#Navoiy_haqida
🔰Hazrat Alisher Navoiyning yuksak badiiyat bilan muzayyan bo‘lgan, chuqur insonparvar g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan ijodi asrlar osha bizni hanuz o‘ziga rom qiladi, ko‘ngillarimizni zavqu shavq hamda iftixor tuyg‘ulari bilan, ongimiznpi ezgulik fikrati bilan boyitadi, bizni adolat uchun, inson qalbining mangu erki uchun kurashmoqqa chorlaydi.
📚Alisher Navoiy she’riyatining buyuk qudrati xalqparvarligi va odamga so‘ngsiz mehrida. O‘z elini, insonlarni shunday katta muhabbat bilan sevolgan shoirning qalamidangina shunday noyob durdonalar to‘kiladi. Navoiy “Xamsa”si, “Xazoyinul maoniy” devonlari birgina mening emas, she’r mehnatiga oshno bo‘lgan har bir ijodkorning, har bir she’rxonning xontaxtasi ustida turadi, qalbi to‘rida e’zozlanadi. Bu o‘lmas ijodiyot bizning bebaho meros mulkimiz, javohirga bergisiz boyligimiz.
✍️Erkin Vohidov, O'zbekiston Qahramoni
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈