#seminar_trening
⛪️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
📌Ijod maktabining tajribali ustoz-murabbiylari tomonidan seminar mashg'ulotlari tizimli, reja asosida tashkillanmoqda.
📅Joriy yilning 25-avgust kuni ingliz tili fani o‘qituvchilarining “TEACHING STRATEGIES” mavzusida o‘qituvchi-murabbiylar ishtirokida seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
▶️Ishtirokchilar seminar-trening mashg‘uloti mas’ullaridan topshirilgan har xil o‘yin ko‘rinishidagi qiziqarli savol-javoblari va interaktiv metodlar orqali ingliz tilini bilish darajalarini yana bir bor sinovdan o‘tkazib oldilar.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mustaqillik_shukronasi
🔰O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bag'ishlanadi
❇️Erkin Vohidovning "O'zbegim" qasidasi asosida tayyorlandi
🎥Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati

#bizning_ijod
ONA
Ona, yuragingga taqay ko‘zmunchoq,
Yulduzlardan teray dur-u marjonlar,
Boshingga ilayin hayotdan bot-bot,
Baxt-u omad degan yuksak unvonlar.
Atirgulim mening, shodligim mening,
Tongda uyg‘otguvchi zarrin quyoshim.
Jannatlardan mehmon, jiyda iforim,
Hayot yo‘llarimda har dam yo‘ldoshim.
Dovuldan to‘sguvchi to‘siq, darvozam,
O‘rik gullariday yoningga uchay.
Armonlar yog‘dirsa qayg‘u yomg‘irin,
Sening boshing uzra soyabon ushlay.
Hayot qaychisida kesib umrimni,
Batamom qo‘lingga tutgum, Onajon!
✍️Fazliddin G‘ulomjonov, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi

Forwarded from Marg'ilon shahar hokimligi
Aziz Marg'ilonliklar va shahrimiz mehmonlari !
Sizlarni Mustaqilligimizning 31-yilligi doirasida shu yil 26-avgust kuni kech soat 18:30 da "Atlaschi" stadionida boʻlib oʻtadigan “Yangi Oʻzbekistonda el aziz,inson aziz!” shiori ostidagi gala-konsertga taklif etamiz.
Taniqli xonandalar ishtirokidagi gala-konsertda ishtirok eting va maroqli hordiq chiqaring.
Marg'ilon shahar hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi Marg’ilon shahar bo'limi.

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Yangi_darsliklar
#Ijod_maktablari
YANGI ADABIYOT DARSLIKLARI - TA'LIM TIZIMIGA YANGICHA YONDASHUV!
⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan ijod maktablari uchun yangi yondashuvdagi 8- va 9-sinf Adabiyot darsliklari ishlab chiqildi.
Ushbu darslik:
▶️o‘quvchilarning ijodkorlik,
▶️yaratuvchanlik,
▶️kreativ fikrlash,
▶️didaktik tahlil va asar matni ustida mushohada yuritish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
❗️Bundan tashqari, birinchi marta adabiyot darsligiga “Adabiy laboratoriya” kiritildi.
🔰Mazkur adabiyot darsliklarida o'quvchilar nafaqat mutolaa qilish, balki audio matnlarni ham tinglash imkoniyatiga ega bo'lishadi.
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

#ustozlar_bisotidan
📖ISTAK
Ismi ne ul qushnikim,
na jismi bor, na joni bor,
Izla, top, ne bogʻkim ul,
na haddi, na poyoni bor.
Soy nekim ul, boʻlgʻay unda
na qaroru, na kanor,
Suv ne ul, qonmoqning unga
na iloj, na imkoni bor.
Togʻ nadirkim, choʻqqisini
hech kishi zabt etmagan,
Tirmashib yotquvchi elning
na sanoq, na soni bor.
Argʻumoq nekim, uning bor
na jilov, na jabdugʻi,
Andalib nekim, uning
har dilda bir oshyoni bor.
Komronlik unga yetmak,
yetmagan armon bilan
Kim, muvashshah bitdi Erkin,
koʻnglida armoni bor.
✍️Erkin Vohidov, Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri, 1976-yil.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
📖ISTAK
Ismi ne ul qushnikim,
na jismi bor, na joni bor,
Izla, top, ne bogʻkim ul,
na haddi, na poyoni bor.
Soy nekim ul, boʻlgʻay unda
na qaroru, na kanor,
Suv ne ul, qonmoqning unga
na iloj, na imkoni bor.
Togʻ nadirkim, choʻqqisini
hech kishi zabt etmagan,
Tirmashib yotquvchi elning
na sanoq, na soni bor.
Argʻumoq nekim, uning bor
na jilov, na jabdugʻi,
Andalib nekim, uning
har dilda bir oshyoni bor.
Komronlik unga yetmak,
yetmagan armon bilan
Kim, muvashshah bitdi Erkin,
koʻnglida armoni bor.
✍️Erkin Vohidov, Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri, 1976-yil.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#bizning_ijod
***
So‘nggi xatni qayga uchiray,
Baxt tarafmi yo dard tomonga?
Rizolikni so‘rashim kerak,
O‘tgan bo‘lsa yaxshi-yomon gap.
Mujgonimni uchirmoq uchun
Manziling izlashim tabiiy.
Sariq rangga kirgan emishman
Ostonada turgan kuz kabi...
Yomg‘ir yog‘ar, tomchi dardsimon,
Hijron kuyin chalar u axir.
Umrimizning ayro yo‘lidan
Bizni kuzga kuzatdi taqdir.
Sen kulishni uddalay olding,
Mensiz baxtni tuyding qaydadir.
Yaprog‘idan ro‘molcha tutdi
Birinchi sentyabr...
✍️Muattar Mamatkarimova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabini tamomlagan.

💐💐💐BUGUN O‘ZBEKISTON XALQ SHOIRI ENAXON SIDDIQOVANING TAVALLUD TOPGAN KUNI
🔰Enaxon Siddiqova 1954-yilining 28-avgust kuni Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanida tavallud topdi. Farg‘ona davlat institutining filologiya fakultetida (1972–1976) tahsil oldi. Oltiariq va Farg‘ona tumanlari maktablarida o‘qituvchi, maktab direktori vazifalarida xizmat qildi (1976–1996). O‘zbekiston XDP Farg‘ona tumani ikkinchi kotibi (1996), “Farg‘ona haqiqati”, “Ferganskaya pravda” gazetasi muxbiri (1990–1997), Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari kotibiyati xodimi (1997–2001) lavozimlarida ishladi. Hozir O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari, “Qalb sadosi” haftalik gazetasining bosh muharriri vazifasida xizmat qiladi. Enaxon Siddiqova 2013-yildan Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, 2015 yildan Oliy Majlis Senati a’zosidir.
❇️Enaxon Siddiqova O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning “Oq yo‘li” (1977) bilan adabiyotga kirib keldi. “Qorako‘z turnalar”, “Sumanbar nasim”, “Ko‘ngil ufqlari”, “Ishq ifori” she’riy to‘plamlari, “Sirli tun faryodi”, «Ona haqida qo‘shiq», “Vatanga bahshida umr” kabi hikoyalar va liro-epik qissalar majmuasi, “Qizoyimlarga kelinlik saboqlari”, “Tibbiyot fidoyilari”, “Xaloskorlik”, “E’zozli ayollar” kabi publitsistik asarlar nashr ettirdi.
✅U o‘z asarlarida inson deb atalgan sehrli-mo‘jizakor xilqatning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini alqaydi, himoya qiladi, olqishlaydi. Insonga ishonch ruhi, samimiyat uning ijodida badiiyatning muhim unsurlari sifatida bo‘y ko‘rsatadi.
✅Enaxon Siddiqova “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovining respublika bosqichi g‘olibi. Adabiyotimiz rivoji yo‘lidagi mehnatlari munosib taqdirlanib, unga 2004-yili “Do‘stlik”, 2009-yili “El-yurt hurmati” ordenlari, 2016-yili esa “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoni berildi.
💐💐💐Qadrli ustozimizni tavallud ayyomi bilan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi nomidan chin qalbdan muborakbod etamiz!!!
✍️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati

Forwarded from ijodim
#tanlov_yakunlandi
🔰Mamlakatimiz mustaqilligining oʼttiz bir yilligiga bagʼishlangan "Eng ulugʼ, eng aziz" anʼanaviy respublika koʼrik-tanlovining viloyat bosqichi gʼoliblarini taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi.
✅Oʼzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Kinematografiya agentligi, Badiiy akademiya, Oʼzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Respublika "Tasviriy oyna" ijodiy uyushmasi hamda Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida oʼtkazilayotgan koʼrik-tanlovning viloyat bosqichi yakunlari Аhmad Fargʼoniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan tadbirda eʼlon qilindi.
❇️"Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida oʼtkazilgan ushbu tanlovning “bosma OАV xodimlarining jurnalistik ishlari”, “televideniya va radio ijodkorlarining materiallari”, “internet-jurnalistika”, “jurnalistlar tomonidan nashr etilgan publitsistik mavzudagi kitoblar”, “yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari” va “tasviriy sanʼat, foto asarlari va dizayn ishlari” yoʼnalishlarida gʼolib va sovrindorlarlariga mukofotlarni viloyat hokimining oʼrinbosari Xurshidjon Аhmedov topshirdi.
💐O'tkazilgan "Eng ulugʼ, eng aziz" anʼanaviy respublika koʼrik-tanlovining viloyat bosqichida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining "Tong jilvasi" kitobi “yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari” yoʼnalishida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.