Forwarded from ijodim
#Erkin_Vohidov_ijod_maktabi
#2021_2022\_óquv_yili_bitiruvchilarimizdan_100_foizlik_natija
🎉 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 2021-2022 óquv yilining 19 nafar bitiruvchilari 100 foizlik natijani qayd etgan holda, ularning barchasi oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi.
Bizning faxrli o'quvchilarimiz bilan tanishing:
💐GRANT asosida OTMga qabul qilingan o'quvchilarimiz:
▶️Anvarjonova Shahnoza Lochinbek qizi - A.Navoiy nomidagi Toshkent o‘zbek tili va adabiyot universiteti
▶️Ikromova Sarvinoz Isroiljon qizi - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
▶️Inomjonova Sarvinoz Akbarjon qizi - Farg‘ona davlat universiteti
▶️Kimsanboyeva Robiya Mirzohid qizi - O‘zbekiston Milliy universiteti
▶️Mahmudova Mubina Mansurjon qizi - Qo‘qon davlat pedagogika inistituti
▶️Ne'matova Husnida Akmaljon qizi - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
▶️Qodirova Nigina Kamoljon qizi - Farg‘ona davlat universiteti
▶️Sobirova Ismigul Rustamjon qizi - Qo‘qon davlat pedagogika inistituti
▶️Tursunova Sarvinoz Fazliddin qizi - Farg‘ona davlat universiteti
💐TO‘LOV-KONTRAKT asosida OTMga qabul qilingan o'quvchilarimiz::
✅Badrdinova Diyora Abdullajon qizi- O‘zbekiston Milliy universiteti
✅Erkinova Feruza Nodirjon qizi - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
✅Tolibova Muhsina Farxodjon qizi - O‘zbekiston Milliy universiteti
✅Halilova Odina Zokirjon qizi - Namangan davlat chet tillari universiteti
✅Halimov Rustam Abdurashid o‘g‘li - Toshkent davlat yuridik univeristeti
✅Hursanaliyev Abdumalik Abdubannop o‘g‘li - O‘zbekiston Milliy universiteti
✅Sulaymonova Saodat Murodil qizi - Farg‘ona davlat universiteti
✅Muxtorova Muslima Otabek qizi - Toshkent amaliy fanlar universiteti
✅Mamatqulova Nozima Karimboy qizi - Toshkent amaliy fanlar universiteti
✅No‘monjonova Ra'no Ulug‘bek qizi - Toshkent amaliy fanlar universiteti
📌Ta'kidlash joizki, bitiruvchilarimizdan 3 nafari ingliz tilidan xalqaro IELTS, 3 nafari esa CEFR sertifikatini qo‘lga kiritib, o‘quv yili yakunlanmasidan nufuzli OTMlarga o‘qishga kirish bo‘yicha grantni qo‘lga kiritishgan edi.
💐❤️Qo‘lga kiritilgan hayajonli yutuqlar bilan bitiruvchi o‘quvchilarimizning barchasini, ularga ta’lim bergan fidoyi ustozlarini, ota-onalari va ijod maktabi jamoasini muborakbod etamiz!

Forwarded from Marg'ilon shahar hokimligi
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз бир йиллиги муносабати билан фан, таълим, соғлиқни сақлаш, спорт, адабиёт, маданият, санъат соҳалари ва оммавий ахборот воситалари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони
—
Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении в связи с тридцать первой годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников сфер науки, образования, здравоохранения, спорта, литературы, культуры, искусства и средств массовой информации"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

#qutlov
#ustoz_bizning_faxrimizsiz
#bizning_shunday_ustozlarimiz_bor
🔰Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
✅Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining adabiyot fani oʻqituvchisi Isomov Bahodirjon Sirojiddinovich
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
💐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oilasining vakili, kamtarin, xokisor inson bilan bir safda ekanligimizdan faxrlanamiz. Ustoz sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, iymonboylik va doim ijodlaringiz gullab- yashnashini tilaymiz!
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Эътироф
MUKOFOT MUBORAK BO’LSIN!
⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san'at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmoni imzolandi.
Farmon bilan, jumladan yurtdoshlarimiz Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, yurtimizda ilm-fan, ta'lim, sport, madaniyat va san'at sohalarini rivojlantirishdagi faol ishtiroki uchun faxriy unvonlar bilan taqdirlandi.
Mukofotlanganlar orasida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda faoliyat yuritayotgan ustozlar ham bor:
▶️ Jamaliddin Kamalov - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
▶️ Boxodirjon Isomov - Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining adabiyot fani o‘qituvchisi “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan
▶️ Maxfuza O‘rinova - Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan Marhamat tumanidagi 3- ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktab-internati direktori - “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
❗️Yuksak e’tirof muborak bo’lsin, aziz ustozlar!
⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

#istiqlolni_kuylayman
Vatan
Koʻhna tarix sen haqingda soʻzlasa gar,
Yuragimni yoritadi baxt chirogʻi.
Katta yoʻllar seni kutib turganidek,
Hislarimga sochilgandir yurt tuprogʻi.
Amir Temur umr boʻyi suygan vatan,
Kelajakka tutash tonglar dorilomon.
Men qizingman noming koʻkka koʻtarguvchi,
Isming bilan uygʻonaman Oʻzbekiston.
✍️Tasanno Abduvahobova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 8-sinf o'quvchisi.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Vatan
Koʻhna tarix sen haqingda soʻzlasa gar,
Yuragimni yoritadi baxt chirogʻi.
Katta yoʻllar seni kutib turganidek,
Hislarimga sochilgandir yurt tuprogʻi.
Amir Temur umr boʻyi suygan vatan,
Kelajakka tutash tonglar dorilomon.
Men qizingman noming koʻkka koʻtarguvchi,
Isming bilan uygʻonaman Oʻzbekiston.
✍️Tasanno Abduvahobova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 8-sinf o'quvchisi.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#istiqlolni_kuylayman
Oʻzbekiston
Oʻzbekiston, dunyolarni mahv et bugun,
Ufqlarga singib ketsin shoʻx taronang.
Sening tugʻing osmonlarda koʻrish uchun,
Kosmosni ham zabt etmoqda barcha bolang.
Barq ur, mayin shabbodadek tebran asta,
Oymomoni allalasin shirin tafting.
Ogʻushingda uxlab qolsin, xuddi mastdek,
Va unga ayt: "Bu hammasi sening baxting".
Hazrat Imom Buxoriyni ziyorat qil,
Olamlarga saboq bergin shariatdan.
Vatan, uning xotirini koʻksingga il,
Zero, seni yoʻqlab kelsin Buxoriy ham.
Oʻzbekiston, yuksalaver, yashnayvergin,
Mahv etib qoʻy, ular seni mahv qilguncha.
Dunyolarni magʻlub etib yashayvergin,
To oxirgi Alpomishing tugʻilguncha.
✍️Fazliddin Gʻulomjonov, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 9-sinf o'quvchisi.

#eʻtirof
MUKOFOT MUBORAK BO’LSIN USTOZ!
🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san'at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmoni imzolandi.
📌Mukofotlanganlar orasida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida faoliyat yuritayotgan ustoz ham bor:
▶️Bahodirjon Isomov - Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining adabiyot fani o‘qituvchisi “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
💐Ushbu xushxabarni eshitgan va quvongan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ustozlari bugungi ish faoliyatini ustoz Bahodir Isoni tabriklashdan boshladi. Sodda buyuk inson, mehridaryo ustozimizga munosib mukofotlar muborak bo‘lsin!

USTOZ, unvon muborak!
BAHODIR ISOGA
Men ham nur-ziyoga havas qilaman,
Guvragan daryoga havas qilaman.
Nur-ziyo taratgan daryodil inson –
Bahodir Isoga havas qilaman.
Mansab ilinji yoʻq, shon ilinji yoʻq,
Xirmon ilinji yoʻq, don ilinji yoʻq,
Ona qishlogʻini oʻylab, tinchi yoʻq,
Bahodir Isoga havas qilaman.
Sheʼrning qiymatini bilib qoʻygan u,
Chalamullalarni ilib qoʻygan u.
Qiladigan ishin qilib qoʻygan u,
Bahodir Isoga havas qilaman.
Men shunchaki laylak haydab yurmadim,
Ne-ne buyuk bilan suhbat qurmadim.
Lek undan shoirroq shoir koʻrmadim,
Bahodir Isoga havas qilaman.
Koʻngil sultoni u, koʻngil quli u,
Yigitning guli u, elning tili u.
Dardi bor insonning joni-dili u,
Bahodir Isoga havas qilaman.
Men tugʻma shogirdman, xomman, sal boʻshman,
U – xudoning doʻsti, ishqi rost tushgan.
Xudoning dushmani unga ham dushman,
Bahodir Isoga havas qilaman.
U qumri kuyini qoʻshiqqa solgan,
Yoʻldosh Sulaymonning duosin olgan.
U – tirnoq – hazrati Mashrabdan qolgan,
Bahodir Isoga havas qilaman.
Oldin soʻylar, keyin oʻylar joʻralar,
Bir kun sizlardan ham hisob soʻralar.
Qoʻl yuvib koʻrishing, ey siz, toʻralar!
Bahodir Isoga havas qilaman.
U faqat yaxshilik qilishga qodir,
U sizlar bilmagan yolgʻiz dahodir.
Sheʼrim oʻzimgayu sizga bahodir,
Bahodir Isoga havas qilaman.
✍️Iqbol Mirzo, O‘zbekiston xalq shoiri.

#Xushxabar
#Ijod_maktablari
⚡️⚡️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bitiruvchilari ham oliy ta'lim muassasalariga kirishda yuqori natijalar qayd etishdi.
❗️Jumladan, mazkur maktabni 2021-2022-o'quv yilida jami 19 nafar o'quvchi tugatgan bo'lib, ularning hammasi OTM talabasiga aylanishdi.
O'quvchilarimizning 10 nafari to'lov shartnoma, 9 nafari esa davlat granti asosida o'qishga qabul qilingan.
O'quvchilarimizning kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

VATAN SURATI
Yuragimni ko‘prik qilib baxt poyiga,
Orzulardan to‘shab qo‘ydim poyandozni.
Ko‘k kulguchin erkaladi oppoq bulut,
Maysalarda chaldi sabo dil sozini.
Tun qalbini bezovtalar sukunatlar,
Goh xo‘rsinib qo‘yar sokin o‘ychan shamol.
Oymomojon oynasiga boqib xushhol,
Sochlariga taroq tortar surib xayol.
Yuragimning orqasiga berkitdim men,
Tun atalmish tinchlik bermas zulumotin.
Ko‘ngilginam daftariga muhrladim,
Sumalakday yoqimli tong shivirotin...
Yuragimni ko‘prik qilib yurt poyiga,
Orzulardan to‘shab qo‘ydim poyandozni.
Ko‘k kulguchin erkaladi oppoq bulut,
Maysalarda chaldi sabo dil sozini.
Bir kalomni jarang sochar o, tiriklik,
Mustaqillik, Mustaqillik, Mustaqillik…
✍️Muxlisa Zokirjonova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 11-sinf o'quvchisi.