Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.04K subscribers
12.1K photos
1.46K videos
57 files
4.25K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_68_yilligi

Qushlar ham yigʻlar

Terlar oqdi suv boʻlib bizdan
Va gursillab yiqildi terak…
Aka, bizning qilmishimizdan
Tunda qushlar yigʻlasa kerak.

Ona chumchuq aylanib ketmas,
Koʻngliga qil sigʻmasa kerak.
Eski indan tashib borib xas,
Yangi inda yigʻlasa kerak.

Baland boʻlar uyimiz togʻdek,
Ayvonida ustun ul terak.
Biz yasharmiz, koʻnglimiz chogʻdek,
Shunda qushlar yigʻlasa kerak…


✍️Muhammad Yusuf, O‘zbekiston xalq shoiri.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from ijodim
​​Muhammad Yusuf haqida ballada
(turkumdan)
1.
Yig‘ladi Marhamat, Andijon bilan
Shoirning yo‘liga boqdi intizor,
Cho‘qqilar yig‘ladi o‘kinib dildan
Iyulning ko‘zida pushaymon ming bor.

Yig‘ladi Marhamat, jayroni bilan
Yig‘iga aylandi baxtning kuylari,
Yomg‘irlar yig‘ladi osmoni bilan
Quvonchdan baxabar, shadlikdan nari.

Yig‘ladi Marhamat, kapalak bilan
Dunyoning dardini oldi odamlar,
Ko‘z yoshin tiyolmay, kamalak bilan
Yig‘ladi alamlar, ochun, olamlar.

2.
Ollohim...
Sening irodangga qarshiligim yo‘q
Qarshilik bo‘lganda qalbim o‘lardi,
Agar iltimosim olmasang malol
Muhammadni qaytib bersang bo‘lardi.

Azoblar emasmi armonning tengi,
Yuzida qolmadi quvonchday sezgi,
Bugun xor bo‘lyapti muhabbat, sevgi,
Muhammadni qaytib bersan bo‘lardi.
Faqat sog‘inch bo‘lib qoldi bilganim,
Xijrondan sovqata boshladi tanim,
Hammaning ko‘nglini shodon qilgani,
Muhammadni qaytib bersang bo‘lardi.
Ollohim...
Sening irodangga qarshiligim yo‘q.

3.
Oktabr rangiday ey, mahzun maysa
Ohim yo‘q yurakda senga aytgani,
Yolg‘onlar to‘qimay rostini aytsam
Kulgi tashlabketdi Anjelikani.

Barglarni titratmas menng yohlarim,
Cho‘ldayin quridi bugun bog‘larim,
Sizlarga aytsam men qo‘zichoqlarim,
Kulgi tashlab ketdi Anjelikani.

Endi tunlar aro zulmatning rangi,
Dardlar chiqaverar yangidan yangi,
Har kuni qalbida hislarning jangi,
Kulgi tashlab ketdi Anjelikani.

Ayriliqqa tog‘lar bermadi bardosh,
Go‘yoki qorayib qolganday quyosh,
Unsiz yig‘layverar ko‘zi jiqqa yosh,
Kulgi tashlab ketdi Anjelikani.

4.
Aybladim taqdirni haqligin bilmay
Osmon qulab tushar darvesh dodlasa,
Tilingan bag‘rimni qaytadan tilma
Biz baxtli bo‘lardik Xudo xohlasa.

Rost, baxtli bo‘lishga haqli edik biz
Ayriliq ishini bo‘lmas yoqlasam,
Zor bo‘lib yig‘ladi bizning sevgimiz
Biz baxtli bo‘lardik Xudo xohlasa.

Daryoning yig‘lashi qalbimga alla
Netay axir visol g‘amni yoqlasa,
Muhammad Yusufni o‘qib baralla
Biz baxtli bo‘lardik Xudo xohlasa.
Biz baxtli bo‘lardik Xudo xohlasa..!

Yig‘ladi Marhamat, Andijon bilan.

✍️Ozodbek Zamzamov, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_68_yilligi

🎤 Menga bering

✍️ Muhammad Yusuf

👫Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari talqinida

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#10_taga_10_ta

🔰“O‘quvchi almashish dasturi” asosida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchilarining 10-nafari Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga tajriba almashinish maqsadida tashrif buyurishdi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#tavallud_sana

Qaqshaninib, talpinib quchib o‘tadi,
Har ko‘klam dilimga ohu, vohlari.
Qimtinib, iymanib, cho‘chib o‘tadi,
Muhammad Yusufning qizg‘aldoqlari.

Tongda uyg‘oq qushlar azon aytadi,
Dilnavo aytadi, so‘zon aytadi.
Yerdan chiqib so‘ngda ko‘kka qaytadi,
Muhammad Yusufning qizg‘aldoqlari.

Dilimning qonidan bo’lgansiz alvon,
Oqar daryolarim oqmagan zamon.
Siz mening opamsiz, singlingsiz hamon,
Muhammad Yusufning qizg‘aldoqlari.

Yaxshiyam siz borsiz, yaxshiyam siz bor,
Ishim tushib borsa bo’lmagan beor.
Shoir yuragini bezagan bahor,
Muhammad Yusufning qizg‘aldoqlari.

Ho’rsinib yashayman, dilgir yashayman,
Buyuring har nega bormoqqa shayman.
O‘lsam qabrimda ham siz bo‘ling deyman,
Muhammad Yusufning qizg‘aldoqlari.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#tong_lavhasi

🔰Bugun Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida o‘quvchilar ishtirokida maktabning ajoyib loyihalaridan biri “Tong lavhasi” dasturi o‘tkazildi.

Dasturning asosiy maqsadi O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligiga qaratildi.
Tadbirda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari ham faol ishtirok etishdi.

📚Bugungi sonida 8-sinf o‘quvchilari shoir qalamiga mansub go‘zal va betakror she'rlari aytildi, ayniqsa, “Respekt” jamoasining qiziqarli sahna ko‘rinishlari o‘quvchilarni erta tongdan kayfiyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi desak adashmagan bo‘lamiz.

📖Maktabning MMIBDO‘ Muhammadamin Nurmatov bugungi kunning yangiliklarini o‘quvchilarga yetkazdi.

📌Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi kun davomida nishonlanadi

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#tavallud_sana

Sevgi bu...

Sevmoq, bu
Kechirmoq degani asli,
Toki bu dunyoda quyosh bor, gul bor.
Yalpizlar gullagan shu bahor fasli,
Sodiq hamdam bo'lgin sen menga, dilbar.

G'iybatlar tingladim, aylandi boshim,
Ho'l tuproq kuydurdi tovonlarimni.
Va mana men unga ko'nglimdan yulqib
Ko'mdim beor do'stdek gumonlarimni.

O'ylar suraverdim kechalar tanho,
Goho jiqqa yoshga to'lganda ko'zim.
Va seni sevmoqdan oldin bir kuni
Dildan sevib qoldim o'zimni o'zim...

Sevmoq bu o'zingni anglamoq asli,
Toki zamin aro quyosh bor, gul bor.
Rayhonga ko'milgan shu bahor fasli,
Sadoqatli yor bo'l sen menga, dilbar.

Sevgilim, men seni sevaman, tamom,
G'amgin ko'zing, hadik to'la ko'zingni.
Sevmoq, bu kunda bir ko'rmoq baxtidir
Ozg'in qo'llaringni, sepkil yuzingni...

✍️Muhammad Yusuf

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ochiq_dars

🔰26-aprel - o'zbek xalqining sevimli shoiri, taniqli jamoat arbobi, O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.

🏢Shu yilning 26-aprel kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Komiljon Rizaqulovning Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Sodda Muhammadman, soda Muhammad…” mavzusida 10-sinf o‘quvchilariga ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

📖Darsda o‘quvchilarga Muhammad Yusufning hayotiy voqealari, uning unutilmas ijodiga, hayotiga oid ma’lumotlar berildi va shoirning she'rlari asnosida Muhammad Yusuf va Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining aytishuvlari o'tkazildi.

Koʻnglim qolsa bulbuldan ham, guldan ham,
Qolar boʻlsam bir kun axir tildan ham.
Agar bir zot yigʻlasa chin dildan ham ,
Onam yigʻlar, onam yigʻlar, onam u
...

👨💻Ochiq darsda texnik vositalaridan foydalanildi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Erkin_Vohidov_ijod_maktabi
#Fargona_MTRK_namoyish_etadi
#Premyera

💐KUTIB OLING!

🎥OʻZBEGIM
adabiy-badiiy koʻrsatuvining
aprel soni

🕠30-aprel kuni kech soat 21:05 da g'oyibona diydorlashamiz📺

📖Bu galgi son Abdulla Qodiriy hayotiga, xalqimizning sevimli shoiri Muhammad Yusuf ijodiga, asarlariga bag‘ishlandi.

📺O‘zbekning barcha fazilatlarini bolalikdan qalbimizga jo etib kelayotgan, o‘zligimizni anglashimiz uchun tayanch bo‘lgan o‘zbek millatiga ehtirom va hurmat “O‘zbegim” ko‘rsatuvida namoyon bo‘ldi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈