisi Shahnoza Anvarjonova Respublika fan olimpiadasining 4- bosqichida ona tili va adabiyot fanidan muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi.
Bundan tashqari, ishtirokchimiz 80 mln so'mlik grant egasiga aylandi. Boshqacha aytganda u o'zi tanlagan yo'nalishda grant asosida tahsil oladi.

💐Ushbu munosib g'oliblik bilan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 11- sinf bitiruvchisi Shahnoza Anvarjonovani tabriklaymiz!

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
👏128👍2
#bizning_faxrimiz

🔰“Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati a’zolari taqdirlandilar

Ahmad Farg’oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belginlangan maqsad va ustuvor vazifalar” mavzusida o’tkazilgan targ’ibot tadbirlarida faol ishtirok etgan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi ustozlari hamda farg’onalik “Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati a’zolari tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

Unda viloyat hokim o’rinbosari F.Qosimov, viloyat hokimi maslahatchisi S.Tongotarova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg’ona viloyati bo’limi rahbari M.Sulaymonovlar so’zga chiqib, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, targ’ibot tadbirlarining faollariga minnatdorchilik bildirdilar.

💐Respublika Ma’naviyat va marifat markazi tomonidan “Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati a’zolariga tashakkurnoma hamda kitoblar jamlanmasi sovg’a qilindi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
👍4
#Bizning_faxrimiz
#IELTS_result

⚡️IELTSDAN SUPER NATIJA

🤩 Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf oʻquvchisi Rayhona Muhammadova xalqaro IELTS imtihonidan 8.5 ballni qoʻlga kiritdi.

IELTSda 8.5 ball – bu ingliz tilini deyarli ona tilidek mukammal bilish darajasidir. Ko‘plab insonlarga bu marraga yetish uchun bir necha yillar kerak boʻladi, biroq Rayhona bunga 16 yoshida erishdi.

Bu natija Rayhona nafaqat tilni mukammal o‘zlashtirgani, balki dunyo miqyosida raqobatbardosh bilim egasi ekanini ko‘rsatadi. TOP universitetlar, xalqaro loyihalar va stipendiyalar eshigi bunday yoshlar uchun ochiq bo‘ladi.

🗣 Oʻquvchimiz oʻz yutugʻi haqida shunday deydi:
“Maktabimizda xorijiy tillar chuqur oʻrgatiladi. Ustozlarim yordamida har kuni o‘z ustimda ishladim, ingliz tilida kitob o‘qidim, tingladim, yozdim, suhbatlashdim. Til o‘rganish nafaqat mashg‘ulot, balki hayotimning bir qismiga aylandi.”


💫 Rayhona, Siz bilan faxrlanamiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
112👏1