Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.01K subscribers
12.4K photos
1.47K videos
58 files
4.32K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
Forwarded from FARG‘ONA YOSHLARI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtidor
#Vatan

Vatanni oddiy, sodda tilda sevuvchi qiz Nilufarning madhi bizni bee'tibor qoldirmadi.

🔺️Vatan seni baland-parvoz gap-so'zlardan,
Kasal bo'lib qolishingdan qo'rquvdaman!


🔸️Ajib misralar to'g'rimi?! Sizda qanday tuyg'ular uyg'ondi?!

🔹️Vatanimizni kasal bo'lishidan saqlaylik! Uni chin qalbdan, boricha sevishni o'rganaylik.

🎉Nilufar Ergasheva va Erkin Vohidov ijod maktabining barcha iqtidorli o'quvchilariga zafarlar tilaymiz!

🗣Bizni kuzating 👉t.iss.one/yia_Fergana
#Vatan_himoyachilariga_ehtirom

YIGIT ELNING...

Yigit elning nomus,ori, yoronlar,
Yaxshilikdan chiqsin nomi yigitning.
Sinmas boʻlsin qoʻlda tori, yoronlar,
Dardga toʻlmasin dil jomi yigitning.

Oʻz uyining boʻlsin shohi,sultoni,
Ishqu vafo boʻlsin qasru qoʻrgʻoni,
Iymon boʻlsin har bir gʻishti, arkoni,
Boʻlmasa ham baland tomi yigitning.

Bu zaru tillolar qoʻlining kiri,
Mardlar begi boʻlsin, mardlar amiri,
Koʻngli odamiylik, oriyat piri,
Boʻlmasa ham davlat, moli yigitning.

Kim halol,toʻgʻridir egilmas boshi,
Kuragini yormas nomardning oshi,
Yuragin kemirmas doʻst otgan toshi,
Bevaqt kirmasin hech shomi yigitning.

Har yigitdan elga tavof iz qolsin,
Solih farzand, oqil oʻgʻil-qiz qolsin,
Bogʻ qolsin, gurkirab bir ildiz qolsin,
Oʻchmasin ortida shami yigitning.

Yaxshilikdan chiqsin nomi yigitning!

✍️Enaxon Siddiqova,
Oʻzbekiston xalq shoiri

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI Youtube👈
#Vatan_manzumasi

Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi teatr-konsert saroyida «
Vatan manzumasi» adabiy-ma’rifiy dasturi bo‘lib o‘tdi.

Kechada marhum va zamondosh shoirlarning
vatan, xalq, ona kabi mavzulardagi she’rlari yosh ijodkorlar tomonidan o‘qib eshittirildi. Yosh ijodkorlar esa o‘z she’rlarini tomoshabinlar e’tiboriga havola qildi.

San’atkorlar o‘z navbatida yurt mavzusidagi kuy-qo‘shiqlari bilan yig‘ilganlarni xushnud etdi.

Tadbirda Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari faol ishtirok etdi.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Vatan_tayanchi

📍Farg’ona shahridagi "Al Farg’oniy" xiyobonida Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilariga “Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni va guvohnomalarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi maktab jamoalari, harbiy xizmatchilar, mahalla faollari, faxriylar, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🤩 Agentlikning Farg’ona viloyatida joylashgan 21 ta: Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 420 nafar oʻquvchisi "Vatan tayanchi" bolalar va oʻsmirlar vatanparvarlik harakatiga aʼzo qilinib, ularga harakatning koʻkrak nishoni va guvohnomalari topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM