Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.02K subscribers
12.3K photos
1.46K videos
58 files
4.28K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
Men jilg'aman
Erkin Vohidov
#ustozlar_bisotidan

✍️Erkin Vohidov - "Men jilg'aman"

🎙She'rni shoirning o'zi o'qigan

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#bizning_ijod

***
Sog‘inchim rangiday kunlaring oppoq,
Qorachig‘im kabi tunlaring qora.
Bizlar hech munosib bo‘ldikmi, aytgin,
Nega jim turasan, maʼsumam ona.

Senga jon beraman deganlar qancha,
Аmmo jon olishdan boshqa ishi yo‘q.
Yurtga bo‘lgan sevgi-muhabbat asli,
Cho‘lponning ko‘ksini teshib o‘tgan o‘q.

Yana dod soladi mushtiparlaring,
Sog‘inchi ilingan ro‘mollariga,
Topshirar o‘g‘lonin ming xayol bilan
Sibirning qahraton shamollariga.

Yetar, bas, uyg‘ongin, keldi vaqt-fursat,
Bugun kelajaging olar alanga.
Hech kimsa kirolmas, qadam qo‘yolmas,
Til-u adabiyot degan qalʼangga.

Bugun ulg‘ayamiz ijod bog‘ida,
Millatning yukini ortib yelkaga.
Buyuk va mustahkam O‘zbekistonni
Bizdek farzandlaring qurar ertaga!


✍️ Kamola Ma'rupova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 8-sinf o'quvchisi.

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
👆👆👆Ushbu kanal orqali ijod maktablari iste'dodli o'quvchilarining ijod namunalarini kuzatib boring!!!🤝
#mening_tarjimam

***
Bir kun rosa ôyladim
Javob topmadim biroq
Nima uchun bôlmaydi
Chumolilarda quloq?

Keyin topdim javobin
Izlayverib ketma-ket
Tizzadan eshitarmish
Aytib berdi Internet.

✍️Ruxshona Nishonova, Erkin Vohidov ijod maktabi 10-sinf oʻquvchisi.

***
One day I thought a lot
But I couldn't find an answer
And I searched about it
Why ants haven't own ears?

Once, I found response,
Having investigating a lot.
They hear by their own knees
Internet spoke to me.

📝Translated by Nishonova Rukhshona
(ijodkor o’z ijodidagi she’rni ingliz tiliga tarjima qilgan).

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Audio
Men shunday yashayman, sizni bilmadim,
Mendagi tuyg‘ular aslo o‘lmaydi…

✍️ Durdona Inomjonova
, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi.

🎙Yerdagi yulduuz

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ustozlaryodi
#ShavkatRahmon

Bugun, 12-sentabr XX asr o’zbek she’riyatining o’ziga xos vakili, ulkan millatsevar shoir Shavkat Rahmon tug’ilgan.

TONG OCHAR KO’ZLARIN…

Tong ochar ko’zlarin erinib,
sevinchdan yig’laydi qiyoqlar,
chechaklar jilmayar sevinib,
shamolda cho’milar giyohlar.
O’ynoqi shu’lalar — bolalar
jimgina tarqalar sayxonga,
o’rgimchak to’qiydi tolalar,
xonqizi boradi mehmonga.
Qurbaqa varaqlar bayozin,
guldan bol so’radi arilar,
chigirtka qayraydi ovozin,
parvozda ninachi — parilar.
Chumoli, mehnatkash chumoli,
kuyinma, atrofga bir qara –
maysalar, oh, qanday himoli,
dunyoni qilma ko’p masxara.
#ustozlar_ijodi


"NIDO" dostonidan

Xayolning tumanli
pardasi aro
Yillar ko’z oldimda
charx urayotir.
Qishloq ko’chasidan
zanjiday qaro
Olov bolaligim
yugurayotir.
Dunyo qayg’usiga
bo’lmagan oshno,
Qah-qah urayotir,
Barq urayotir.
Bilmas, boshi uzra
bulutli samo
Chaqmoq chaqayotir,
Guldurayotir.
Bilmas, yaralangan
bu majruh dunyo
Qasos so’rayotir,
Bong urayotir…
Qadamlar,
Qadamlar,
Og’ir qadamlar…
Etiklar zarbidan
titraydi tuproq.
Qaerga ketmoqda
shuncha odamlar?
Nahotki, yo’llari
shunchalar yiroq!
– Ana, ko’ryapsanmi?
Mening dadamlar!
Dada!!!
Ovozim hech chiqmaydi biroq.
Yuguraman – ortga ketar qadamlar,
Yig’layman – ko’zimga kelmaydi namlar,
Murg’ak vujudimda
faqat zo’r titroq!
Bo’g’zimda alamlar,
Achchiq alamlar,
Yo’lning o’rtasida turibman.
Shu choq–
Poezd qichqiradi,
To’xtang, odamlar!
Qayga ketmoqdasiz?
Qani dadamlar?!

✍️ Erkin Vohidov, O’zbekiston Qahramoni.


👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟 OCHIQ DARS
⛪️ ERKIN VOHIDOV NOMIDAGI IJOD MAKTABI
A.Latipov - Matnshunoslik asoslari
QАDАM

Sanchiladi tovonimga qo‘shtikanlar,
Аxir o‘zim tikan bosgan yo‘ldan yurdim.
G‘am ko‘rmagan baxt ismli shaharchadan,
Baxtchechaklar terib kelay senga, yurtim.

Meni kechir, oftob yegan bu yelkangdan,
Ketmoningni olmoqqa hech yetmas kuchim.
Rozimisan, ezgulikning bayrog‘ini
Yelkadamas, ko‘kda tutsam sening uchun.

Shoir bo‘lgum seni alqash uchun emas,
Xushomadgo‘y misralardan siquvdaman.
Vatan, seni balandparvoz gap-so‘zlardan
Kasal bo‘lib qolishingdan qo‘rquvdaman.

Sen chorlagin bog‘laringga ketayotib,
Daryolarni eltib beray sug‘organi.
Bugun shaxdam qadam tashlab borar qizing,
Tovoningdan tikanlarni sug‘urgani!..

✍️ Nilufar Ergasheva, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi.
Uzum
Erkin Vohidov
UZUM

✍️ Erkin Vohidov

🎙She'rni shoirning o'zi o'qigan
.

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
-Hozir Erkin Vohidov yetishmayapti bizga. Ichimizdagi armon, dardlarimizni, shukronalikni yetkazardi, bir og’iz gaplari bilan- Shavkat Mirziyoyev.

Erkin o'g'lingman qabul et,
O'zbegim jon, o'zbegim...

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈