Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.04K subscribers
12.1K photos
1.46K videos
57 files
4.24K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#Erkin_Vohidov_ijod_maktabi
#Mahorat_darsi

⚡️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga O'zbekiston adabiyoti va san'ati gazeta bosh muharriri Humoyun Akbar tomonidan mahorat darsi o'tildi.

💥 Mahorat darsi "Zamonaviy adabiyot va jahon she’riyati tendensiyalari" mavzusida o'tkazildi.

Darsda adabiyotning nazm, nasr, tarjima yo'nalishiga qiziquvchi 8-sinf o'quvchilari ishtirok etishdi. Ustoz tomonidan jahon she'riyatining nomdor shoirlaridan tarjima she'rlar tinglandi.

📋Mahorat darsi so’nggida o’zaro savol-javoblar bo’lib o’tdi hamda mahorat darsi o‘quvchilarning mushoiralariga boy, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.


🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI  OromgohI   FacebookI YoutubeI InstagramI👈
#Bizning_ijod

JALOLIDDIN MANGUBERDI

“Mayli, mushkul bo‘lsin sen tanlagan yo‘l…”
Erkin Vohidov

Tarix…
“Bor mojaro guvohi – tarix,
Jamiki ertakni to‘qigan o‘zi.
“Ming bir kecha”ning zar osmonlarida
Unsiz porlamoqda mening yulduzim.
Men kim – Jaloliddin, Turon o‘g‘loni…
Shu yurt tuprog‘ini quchoqlab o‘sdim.
Yodimda qolgani –
Gul,
Qilich,
Vatan,
Soyadek ergashgan hamrohim –
O‘lim.
Shunchalar qisqadir ertagim mening,
Shunchalar uzundir ozodlik yo‘li.
Bu yorug‘ dunyoda ko‘rganim faqat:
Vatan,
Tig‘,
O‘lim.
O‘g‘longa yarashmas ko‘zga yosh olmoq,
O‘g‘lon – Vataniga qalqon, himoya.
Shunchalar ojizmi edim, bilmayman,
Yolg‘iz ko‘zyosh axir mening hikoyam.
Osonmas…
Qo‘lingda qilich bo‘lsa-yu,
Zo‘r qudrat bo‘lsa-yu shijoatingda,
Xanjar uraversa orqangdan falak,
Judo qilsa Vatan – saodatingdan.
Men kim – Jaloliddin, bebaxt sarkarda,
Umid va Turkiston qo‘mondoniman…”
Tarix…
So‘zsiz, unsiz termilar tarix,
Adoqsiz savollar terar ko‘zingdan.
Sen kimsan?
Shu ko‘hna zamin farzandi –
Tarix kitoblarin yig‘latgan tarix.
Buguni, ertasi shu hur diyorning,
Umidi, kaftida tutgani – bari.
Yo‘ling uzoq hali,
Yo‘limiz uzoq,
Mayli, mushkul bo‘lsin, bo‘lsin imkonsiz.
Shu qadim Turkiston kutmoqda bizni,
Turon kutmoqdadir hayotday aziz!

Hojira KAMOLIDDINOVA
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining
9-sinf oʻquvchisi

🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI  OromgohI   FacebookI YoutubeI InstagramI👈
Forwarded from Elmurod Ermatov
🟢 Фарғона вилоят ҳокимлиги соврини учун мактаб ўқувчилари ўртасида Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов таваллудига бағишланган “Озод Ватан куйчиси” танлови

🟣 Фарғона вилоят ҳокимлиги, вилоят ММТБ, Эркин Воҳидов номидаги ижод мактаб, Vodiy1.uz сайти Ўзбекистон қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов туғилган санага бағишлаб мактаб ўқувчилари ўртасида “Озод Ватан куйчиси” видеороликлар танловини ўтказади.

❗️Танлов шартлари: Вилоятда фаолият юритаётган умумтаълим мактаблари ўқувчилари ўз ўқитувчилари билан биргаликда шоир таваллудига бағишланган креатив сценарийда 2 дақиқалик видеоролик суратга оладилар.

🟣Видеоконтент ўқувчиларда шоир адабий меросига ҳурмат уйғотишга хизмат қилиш лозим. Сценарийда шеърият, қўшиқ, рақс, театрлаштирилган саҳна асари сингари санъат турларидан фойдаланиш мумкин.(слайдлар қабул қилинмайди)

❗️Ҳар бир тумандан сараланган 2 та видеоролик Vodiy1.uz телеграм каналида овозга қўйилади.
1,2 ўринлар Фарғона вилояти ҳокимлигининг махсус совринлари, 3,4 ўринлар пул мукофоти билан тақдирланади.

✔️ Видеороликлар 19 декабр соат 16:00га қадар – Озод Ватан куйчиси 24 https://t.iss.one/ozod_vatan24 телеграм гуруҳига жўнатилиши керак!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shahobiddin Rasulov
#tezkor

💥💥💥Sovrin keskin oshirildi. Shoirning ilhomi qaynadi, tantiligi tutdi. Hozirgina biz bilan bog‘lanib, tanlovimizga 2 000 000 so‘mlik mukofot tikdi.

📍 Tanlov shartlarini kengaytiramiz:
1. Shoir she'rlaridan birining matnini shu postning izohlar bo‘limiga ulashib, eng ko‘p layk yig‘gan ishtirokchiga 500 ming so‘mlik kitoblar jamlanmasi;
2. Shoir she'rlaridan birini ovozlashtirib, shu postning izohlar qismiga ulashib, eng ko‘p layk yig‘gan ishtirokchiga 500 ming so‘mlik kitoblar jamlanmasi;
3. Shoir she'rlaridan birini videolashtirib, shu postning izohlar qismiga ulashib, eng ko‘p layk yig‘gan ishtirokchiga 1 000 000 so‘mlik kitoblar jamlanmasi taqdim etiladi!

📚 Sovringa uncha-muncha emas, eng sara kitoblar beriladi!

Tanlov shoirning tug‘ilgan kuni, 23-dekabr (dushanba) soat 16:00 gacha davom etadi. Dam olish kunlaridan unumli foydalaning. Qancha erta kirishsangiz, imkoniyatingiz shuncha ko‘p bo‘ladi. Tanlovda qatnashibg, YUTQAZMAYSIZ!

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Erkin Vohidov ijodi
❇️ Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов таваллудининг 88 йиллигига бағишланган Эркин Воҳидов ижодий мероси ва туркий адабиёт масалалари" илмий-амалий анжумани бошланди. Тадбирни Ўзбек тили ва адабиёт университетининг ректори, академик Шуҳрат Сирожиддинов очиб бердилар.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Erkin_Vohidov_tavallud_topgan_kun
#28_dekabr

⚡️OʻGʻRIGA NASIHAT

Oʻgʻri boʻlsang, jon uka,
Bozorga bor, doʻmga bor.
Oʻzbek mahallasiga
Kirma zinhor ba zinhor.

✍️ Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov

🎙 Sheʼrni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 8-“D” sinf o‘quvchisi Muslimbek Siddiqov ijro qilgan.


🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI  OromgohI   FacebookI YoutubeI InstagramI👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Чорва ва боғ бизни боқди”: тоғ бағридаги бахтли оила

Фарғона тумани таркибига кирувчи, атрофи Қирғизистоннинг Боткен вилояти ҳудуди билан ўралган Ёрдон қишлоғига ҳам қиш ўз ҳукмини ўтказди. Уйларга печка қурилган, мўрилардан тутун бурқсийди. Пурвиқор тоғлар бағрида жойлашган қишлоқ аҳли чорвачилик ва деҳқончилик билан машғул. Ҳар бир ёрдонликнинг олма ёки ёнғоқ боғи, қўрасида эчкиси, қорамол ва қўйи бор. Kun.uz мухбири қишлоқда яшовчи 84 ёшли Раҳматилло ота Кенгашев оиласида бўлиб, уларнинг кунлик юмушлари билан танишди.

📹 YOUTUBE'да томоша қилинг
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Erkin_Vohidov_tavalludining_88_yilligi

⚡️RASHKIM

Degaylarki, charos-u ol
Gilos olmish labingdan rang.
Labing tegsa hasad qilgum,
Gilos birlan uzumdan ham.

O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov she'ri

🎙 Jahongir O'rmonov
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi tarbiyachi-pedagogi

🔍 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI  OromgohI   FacebookI YoutubeI InstagramI👈