Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.2K subscribers
14.8K photos
1.65K videos
59 files
4.92K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#Alisher_Navoiy_tavalludining_581_yilligi

Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro’ kelmadi,
Ko’zlarimg’a kecha tong otguncha uyqu kelmadi.

Lahza-lahza chiqdimu, chekdim yo’lida intizor,
Keldi jon og’zimg’ayu, ul sho’xi badxo’ kelmadi.

Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot,
Ro’zg’orimdek ham o’lg’onda qorong’u kelmadi.

Ul parivash hajridinkim, yig’ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko’rganda kulgu kelmadi.

Ko’zlaringdin necha suv kelgay, deb o’lturmang meni,
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha suv kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas, yo’qsa kim qo’ydi qadam,
Yo’lg’akim, avvalqadam ma’shuqe o’tru kelmadi.

Ey
Navoiy, boda birla xurram et ko’nglin uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg’u kelmadi…

✍️
Alisher Navoiy

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Alisher_Navoiy_tavalludining_581_yilligi

Navoiyga bag'ishlov...

"Hajrida dijam bo'lub..."

Hajrida dijam bo'lub, sayr ayladim mozorida,
Bu dijamning gulshanida, javr xo'bi borida.

Ming-ming o'g'lon a'do bo'lar pora-pora ashkiga
Yetgan shd-u, yetmagan talxikom oh-zorida.

Gar bo'lsa ablaq samohat, vard bo'lar matir shamim,
Anga iyolat etadi, basolat bozorida.

Rabbano foniy debon boqiyyu soqib aylagan
Kimki, baxti but bo'ladi gar tursa nazzorida.

Base malomat qiladi, dilsiton abrun suzib,
Bilmasa o'ylang, ko'rung ani she'rning dorida.

Layli, Majnun ta'zim qilib rahmat aytar unga ko'p
Ming yildirkim, hali-hamon xalqning e'tiborida.

Aytgin Moviy, qilmasin u gulro'larning vasfikim
Ondin ko'ra, xotirini bilsun Foniy torida.


✍️Muhammadamin Aliyev, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 9 - sinf o‘quvchisi.


Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Alisher_Navoiy_tavalludining_581_yilligi

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

📺Dilshoda Matkarimova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 8-sinf o'quvchisi

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Alisher_Navoiy_tavalludining_581_yilligi

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

📚Harzat
Alisher Navoiy ruboiylari

📺 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Alisher_Navoiy_tavalludining_581_yilligi

Oshiq o‘ldum…

Oshiq o‘ldum, bilmadim, yor o‘zgalarga yor emish,
Olloh-Olloh, ishq aro bundoq balolar bor emish.

Qaddig‘a el mayli bo‘lg‘ondin ko‘ngul ozurdadur,
Ul alifdin zorlarning hosili ozor emish.

Elga novak urdi, men o‘ldum, erur bu turfakim,
Jonim etkan resh el bag‘rig‘a kirgan xor emish.

Rishtakim muhlik yaram og‘zig‘a tiktim, angladim,
Kim, kafan jinsi quro‘gidin sovurg‘on tor emish.

Ko‘yi devoridin og‘riq tang‘a tushkon soyadek,
Seli g‘amdin emdi soya o‘rnig‘a devor emish.

Jong‘a taxvif ayladim tig‘i halokidin aning,
Bilmadim, bu ishdin ul o‘lguncha minnatdor emish,

Ey
Navoiy, xo‘blarni ko‘rma osonlig‘ bila,
Kim, birovkim soldi ko‘z, uzmak ko‘ngil dushvor emish.


✍️
Alisher Navoiy


Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Alisher_Navoiy_tavalludining_581_yilligi

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

📚Bu kunlar ilohiy, bu kunlar nabiy,
Yaratganning nigohidir
Navoiy.

📺 Enaxon Siddiqova, O'zbekiston xalq shoiri

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Alisher_Navoiy_tavalludining_581_yilligi

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

📚Ey
Navoiy, chun rafiqi topmadim, bu g'ussadin,
O'zni bekaslik balosig'a giriftor istadim.

📺 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi murabbiylar jamoasi

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Alisher_Navoiy_tavalludining_581_yilligi

* * *
La’ling, ayo, ne ajab rangindur,
So‘zi aning ne balo shirindur.

Ham qoshing taqvovu toatqa balo,
Ham ko‘zung ofati aqlu dindur.

Hulla ichra badaningkim ko‘rinur,
Go‘yo gulbarg aro nasrindur.

Qatlu tirguzmak erur oyining,
Olloh- Olloh, sanga ne oyindur?!

Soqiyo, hajrida tutqil manga may—
Kim, bu sudin o‘tuma taskindur.

Mayu vasl ahliki bu davr ichra,
Bizga xunobi jigar ta’yindur.

Hajring ayyomi
Navoiy tinmas,
Bir ko‘runub anga ko‘nglin tindur.

✍️
Alisher Navoiy


Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from ijodim
​​#Alisher_Navoiy_tavalludining_581_yilligi

NASR-U NAZM PODSHOHIDIR – NAVOIY

Yurtimizda buyuk mutafakkir, g’azal mulkining sultoni, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi keng nishonlanmoqda.

Bu qutlug‘ sana Farg‘ona shahridagi istirohat bog‘ida qad rostlagan ulug‘ alloma haykali poyida keng jamoatchilik ishtirokida ehtirom tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat hokimining oʼrinbosari Fayzullo Qosimov yigʼilganlarni hazrat Navoiy tavalludi bayrami bilan qutlab, ulugʼ bobokalonimizning ijtimoiy-siyosiy hayotiga, uning asarlaridagi maʼnaviy-tarbiyaviy jihatlarga alohida toʼxtalib oʼtdi.

Tadbirni Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi rahbari, O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova olib bordi. Shuningdek, filologiya fanlari doktori, Navoiyshunos olim Xabibullo Joʼraev shoir ijodini puxta oʼrganish, asarlarini qayta va qayta oʼqish, ularda ulugʼlangan gʼoyalarning yosh avlod tarbiyasi uchun muhim ekanligini taʼkidlab oʼtdi.

Tadbirda Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan bag‘ishlov she’rlar, shoir ijodidan g‘azallar va tarjima asarlar hiyobon bo‘ylab jarang sochdi.

Tadbir yakunida ijod maktabi o‘quvchilari maktabning "O‘zbegim" jurnalini tashrif buyurgan mehmonlarga, fan arboblariga sovg‘a qildilar.

Tadbir yakunida viloyat hokimligi vakillari boshchiligida adiblar, olimlar, korxona, tashkilot, muassasa jamoalari, harbiylar hamda yoshlar ulug‘ alloma haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

✍️ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati


Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Alisher_Navoiy_tavalludining_581_yilligi

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Do not be

✍️Ruhshona Oybekova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 8-sinf o'quvchisi

📺Farg'ona MTRK

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Alisher_Navoiy_tavalludining_581_yilligi

🏢Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi viloyatimiz bo'ylab keng nishonlandi

Joylarda o'tkazilgan tadbirlarda Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi faol ishtirok etdi

📺Farg'ona MTRK

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Alisher_Navoiy_tavalludining_581_yilligi

🔰Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi viloyatimiz bo'ylab keng nishonlandi

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabidа ulug‘ mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Mir Аlisher
Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlangan “MANAVIYAT BAYROG‘IDIR – NAVOIY” mavzusida adabiy kecha o‘tkazildi

📺Farg'ona MTRK

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈