#ustozlaryodi
#ShavkatRahmon
Bugun, 12-sentabr XX asr o’zbek she’riyatining o’ziga xos vakili, ulkan millatsevar shoir Shavkat Rahmon tug’ilgan.
TONG OCHAR KO’ZLARIN…
Tong ochar ko’zlarin erinib,
sevinchdan yig’laydi qiyoqlar,
chechaklar jilmayar sevinib,
shamolda cho’milar giyohlar.
O’ynoqi shu’lalar — bolalar
jimgina tarqalar sayxonga,
o’rgimchak to’qiydi tolalar,
xonqizi boradi mehmonga.
Qurbaqa varaqlar bayozin,
guldan bol so’radi arilar,
chigirtka qayraydi ovozin,
parvozda ninachi — parilar.
Chumoli, mehnatkash chumoli,
kuyinma, atrofga bir qara –
maysalar, oh, qanday himoli,
dunyoni qilma ko’p masxara.
#ShavkatRahmon
Bugun, 12-sentabr XX asr o’zbek she’riyatining o’ziga xos vakili, ulkan millatsevar shoir Shavkat Rahmon tug’ilgan.
TONG OCHAR KO’ZLARIN…
Tong ochar ko’zlarin erinib,
sevinchdan yig’laydi qiyoqlar,
chechaklar jilmayar sevinib,
shamolda cho’milar giyohlar.
O’ynoqi shu’lalar — bolalar
jimgina tarqalar sayxonga,
o’rgimchak to’qiydi tolalar,
xonqizi boradi mehmonga.
Qurbaqa varaqlar bayozin,
guldan bol so’radi arilar,
chigirtka qayraydi ovozin,
parvozda ninachi — parilar.
Chumoli, mehnatkash chumoli,
kuyinma, atrofga bir qara –
maysalar, oh, qanday himoli,
dunyoni qilma ko’p masxara.