Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.02K subscribers
12.3K photos
1.46K videos
58 files
4.27K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
Online ta'lim davom etmoqda.

⛪️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Ijod maktabining malakali o'qituvchilari o'quvchilar bilan onlayn dars mashg'ulotlarini tizimli, reja asosida tashkillab kelmoqda. Darslarga o'quvchilarning qatnashish va o'zlashtirishlari muntazam ravishda o'rganib borilmoqda.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
YANGI TO‘LQIN

📎 Maktabimizda “pichoqqa ilinadigan” yosh ijodkorlarning ilk she’riy kitoblarini muntazam chop etib borish yo‘lga qo‘yilgan. Masalan, “Nazm” to‘garagi a’zosining tavsiya qilingan she’rlari saralanib, “zuvala” qilinib, tandirda yopish uchun “Kompyuter grafikasi” to‘garagiga yuboriladi. Bu yerda ham “yosh gulxaniylar” mehnat qiladi. Shunday qilib, e’tiboringizga “yosh novvoylar” yopgan issiq-issiq “kulchalar”ni ulashib boramiz.
Yoqimli ishtaxa!

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Navoiy_haqida

🔰Hazrat Alisher Navoiyning yuksak badiiyat bilan muzayyan bo‘lgan, chuqur insonparvar g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan ijodi asrlar osha bizni hanuz o‘ziga rom qiladi, ko‘ngillarimizni zavqu shavq hamda iftixor tuyg‘ulari bilan, ongimiznpi ezgulik fikrati bilan boyitadi, bizni adolat uchun, inson qalbining mangu erki uchun kurashmoqqa chorlaydi.

📚Alisher Navoiy she’riyatining buyuk qudrati xalqparvarligi va odamga so‘ngsiz mehrida. O‘z elini, insonlarni shunday katta muhabbat bilan sevolgan shoirning qalamidangina shunday noyob durdonalar to‘kiladi. Navoiy “Xamsa”si, “Xazoyinul maoniy” devonlari birgina mening emas, she’r mehnatiga oshno bo‘lgan har bir ijodkorning, har bir she’rxonning xontaxtasi ustida turadi, qalbi to‘rida e’zozlanadi. Bu o‘lmas ijodiyot bizning bebaho meros mulkimiz, javohirga bergisiz boyligimiz.

✍️Erkin Vohidov, O'zbekiston Qahramoni

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Bahorni netayin xo'p mening bahorimg'a (g'azal)
Alisher Navoiy
"Bahorni netayin xo'p mening bahorimg'a"

Navoiy gʻazali

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from ERKIN VOHIDOV (Nigora Umarova)
ТАЪЗИЯ.
ЎЗБЕК ИЛМ-ФАНИ ОҒИР ЖУДОЛИККА УЧРАДИ.


Бугун Ўзбекистон Республикаси фан арбоби, Ҳамза номидаги Давлат мукофоти совриндори, филология фанлари доктори, профессор, катта адабиётшунос олим, УМАРАЛИ НОРМАТОВ 91 ёшда оламдан ўтдилар.

🙏Охиратлари обод булсин, эзгу амаллари ўзларига ҳамроҳ бўлсин.
Инна лиллаҳи ва инна илайҳи ражъиййун
Inna lillahi va inna ilayhi rajʼiyyun
#YANGI_TOLQIN_№1

✍️ Mo‘minov Behruz Shavkat o‘g‘li,
2008-yil 29-fevralda Farg‘ona viloyati Furqat tumanida tug‘ilgan. Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
8-A sinf o‘quvchisi.

YOSH MUSAVVIR

Behruzning yoshiga nisbatan she’rlari zalvorli. Yosh musavvir o‘laroq hayotni va voqelik paydo qilgan hissiyotlarini quyuq ranglarda ifodalaydi. Shakl murakkab emas, chizgilari dadil.
#YANGI_TOLQIN
#TAQRIZ

FAQAT ADABIYOT UMRNI SARFLASHGA ARZIYDI

Men bu kitobning yosh mualliflariga havas qilaman. Bu nevaralarim, xudo xohlasa, o‘zbek xalqining ruhu yuragiga ko‘chadilar.
Shu o‘rinda bu iste’dodli yoshlarga ta’lim berayotgan ustozlar jamoasi ham juda iste’dodli ekanligini ham chin dildan ta’kidlab o‘tishni istardim. Xuddi shunday! O‘zim guvoh bo‘lganman. Ular bu nihol shoirlarning haqiqiy bog‘bonlari! Fidokor insonlar!
Men Erkin Vohidov ijod maktabining ustozlariyu talabalarini bu kitob bilan tabriklab qolaman.
Omad yor bo‘lsin!

Usmon AZIM


ФАҚАТ АДАБИЁТ УМРНИ САРФЛАШГА АРЗИЙДИ

Мен бу китобнинг ёш муаллифларига ҳавас қиламан. Бу невараларим, худо хоҳласа, ўзбек халқининг руҳу юрагига кўчадилар.
Шу ўринда бу истеъдодли ёшларга таълим бераётган устозлар жамоаси ҳам жуда истеъдодли эканлигини ҳам чин дилдан таъкидлаб ўтишни истардим. Худди шундай! Ўзим гувоҳ бўлганман. Улар бу ниҳол шоирларнинг ҳақиқий боғбонлари! Фидокор инсонлар!
Мен Эркин Воҳидов ижод мактабининг устозларию талабаларини бу китоб билан табриклаб қоламан.
Омад ёр бўлсин!

Усмон АЗИМ
#YANGI_TOLQIN
#MUSAVVIR

VATAN

Yovvoyi yo‘rg‘aday kishnab, erk so‘rab,
Ko‘kka talpinganing eslayman Vatan.
Sendan mard o‘g‘lonlar najot so‘rganda,
Kechib borolmading paxtazoringdan.

Qorachiq sachradi erk osmoningga,
Ko‘zlaringdan yulduz bo‘lib tomdi yosh.
Yuraginga qadalganin bilaman men
Jadidinga la’nat bo‘lib otilgan tosh.

Yuguraver keng adirda erkni tuyib,
Haq yo‘lida o‘zim bo‘lay senga sarboz.
Yo‘rg‘alagin g‘am anduxdan kechib butkul,
Bugun senda na egar bor, na chavandoz.

✍️ Behruz Mo'minov
⛪️ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
#YANGI_TOLQIN
#MUSAVVIR

IQRORMAN

Iqrorman, iqrorman har nafasimga,
Xayollarimdagi o‘yga iqrorman.
Ba’zida qalbimda shivirlab qolgan,
Ba’zida to‘lqinday kuyga iqrorman.

O‘zgalar qalbini topdimmi yo yo‘q,
Vaqt kelsa yolg‘onlar aytdim iqrorman.
Shunda ham chuv tushdim yolg‘onchilarga,
Ko‘p marta qarordan qaytdim iqrorman.

Qo‘ydim maqsadlardan mingtasin oldga,
Qalbimda topdimda o‘zimcha ming shahd.
Aslida oilamning quvonchlariga,
Iqror bo‘lish menga eng katta bir baxt.

✍️ Behruz Mo'minov
⛪️ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
#YANGI_TOLQIN
#MUSAVVIR

OQIBAT

Inson tor ko‘chadan ketib borardi,
Birdan cho‘kkaladi va qildi nola.
Uning oyog‘iga sanchilgan edi,
Kecha g‘azabidan singan piyola.

MOH

Yuksakda mohitun go‘yo dur
Qaytarar shams nurin tobora.
Quyoshning nurlari siniqdur,
Yuraklar sadpora, sadpora!

TILAK

O‘tmish xotiradir, kelajak mavhum,
Bugungi nafasing asl hayoting.
Shoir bo‘l, sherday bo‘l, ey birodarim,
Ma'noga burkansin har bir bayoting.

✍️ Behruz Mo'minov
⛪️ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
MUSAVVIR.pdf
2.1 MB
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ustozlar_bisotidan

O‘ZBЕK NAVOIYNI O‘QIMAY QO‘YSA…

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir.
Bedil qolib Demyan Bedniyni suysa,
Qora sochning malla bo‘lgani shudir.

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Dod demoqqa palla bo‘lgani shudir.
Ma’rifatdan ayru o‘ynasa, kulsa,
Aza chog‘i yalla bo‘lgani shudir.

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Aldangani, alla bo‘lgani shudir.
Yulg‘ich aziz bo‘lib, bilgich xor bo‘lsa,
Paytavaning salla bo‘lgani shudir.

El komil bo‘lmasa yurt emas ulug‘,
Beqadr mahalla bo‘lgani shudir.
Qalb to‘la nur xalqning rizqi ham to‘lug‘,
Ombor to‘la g‘alla bo‘lgani shudir.

O‘zbek o‘zligini anglasa bekam,
Uning «Barakalla» bo‘lgani shudir.
Olamga Navoiy nasliman degan
Ovozi baralla bo‘lgani shudir.

✍️Erkin Vohidov, O'zbekiston Qahramoni

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
​​Якшанба мутолааси
#тавсия

Болалар ва ўсмирлар учун:

🔸 «Бувамнинг ошқозонидаги мамлакат», Қобилжон Шерматов
🔸 «Мушуклар маликаси Минуш», Анни Шмидт
🔸 «Коинот жавоҳири», «Галактикада бир кун», Саъдулло Қуронов

Ота-оналар учун:

🔹 «Учдан кейин кеч», «Учгача айни вақти», Масари Ибука
🔹 «Асл оталар китоби» I-II
🔹 «Яхши оталар китоби», Сардор Назаров

Жадид адабиёти ихлосмандлари учун:

🔸 Беҳбудий I-II
🔸 Чўлпон I-II

Назм шайдолари учун:

🔹 «Сайланма», Анвар Обиджон
🔹 «Вақт манзили», Азиз Саид
🔹 «Эй дўст ёхуд Азимнома», Азим Суюн

Янги ўзбек адабиёти мухлислари учун:

🔸 «Мадаминбек. Қонли гуллар водийси», Бахтиёр Абдуғофур
🔸 «Бир тушнинг эврилишлари», Шарифжон Аҳмедов
🔸 «Соябон остида», Рахшона Аҳмедова
🔸 «Лабиринт», Озод Мўмин Хўжа

Жаҳон адабиёти ихлосмандлари учун:

🔹 «Мусаввирнинг ёшликдаги шамойили», Жеймс Жойс
🔹 «Ёмғир», Сомерсет Моэм
🔹 «Жон», Ардрей Платонов
🔹 «Ал-Муҳтасимга яқинлашув», Хорхе Луис Борхес

Дам олиш кунини мароқли мутолаа билан ўтказинг!

Бошқа китоблар ҳақида маълумот олиш учун: @akademsavdo

▪️ @akademnashr

👉 Расмий саҳифаларимиз: linktr.ee/akademnashr
Forwarded from ijodim
​​#ustozlar_bisotidan

NAVOIY G‘AZALIGA MUXAMMAS

Ayriliq oni yaqindur, kema yo‘l bongin cholur,
Vah, meni tashlab firoqqa, yor yiroqqa yo‘l olur,
Jon borib jono bilan, sohilda bir jismim qolur,
Har qachonkim kemaga ul oy safar rahtin solur,
Mavjlig‘ daryo kabi oshufta ko‘nglim qo‘zg‘olur.

Men necha aytdim, ko‘ngul, jondin kechib yor sevma deb,
So‘ng yiroqqa ketsa tashlab, urma oh, dod dema deb,
Ketdi yor, bas endi, kim aytdi yoshingni tiyma deb,
Yig‘lama, ey ko‘z, nedin sohilga chiqmas kema deb,
Kim yoshing daryosidur har sorikim el ko‘z solur.

Yel turar, yig‘lar falak, bu guldurak ham barq dema,
Dardi hijronimni o‘krab so‘zlar osmon har kima,
Jism aro jondek omonat chayqalib borgay kema,
Titrabon siymobdek ko‘nglim, yetar jon og‘zima,
Tund yel tahriqidin har damki daryo chayqolur.

Ey falak, bas, yig‘lama, yo‘q foyda, ul oy kemada,
O‘rtada daryoyu men bu joyda, ul oy kemada,
Kelmas endi, oyda ne, ming oyda, ul oy kemada,
Sabr ko‘ngulda, ko‘ngil ul oyda, ul oy kemada,
Vahki, borib, termulib ko‘z, mungrayib jonim qolur.

Taskinim shulkim, kema ko‘zdan yo‘qolmabdur hali,
Bir nafas bor fursatim yor yo‘liga termulgali,
Oh, demay, saqlab nafas, qo‘zg‘olmayin turdim, vale,
Dam tutilgandin o‘lar eldek yetibman o‘lgali,
Surmasin deb kemasin, baskim, nafaslar asrolur.

Ey shamol, jim tur, samo jim, mavjudot, bir lahza jim,
Tingla, olam, tingla, odam, sen agar bo‘lsang-da kim,
Buldur ustoz pandi: siymin tandin o‘zga surma siym,
Kirma savdo bahriga olamdan istab sudkim,
Siym naqdi tushsa, lekin umr naqdi siyg‘olur.

Sun qadah, bergil menga jonim haqin, ey piri dayr,
Kim qadahlar zarbidan chiqsin chaqin, ey piri dayr,
Bormi Erkinga ul ustozdin yaqin, ey piri dayr,
G‘arq etar bahri fano g‘am zavraqin, ey piri dayr,
Ilgiga chunkim Navoiy boda kishtisin olur.

✍️Erkin Vohidov, O'zbekiston Qahramoni

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Istaganlar bizni, sahroi baloda istangiz (g'azal)
Alisher Navoiy
"Istaganlar bizni, sahroi baloda istangiz"

Navoiy gʻazali

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#bizning_ijod

***

Farhod o‘limini eshitgan Shirinning qalbda kechirganlari

Tun...Motam libosin kiyibdi osmon,
Navbahor o'rnini egallagan kuz.
Bu qanday ishora, budir na ahvol
Uzlatgan chekinib bormoqda hanuz...

Shundoq ham sensizlik dardiga mahkum,
Yuragim yolg'izlik quchmoqda endi.
Muhabbat nafasi taralgan bog'da
Visol daraxtining shoxlari sindi.

O samo, yig'layver mayliga bugun
Bir kun men roziman sukunatni buz.
Ey shamol, yelaver jim turma faqat,
Kuz uyin vayron qil, barglarini uz.

Bas, Farhod sevgisi abadiy senda,
Taqdirning teskari hukmiga ko'ngil,
Eng buyuk cho'qqidan jarlikka tomon
Parcha-parcha bo'lib yiqilgan ko'ngil...

✍️Odinaxon Xalilova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 11-sinf oʻquvchisi.