Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.02K subscribers
12.3K photos
1.46K videos
58 files
4.27K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
https://m.facebook.com/story.php?story_fbid=898032294145247&id=100018154546958&sfnsn=mo
Ayni damda maktabimizda Shavkat Rahmon eslab "Nafis majlislar" tashkil etdik. Yuqoridagi havola orqali jonli tarzda kuzatishingiz mumkin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Toshkentlik paxtakorlarga

Bukun dalalardan chanoqlab dehqon
Terib olar ekan rizqu ro‘zini,
Tog‘day yelkasidan teng yarimjahon
Uning paxtasiga tikmish ko‘zini...

El borki, ufqning har to‘rt yog‘ida
Egni butun bo‘ldi shu millionlardan.
Oq yaktak matosin ko‘rgan chog‘ida
G‘arb ham kechib qo‘ydi oq neylonlardan.

Hosilimiz bo‘ldi oltin vaznida,
Bo‘ldi har misqoli gavhar bilan teng.
Shu bois paxtazor mening nazdimda
Muruntovga o‘xshar, poyonsiz va keng.

Quchog‘ing ko‘p yurt-u davlatlardan keng,
Men uchun sen o‘zing bitta jahonsan.
G‘azalim beshigi suluv G‘azalkent,
Baytlarim sochilgan Bayti qo‘rg‘onsan.

Ne qilsa, sen axir, ona shahar-da,
G‘alabangdan dilda olam iftixor.
Bunga bois yana, shu xirmonlarda
Mening ham bir etak to‘kkan paxtam bor.

Sog‘ bo‘l, ona xalqim, ey tolmas bilak,
Doim baland bo‘lsin tabarruk boshing.
Xirmoning qaddingday bo‘lsinu baland,
Baxtingday hamisha kulsin quyoshing.
1971

✍️Erkin Vohidov she'ri

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#bizning_ijod

Marhabo

Nodira g‘azaliga tatabbu

Har nazar ovvoramen, ovvorimga marhabo,
Ne shukur bir bor quloq sol oh-zorimga, marhabo.

Sayr istadim ov aylamak ko‘ng(i)ling sayyorida,
Birga charx urib jahonda, shikorimga marhabo.

Men kezib so‘z bozorida, chun o‘n besh yil o‘yladim,
Bir soatga taklif etgum, izhorima marhabo.

Har muqaddas yo‘llaringga men o‘zim bormoqqa shay,
Bu safar oldidan, ey, raftorimga marhabo.

Yo‘llaringga bormoq uchun yo‘llarim xazongashta,
Sharob istadim, ayyom-u nav bahorimga marhabo.

Xush kelibsan, debon xursand sog‘inib kelsang magar,
Bir kelib ketsang sezur dil, mozorimga marhabo.

Bir visol vaslida tun to‘kdi tugun ashʼorima,
Ey Nuriddin, o‘tguncha tun bedorimga marhabo!!!

✍️Nuriddin Rahmonaliyev, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi.

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📝Ona tilim – seni asramoqlik burch.

✍️Sarvinoz Tursunova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 11-sinf o'quvchisi.

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#buyuklar_xazinasi

Jaloliddin Rumiy — jahon adabiyotining muazzam siymolaridan biri. U o‘zidan keyingi Sharq va G‘arb so‘z san’atiga katta ta’sir o‘tkazdi. Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Mirzo Abdulqodir Bedil kabi buyuk so‘z ustalari Mavlononi o‘zlariga ustoz deb bilishgan. Buyuk Hyote Abulqosim Firdavsiy, Shayx Sa’diy, Xo‘ja Hofizlar qatorida Jaloliddin Rumiy ijodini ham «Xizr chashmasi» deb atagan.


● ● ●
Kishi kim ekanligini bilish istasang, kimlarni sevishiga boq.
● ● ●
Sohibin xurmatiga qulni ranjitma, ko‘ngil .
● ● ●
Ey ko‘ngil, ibrat ol, boq xar tushgan yaproqqa,
U ham avval ko‘kdan boqardi tuproqqa.
● ● ●
Ey do‘st, darding nima bo‘lsa bo‘lsin,
Umiding xar zamon Alloh bo‘lsin.
● ● ●
Istaganim bo‘lmayapti deb xavotir olma,
Yanada yaxshisi bo‘ladi. Balki xayrlisi shudir.
● ● ●
Xamma yaxshiliklar sabrdan keyin keladi.

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ustozlar_ijodi

* * *
Bitta shoir kamaysa nima,
Charx yaratar boshqa nusxasin.
Cho‘kib ketsa to‘fonda kema,
Pishiqrog‘in yasar ustasi.

To‘fonlardan seskanma, qalbim,
Qayiqlardek suzma qirg‘oqlab.
Kemaman deb ummonga talpin,
Yuz baloga o‘zingni chog‘lab.

Qayiqlarda — ilinj va хohish,
Kemalarda — orzu va maqsad.
Bugun senda bir olam tashvish,
Gal kelganda o‘zingni ko‘rsat.

Yo tilib o‘t dovulning ko‘ksin,
Yo kemadek g‘arq bo‘l izzatda.
Unutmagil — qayiqlar cho‘ksa,
Olinmaydi hatto ro‘yxatga. . .

To‘fonlardan seskanma, qalbim!

✍️ Anvar OBIDJON, O‘zbekiston xalq shoiri.

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#bizning_ijod

***
Ilohiy ishq bo‘lsin, ilohiy,
O‘ngidam kelgandek baroram.
Yozmoqqa, yonmoqqa yetarli
Bir shoir, bir tuyg‘u, bir qalam.

Koinot - eng qadim falsafa:
Bir fazo, bir necha sayyora.
Bunda ham xayoldek sarhad yo‘q,
Baxt bilan yashasang bir bora.

Hayotning qilmishi ko‘p sodda:
Bir ixlos... va biroz muhabbat.
Ko‘ngilda... Tomirda... Oningda
Bir shayton yashaydi toabad.

Ishq bo‘lsin ilohiy, ilohiy,
Daryolar tubiga cho‘ksin nam.
Yozmoqqa, yonmoqqa yetarli
Bir shoir, bir tuyg‘u... Ming alam...

Va qalam!..

✍️ Muqaddas Muhammadaliyeva, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 9-sinf o'quvchisi.

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#bizning_ijod

ONAMGA

Osmon cheksiz, chegarasi yo‘q
Bag‘rida jam: yulduz, quyosh, oy.
Sinovlardan charchab, samoga,
Uchib ketgim kelar butunlay.

Yonay deyman olovda chars-chars,
Uchqunimdan cho’g’larni sochib.
Qolmoq mushkul dunyoyingda bas,
O’zligimdan o’zingdan qochib.

Ketay deyman ko‘hna dunyodan,
Mayli, yerda qolmasin izim.
Biroq bir so‘z tutib qoladi:
“Men sen uchun yashayman, qizim!”

✍️Saidaxon Muhiddinova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 9-sinf o'quvchisi.


👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_ijod


📝Men seni izladi...

📺Shoirbek Rahmatullayev, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 9-sinf o'quvchisi.

📹Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati


👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from Deleted Account
​​Abduhayot Abduqodirov, 17.09.21 07:27
#yangi_loyiha

“-Biz yangi O‘zbekistonni xalqimiz bilan birgalikda barpo etamiz, degan ulug‘vor maqsadni o‘z oldimizga qo‘yganmiz. Bu borada “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” degan yangi g‘oya kundalik faoliyatimizga tobora chuqur kirib bormoqda”. Shavkat Mirziyoyev.

Joriy yilning 16-sentabr kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida yangi loyiha “Maktab parlamenti” saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.
Tadbirni Yoshlar ittifoqi yetakchisi M.Qo‘chqorov olib bordi va samarali rivojlanib borayotgani va o‘zining ijobiy natijalarini berayotganini ta’kidlab, saylov kuzatuvchilarga bo‘lib o‘tadigan “Maktab Prezidenti” sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berib o‘tdi. Saylovchilarga ushbu loyihaning mazmun-mohiyati, ularning asosiy faoliyatini tashkil etishdagi roli bilan tanishtirildi. Ovoz yig‘ish davomida ma’qullangan partiyalar, “Ma’naviy barkamollik”, “Yuksalish”, “Najot”, “Jasorat”, “Xalq so‘zi”, “Yoshlar”, “Taraqqiyot”, “Yuksalish” partiyalarining dasturlari saylovchilar e’tiboriga havola etildi.

Qizg‘in va bahslarga boy saylov davomida partiya yetakchilarini maktab ravnaqi uning ertangi kuni uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, o‘quvchilarni ilmiy, ijodiy salohiyatini yuksaltirish, ma’nan va jismonan insonlarni mustaqil hayotga tadbiq etish borasidagi fikr va mulohazalarini tinglab, ularning dasturlarini kuzatuvchilar qo‘llab-quvvatladilar. Sanoq komissiysining bergan ma’lumotiga ko‘ra, “Taraqqiyot” partiyasi yetakchisi Shoirbek Rahmatullayev, “Xalq so‘zi” partiyasi yetakchisi Kamola Ma’rupova hamda “Najot” partiyasi yetakchisi Ollohyor Erkinovlar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

Tadbir yakunida maktab direktori Nigoraxon Mannopova tashkilotchilarga, faol ishtirok ertgan saylovchilarga va shijoatli yetakchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi hamda tasdiqlangan partiya nomzodlariga maktabning ravnaqi, uning kelajakdagi rejalarini amalga oshirishdagi vazifalarini belgilab berdi. Ushbu loyiha maktabning barcha o‘quvchilarini qamrab olgan holda o‘z dasturi bo‘yicha yil davomida ish olib boradi.

“Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan gʻoya zamiridagi barcha islohotlarning mazmun-mohiyatidan shuni anglash mumkinki, bugun Oʻzbekiston porloq va farovon kelajak zamirini ilm-ma'rifatning ezgu poydevori bilan barpo etmoqda. Ezgu niyat esa doimo oʻzining yorugʻ natijasini berib keladi. Prezident ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan farzandlarimizga qo‘yilayotgan vazifa ham sharafli, ham mashaqqatlidir. Ular olayotgan puxta bilim va ibratli tarbiya o‘g‘il-qizlarimizning vatanparvar hamda hayotda chin inson bo‘lishlari, Vatanimizga, xalqimizga fidoiy va halol xizmat qiladigan insonlar bo‘lib yetishishiga zamin bo‘lib xizmat qiladi.

Eslatma: Oktabr oynida “Maktab prezidenti” saylovi o‘takaziladi. Hozirda saylovning rejalari va tartiblari “maktab parlamenti” a’zolari tomonidan tuzilmoqda.

✍️ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati


👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
👆👆👆FOTO👇👇👇