Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.05K subscribers
12.1K photos
1.46K videos
57 files
4.24K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TV
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi

📺
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostidagi “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Xon_atlas_festivali_2024
#Milliy_libos_mànaviyat_kõzgusi

⚡️
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining “Xon atlas festivali 2024” uchun fotokollaji

Xon atlas festivali 2024

💥Milliy libos ma'naviyat ko'zgusi


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#psixologik_trening

⚡️
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida 7-sinf o’quvchilari o’rtasida “Jamoada ahillikni oshirish” mavzusida psixologik trening tashkil etildi.

📈Treningdan asosiy maqsad: Jamoada moslashuvchanlikni oshirish, sinf o’quvchilarini bir-birini tushuna olishiga ko’maklashish, o’zaro hurmat, mehr, ishonch tuyg’ularini shakllantirish.

Trening davomida o’quvchilar ko’tarinki kayfiyatda bo’lishdi. Treningdan kerakli xulosalarni olishdi.

♻️Psixologik treninglar o’quvchilarni bir-birlari bilan hamjihat va ahil bo’lishlarida hamda yuqori kayfiyat bilan darslarni samarali o’zlashtirishlarida katta yordam beradi.


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Chavandozlar_maktabi

📁
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining barcha 7-sinf o‘quvchilari O‘zbekiston Milliy Gvardiyasi Farg‘ona viloyat boshqarmasiga qarashli “Chavandozlar maktabi”da bo'ldilar.

🔖O‘quvchilarga umumiy tushunchalar ot sporti
maktabi direktori Rahmatillo Isaqov tomonidan tushuntirildi.

📋Shu bilan birga o‘quvchilar ot bilan qanday munosabat o‘rnatmoq, uni tushunmoq, u bilan javandozlik paytida nimalarga ahamiyat berilishi kerak degan savollarga mutaxassislar tomonidan o‘rinli javob oldilar.

🔘Uchrashuv so‘ngida o‘quvchilar birma-bir qiziqish bilan otlarga minib ko‘rdilar.

✔️Ot sportiga qiziquvchi o‘quvchilarni mashg‘ulotlarga jalb qilish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda...


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Chavandozlar_maktabi

📁Jarayondan fotolar


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Mahorat_darsi

⚡️
Ijod maktabining 8-sinf o'quvchilariga Fargʻona viloyat teleradiokompaniyasi direktori Ibrohimjon Halimbekov ishtirokida mahorat darsi o'tildi.

Mahorat darsida “Hozirgi kun jurnalistikasi” mavzusida so'z bordi. Jurnalist Ibrohimjon Halimbekov bilan o‘tgan uchrashuv samimiy ruhda kechdi.

💥O‘tilgan ushbu darsdan maqsad viloyat teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash va
ijod maktabida tashkil etilgan “Jurnalistika” to‘garagini faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishdan iborat.

💫Mahorat darsi so’ngida o‘quvchilarni nutqini rivojlantirish uchun, ularni ekran yuziga olib chiqish borasida turli o‘yinlar, mushoiralar, savol-javoblar o‘tkazildi.


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#adabiyot_kechasi

⚡️O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, taniqli shoir Shahriyor Shavkat va shoira Nozima Habibullayeva bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvda bugungi adabiy jarayonlar, yosh ijodkorlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, she’riy mahoratni oshirish haqida suhbat va mushoira tashkil etiladi.

💥Barcha
ijod ixlosmandlarini Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida kutib qolamiz.

📆 15-OKTABR, 2024-yil

16:00


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Eco_Schools_Uzbekistan

⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi, Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasini 2024-yilda amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlangan.

Joriy yilning 15-oktabr kuni “Butunjahon oziq-ovqat kuni” munosabati bilan
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchilariga biologiya fani o‘qituvchisi Zulfiya Bozorovaning ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

💫Bosh Assambleya mazkur hujjatda hukumatlar, milliy, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlarni ushbu kunni keng miqyosda yuqori darajada nishonlashga chaqiradi.


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#adabiyot_kechasi
#jarayon

Ayni damda Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, taniqli shoir Shahriyor Shavkat va shoira Nozima Habibullayeva bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuvda bugungi adabiy jarayonlar, yosh ijodkorlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, she’riy mahoratni oshirish haqida suhbat va mushoira kechalari tashkil etilgan.
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#adabiyot_kechasi

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, taniqli shoir Shahriyor Shavkat va shoira Nozima Habibullayeva bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda mehmonlarimiz tomonidan “She’ryurak” loyihasi doirasida maroqli mushoira o‘tkazildi.
Ijod maktabi o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan adabiyot haqidagi savollarga o‘rinli javob oldilar.

She’riy kechada iste’dodli o‘quvchilar ham o‘z chiqishlari bilan sahnaga fayz ulashdi. Uchrashuv yakunida maktab direktori Nigoraxon Mannopova mehmonlarimizga minnatdorchilik bildirdi.

Bir so‘z bilan aytganda, adabiyot kechasi unutilmas va zavq-u shavqqa boy bo‘ldi.


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈