Yana bahor hokim
Zulfiya
✍️ Zulfiya Isroilova
🎤 Zulfiya Isroilova
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
🎤 Zulfiya Isroilova
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#bahor_muborak
☀️ BAHORNING ILK KUNI MUBORAK BOʻLSIN!🌸
Bogʻlaringni sayr etganimda,
Sen bor eding qalbda, Vatanim.
Bogʻ husniga sheʼr bitganimda
Uni dastlab senga atadim.
Minglab tilda madhingni soʻzlar
Bunda oʻsgan har bitta daraxt.
Nur emadi millionlab koʻzlar
Koʻkdan sening koʻzingga qarab.
Jilmayadi oʻzida yoʻq shod
Yangi oy ham ketmay qoshingdan.
Etak-etak olib koinot
Yulduzlarin sochar boshingdan...
✍️Erkin Vohidov, Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri

BAHOR QO‘SHIG‘I
Bugun bahor Zuhrodir,
Ko‘nglim Tohirdir bugun,
To‘qqiz oy men kurashdim,
Kurash oxirdir bugun.
Mayin silab sochimni ,
Siylab butun ochunni,
Qishi bilan uxlagan
Sabo mohirdir bugun.
Kuzdan zerikkan edim,
Bugun shodlik faslida
Ko‘zimda kular quvonch
Saodatning aslidan,
Qumrilarning kuyidan,
Quyoshning sof vaslidan
Sarhushdirman, misoli
Sabo chog‘irdir bugun.
Xayolimda Navro‘zni,
Hayotimda qish ko‘rdim,
Bugun samoda ko‘nglim –
Samolarda qush ko‘rdim,
Qarg‘alarni unutdim,
Qaldirg‘ochni xush ko‘rdim,
Olam behad mehribon,
Iliq bag‘irdir bugun.
Tog‘lar alvon gilamdir,
Bog‘lar xushbo‘y atirdan,
Qirlardan tildosh topdim,
Dildosh topdim adirdan,
Menga lola qadrdon,
Boychechaklar qadrdon,
Chaqmoqlar og‘aynimdir,
Do‘stim yomg‘irdir bugun.
Barchani maftun etar
Sirday bo‘lar bu bahor,
Nozik gul, taqir toshga
Birday bo‘lar bu bahor,
Karami keng avliyo,
Pirday bo‘lar bu bahor,
Pirga ta’zim qilmagan
Zotga og‘irdir bugun.
✍️Davlatjon Karimov
Bugun bahor Zuhrodir,
Ko‘nglim Tohirdir bugun,
To‘qqiz oy men kurashdim,
Kurash oxirdir bugun.
Mayin silab sochimni ,
Siylab butun ochunni,
Qishi bilan uxlagan
Sabo mohirdir bugun.
Kuzdan zerikkan edim,
Bugun shodlik faslida
Ko‘zimda kular quvonch
Saodatning aslidan,
Qumrilarning kuyidan,
Quyoshning sof vaslidan
Sarhushdirman, misoli
Sabo chog‘irdir bugun.
Xayolimda Navro‘zni,
Hayotimda qish ko‘rdim,
Bugun samoda ko‘nglim –
Samolarda qush ko‘rdim,
Qarg‘alarni unutdim,
Qaldirg‘ochni xush ko‘rdim,
Olam behad mehribon,
Iliq bag‘irdir bugun.
Tog‘lar alvon gilamdir,
Bog‘lar xushbo‘y atirdan,
Qirlardan tildosh topdim,
Dildosh topdim adirdan,
Menga lola qadrdon,
Boychechaklar qadrdon,
Chaqmoqlar og‘aynimdir,
Do‘stim yomg‘irdir bugun.
Barchani maftun etar
Sirday bo‘lar bu bahor,
Nozik gul, taqir toshga
Birday bo‘lar bu bahor,
Karami keng avliyo,
Pirday bo‘lar bu bahor,
Pirga ta’zim qilmagan
Zotga og‘irdir bugun.
✍️Davlatjon Karimov
#tavallud_sana
Hayot kitobimni bexos varaqlab,
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim.
Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab.
Suyish kerak bo‘lsa - telbacha suydim.
Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob,
Yurak boyligidan qilmabman parvo.
Meni og‘ushlagan hayot naq oftob,
Yangi qo‘shiq talab unda har saboq.
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim,
Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash:
Suydim,
Erkalandim,
Ayrildim,
Kuydim,
Izzat nima - bildim.
Shu-da bir yashash!..
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Hayot kitobimni bexos varaqlab,
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim.
Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab.
Suyish kerak bo‘lsa - telbacha suydim.
Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob,
Yurak boyligidan qilmabman parvo.
Meni og‘ushlagan hayot naq oftob,
Yangi qo‘shiq talab unda har saboq.
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim,
Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash:
Suydim,
Erkalandim,
Ayrildim,
Kuydim,
Izzat nima - bildim.
Shu-da bir yashash!..
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Fargona_MTRK
#Kongil_mulki
🏢 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🔰Keldingmi? Bahoroyim!
📣 O'ktamxon Soliyeva Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi murabbiyi.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Kongil_mulki
🏢 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🔰Keldingmi? Bahoroyim!
📣 O'ktamxon Soliyeva Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi murabbiyi.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
🌸 OʻLKAMDA BAHOR
Dalalar uygʻondi, boychechak undi,
Zamindan qor ketdi, koʻngildan gʻubor.
Yarq etgan toleday quyosh koʻrindi,
Oʻlkamda bahordir, oʻlkamda bahor.
Qish uzoq choʻzildi, shukur, oʻtdi-ya,
Boqiydek tuyulgan muzlar ketdi-ya,
Ivishiq kunlarning kuni bitdi-ya,
Oʻlkamda bahordir, oʻlkamda bahor.
Bahorda yoshlikning totli boʻyi bor,
Bahor erk singari yorugʻ va zangor,
Yosh yurtim bahordek boʻlsin begʻubor,
Oʻlkamda bahordir, oʻlkamda bahor.
Bahorning bahordek feʼllari bordir,
Momaqaldirogʻi, sellari bordir.
Goh sarin, gʻoh achchiq yellari bordir,
Oʻlkamda bahordir, oʻlkamda bahor.
Mayli-da, xush keldi, but keldi koʻklam,
Toʻkinlik, baraka kut keldi koʻklam,
InshaAlloh, deylik- qut keldi koʻklam,
Oʻlkamda bahordir, oʻlkamda bahor.
✍️ Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov, 1992-yil.

Forwarded from O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
#Xotira
Zulfiya singari siymolar xalqning baxti bo‘lib yaraladilar. Bu baxt, avvalo, o‘zbekniki, O‘zbekistonniki, so‘ngra esa dunyoniki.
Erkin VOHIDOV
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Zulfiya singari siymolar xalqning baxti bo‘lib yaraladilar. Bu baxt, avvalo, o‘zbekniki, O‘zbekistonniki, so‘ngra esa dunyoniki.
Erkin VOHIDOV
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
Хўжали қирғини ёхуд Қорабоғдан эшитилаётган даҳшат овози Батафсил 👇👇👇 https://qalampir.uz/n/78047 Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг: RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
“Mojaroning dastlabki yillarida arman qurolli bandalari tomonidan Togʻli Qorabogʻning ozarlar yashaydigan Kyarkijahon, Meshali, Gushchular, Garadagli, Agʻdaban va boshqa qishloqlarida amalga oshirilgan xunrezliklar va nihoyat, Xoʻjalidagi genotsid bir umrga “jafokash” armanlar vijdonidagi qora dogʻ boʻlib qolishiga shubha yoʻq”.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi tarix fani o'qituvchisi Baxromjon Xudoyberdiyevdan tahliliy maqola.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi tarix fani o'qituvchisi Baxromjon Xudoyberdiyevdan tahliliy maqola.
#sinf_soati
🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Muniraxon Qo'qonovaning 10-sinf o'quvchilari bilan ma'naviyat soatida "Tinchlik-oliy ne'mat" shiori ostida musobaqa dars tashkil etildi.
♻️Unda o'quvchilar O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani asosida bellashdi.
❇️Qiziqarli shartlar va topshiriqlar ikki jamoani ham yaxshiroq harakat qilishga undadi.
✅Darsni ijod maktabi o'qituvchi-murabbiylari kuzatib, baholab bordilar.
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Muniraxon Qo'qonovaning 10-sinf o'quvchilari bilan ma'naviyat soatida "Tinchlik-oliy ne'mat" shiori ostida musobaqa dars tashkil etildi.
♻️Unda o'quvchilar O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani asosida bellashdi.
❇️Qiziqarli shartlar va topshiriqlar ikki jamoani ham yaxshiroq harakat qilishga undadi.
✅Darsni ijod maktabi o'qituvchi-murabbiylari kuzatib, baholab bordilar.
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🇬🇧Buyuk Britaniya davlatida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Durdona Ahmadjonovaning ijodiy ishi chop etildi.
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
1 март – Озод Шарафиддинов туғилган кун
МУВАШШАҲ
Озод акага
Оҳ уриб ҳар ёнда изғийди шамол,
Замон макон бермай уни қистайди.
Орзуси фақат шул – у ҳам тоғ мисол
Дили ором олиб ётмоқ истайди.
Аросатда инграр тоғлар ҳам, аммо
Кўҳи замонадан тополмай илож.
Армон қилар у ҳам, шамолдай гўё
Мовий кенгликларда ёзсам дер қулоч.
1967
Абдулла Орипов
МУВАШШАҲ
Озод акага
Оҳ уриб ҳар ёнда изғийди шамол,
Замон макон бермай уни қистайди.
Орзуси фақат шул – у ҳам тоғ мисол
Дили ором олиб ётмоқ истайди.
Аросатда инграр тоғлар ҳам, аммо
Кўҳи замонадан тополмай илож.
Армон қилар у ҳам, шамолдай гўё
Мовий кенгликларда ёзсам дер қулоч.
1967
Абдулла Орипов