#zakovat
🏛Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
📚O‘quvchilarning darsdan so‘ng bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda mantiqiy fikrlash doirasini rivojlantirish maqsadida 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “ZAKOVAT” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
🔰Sinf murabbiyi: Muhammad Yusuf Ibrohimzoda
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

#uzbegim_jurnali
🔰Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida tashkillangan “O‘zbegim” adabiy-badiiy jurnalining 2022-yil mart bahoriy soni chop etildi.
📖Ushbu jurnalimizni electron variantini taqdim etamiz, bizning ijodimizdan siz ham boxabar bo‘ling va albatta bizga qo‘shiling.
✅Bu sonimizdagi ijodiy namunalar siz azizlarni beparvo qoldirmasligi shubhasiz!

Forwarded from Deleted Account
ЖУРНАЛ УЗБЕГИМ 3 СОН 2022 ЙИЛ.pdf
15.6 MB
#mumtoz
***
Dilbaro, sen ne uchun oshiqlara ozorsen,
Aylabon o‘zdin yiroq ham ul raqibg‘a yor sen.
Chun chaman kezdum biror gul-g‘uncha senga teng emas,
Angladim, dunyo chamanzor, anda chun sen borsen.
Kel, menga nazzora aylab, ko‘nglum ichra tut vatan,
Darda vasling chora qilg‘il, dilbaro, bir bor sen.
Xurram etgil, ko‘nglum o‘tin ayla boda birla tez,
Chun ko’ngul dardin oluvchi bir guli xummorsen.
Necha dedim uz ko’ngilni senga andin chora yo‘q,
Ey Avaz, ul dilrabodin dil uzolmay zorsen.
✍️Avazbek Adhamjonov, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi.

Forwarded from Yoshlar ishlari agentligi
📢 Yoshlar uchun TANLOV eʼlon qilinadi!
Yoshlar ishlari agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamkorligida «Assalom, Navro‘z — yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!» shiori ostida tanlovi e'lon qilinadi.
Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘ganlar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin:
● «Eng yaxshi ijtimoiy rolik»
● «Eng yaxshi sheʼr ijrosi» (video material shaklida)
● «Eng yaxshi fotosuratlar»
Tanlov uchun ijodiy ishlaringizni telegramdagi @Navruz2022_tanlov_bot👈 orqali 2022-yil 25-martga qadar yuborishingiz mumkin.
❓Ijodiy ishlar qanday mezonlar asosida baholanadi? Pul mukofotlarining miqdori qancha?
Bu savollarning javobini batafsil ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin
#tanlov
Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi

НАВРЎЗ НАШИДАСИ
Юртим!
Илҳомимга сарчашма ўзинг,
Бирдек азиз менга ёзинг ҳам кузинг.
Букун баҳорингга шеър айтмоқчиман, Ватаним, муборак бўлсин наврўзинг.
Яна олам бўлди яшил, серфусун,
Яна қизғалдоқлар очилди гулгун.
Бу йилги кўкламинг ўзгача бутун,
Ватаним, муборак бўлсин наврўзинг.
Қаттиқ қишдан чиқдинг зах тортиб, хориб, Ердан чиққан каби бойчечак ёриб. Бағрингдан муз кетди хамалга бориб, Ватаним, муборак бўлсин наврўзинг.
Қир яшил, боғ яшил, бўстондир яшил,
Баҳорий либосда жаҳондир яшил,
Эрк яшил, истиқлол, имондир яшил, Ватаним, муборак бўлсин наврўзинг.
Бошингда ҳуррият қуёшинг бордир,
Ўз Туғро, Байроғинг, Юртбошинг бордир. Мақсадинг. ғайратинг, бардошинг бордир, Ватаним, муборак бўлсин наврўзинг.
Ёш чинорсан, ўзни тутиб оларсан,
«Илик узилди»дан ўтиб оларсан.
Юзлаб баҳорларни кутиб оларсан, Ватаним, муборак бўлсин наврўзинг.
Бугун далаларга қадалган уруғ
Иншооллоҳ, ризқу баракот тўлуғ,
Эй, умид ўлкаси, эртаси улуғ — Ватаним, муборак бўлсин наврўзинг.
Эркин Воҳидов

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktabimda_navruz_nafasi
🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
💐Bayram shukuhi
🎥Farg‘ona MTRK
📺O‘ktamxon Soliyeva va ijod maktabi o‘quvchilari
Ne baxt, dunyolarga ko‘rk buyuk yurtim,
Taʼrifing aytmoqqa topmam loyiq so‘z.
Аrmonlari sening dardingday qadim,
Yashashni eslatding qadrdon, Navro‘z.
Bu hurlik, ozodlik muzofotida,
Yurtim shavkatinga tegmasin hech ko‘z.
Yuraklarga haqning mukofotiday
Elimdan ketmagin to abad, Navro‘z!
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
💐Bayram shukuhi
🎥Farg‘ona MTRK
📺O‘ktamxon Soliyeva va ijod maktabi o‘quvchilari
Ne baxt, dunyolarga ko‘rk buyuk yurtim,
Taʼrifing aytmoqqa topmam loyiq so‘z.
Аrmonlari sening dardingday qadim,
Yashashni eslatding qadrdon, Navro‘z.
Bu hurlik, ozodlik muzofotida,
Yurtim shavkatinga tegmasin hech ko‘z.
Yuraklarga haqning mukofotiday
Elimdan ketmagin to abad, Navro‘z!
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bayram_dasturi
🔰ERKIN VOHIDOV NOMIDAGI IJOD MAKTABIDA NAVRO‘Z SHODIYONALARI
🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
💐Bayram shukuhi
🎥Farg‘ona MTRK
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
🔰ERKIN VOHIDOV NOMIDAGI IJOD MAKTABIDA NAVRO‘Z SHODIYONALARI
🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
💐Bayram shukuhi
🎥Farg‘ona MTRK
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ustozlar_bisotidan
FURSATING
Fursating yetmaydi doim,
Hech qachon yetgan emas.
Mehnating bitmaydi doim,
Hech qachon bitgan emas.
Chun zamondek bepoyondir
Koʻksing ichra orzu,
Fursat-u orzuni quvlab
Hech kishi yetgan emas.
Intilar borliqni inson
Barkamol etmoq uchun,
Ne ajab, insonni borliq
Barkamol etgan emas.
Menda na borliq xayoli,
Menda na yoʻqliqqa gʻam,
Manglayimga chunki sheʼrdan
Oʻzga zar bitgan emas.
Vaqt kelar, mehnat bitar,
Boʻlgʻusi vaqt hambemalol,
Chunki u dunyoga hech kim
Ish olib ketgan emas.
✍️Erkin Vohidov, Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri