Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.01K subscribers
12.4K photos
1.47K videos
58 files
4.31K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#Tong_nafasi_ilhomlari_tanlovi
#Nazm

Erkin Vohidov she'riga nazira...
Yurtim,
Sensan mening jism-u jonim,
Gar halovat istasam bag'ring ochgan.
Ilk so'zim senla chiqqan, til,zabonim
Men ilk bosgan qadamga gullar sochgan.

Yurtim,
O'zingsanda eng yaqin hamroh,
Senda tug'ulganim eng baxtli kunim.
Men Erkin o'glingman ey Robbim,Olloh,
Senla osoyishta o'tadi tunim.

Yurtim,
Sensan,menman,bizmiz bir ash'or,
Bu go'zal ash'orga qilishar havas.
Senga sifat topmishlar qator,qator
Sen bilan bir umr bo'lay hamnafas.

Iqbol peshonamga bitgan,
Oshyonim,
Jahon ichra mening tengsiz jahonim.
O'zbekistonim!

✍️ Mo'sojonov Samandar
⛪️ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Erkin_Vohidov_tavalludining_86_yilligi
#Tong_nafasi_ilhomlari_tanlovi


ERKIN VOHIDOV SHE’RIGA NAZIRA

“Kimga hasrat qilsam bag‘rimni o‘yib,
Kimdan yuragimga tilasam malham”.
Nozik qo‘llarini yelkamga qo‘yib,
Yig‘lama, deb aytar birgina onam.

Gohida charchatsa dunyo tashvishi,
Dardlarim to‘kaman ilohiy she’rga.
Mening ilhomimdir falak gardishi,
Ko‘z yoshim ekaman kimsasiz yerga.

Kimga hasrat qilsam bag‘rimni o‘yib,
Kimdan yuragimga tilasam malham.
Men uchun yig‘laydi tinmasdan, to‘yib,
Meni men istagan notanish odam.

✍️Tasanno Abduvahhobova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 8-sinf o'quvchisi.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Tong_nafasi_ilhomlari_tanlovi
#Nazm
Erkin Vohidov tavalludining 86 yilligiga bag'ishlanadi

Abad xotira!

Oddiydir hayoti, emas shohona,
Sabrni sinarkan keng bu jahona.
Yillar to‘zonidan o‘tib, mardona,
Siz chekkan zahmatlar abad xotira.

Hadsiz bisotingiz ba’zan titkilab,
Ruhingizdan har
tong madadlar tilab.
Purhikmat she'riyat olami bo‘ylab,
Sohir so‘zlaringiz abad xotira.

Kulgular baxshida etib insonga,
Matmusaning dong'i yetdi jahonga.
Ulangay har kuni mangu alyorga,
Matmusaning hajvi, abad xotira.

Ash’orlari xuddi sarjinday qator,
Falakga sochilgan ajib zavqi bor.
Oy bir-la yig‘amiz, ko‘ngilga tumor,
Boqiy baytlaringiz abad xotira.

Umr sarhisobi boshlangan zamon,
She’rlari uning-chun bo‘ladi qalqon.
Yangragay sha’niga dostonlar mudom,
Shonli shuhratingiz abad xotira.

Soqiylari yetdi Nazrul boshiga,
Ming fitnalar tuzdi uning qoshiga.
Yondi hakimlari o‘zning toshiga,
Ruhlar chekkan isyon abad xotira.

Shogirdlar qo‘lida bugun tug‘ingiz,
Hech qachon o‘chmagay nurli izingiz.
Tavallud-la qutlar o‘g‘il-qizingiz,
Yorqin xotirangiz abad xotira!

✍️ Ogahiy ijod maktabining 10-“A” sinf o‘quvchisi Bunyodova Parizodabonu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Erkin_Vohidov_tavalludining_86_yilligi
#Tong_nafasi_ilhomlari_tanlovi

♻️Erkin Vohidov she'riga nazira...

📺Tasanno Abduvahhobova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 8-sinf o'quvchisi.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Tong_nafasi_ilhomlari_tanlovi
#Nazm

ERKIN VOHIDOVGA

Bir tog‘ bor-ki, qoyalari metin bo‘lgan
O‘zin urdi ko‘r kalxatlar bo‘lib sarmast.
Bir tog‘ borki, osmon qadar xurjunini
Chin avaylab asragancha ko‘tardi dast.

Bu xurjunning bo‘g‘zi to‘la faryod bo‘ldi,
Naq belini qip quchgandi qo‘rquv degan.
Nogahonda qo‘rqmas tog‘dan nido keldi
Ichingdagi qo‘rquvlarni "quv-quv" degan.

Dod!
Bu tog‘ning bag‘ridagi archalar-ay,
Nayza kabi qon-qon qilib chunun siqdi.
Ko‘ksidachi,
Yelkadagi "xurjun" sabab
Yashil rangli to‘q og‘riqlar unib chiqdi.

Bu og‘riqlar,
Xarsang bo‘ldi...
va xarsanglar
Yil-u asr oshadigan she‘rlar tug‘di!
Sherlar tug‘di!
Yaralarni tuzatguvchi
Bu she‘rlarchi, yiqitmadi xalq tug‘ini.

O, bu tog‘ga qismat bo‘ldi suyab turmoq,
Voh!
Shunchaki suyanganlar bir so‘z demas.
Og‘riq to‘la, nido to‘la, ishonch to‘la
Bu xurjunni ko‘tarmoqlik oson emas!

✍️Nilufar Ergasheva
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi
#Erkin_Vohidov_tavalludining_86_yilligi
#Tong_nafasi_ilhomlari_tanlovi
#Nazm
♻️Erkin Vohidov she'riga nazira...

Yurtim,
Seni yana oldim qalamga
To'ying, shodiyonang bahona bo'lib.
Dilda yangragaysan har bir qadamga,
Seni kuylagayman ming baxtga to'lib.
Jannatlarga qiyg'os tengsiz diyorim - O'zbekistonim.

O'tmishing men uchun aziz mo'tabar,
Tuprog'ing ko'zimga surta sevaman.
Momolar allasi quloqqa yangrar
Sendan yiroq ketsam dilim ezaman.
Hamisha gulga to'l, go'zal bahorim-
O'zbekistonim.

Moviy osmoningda tikilsam uzoq,
Dilimda jo'sh urgay g'urur tuyg'usi.
Sen kabi jonajon topolmam biroq,
Chamanga belansin yoshlar kulgusi.
Hamisha talpingayman senga oshyonim -
O'zbekistonim.


✍️ Asalxon Rashidova Rustamovna
PTMA tizimidagi Buxoro tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 8-sinf o'quvchisi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Erkin_Vohidov_tavalludining_86_yilligi
#Tong_nafasi_ilhomlari_tanlovi

♻️Erkin Vohidov she'riga nazira...

📺Samandar Musajonov, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 7-sinf o'quvchisi.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Tong_nafasi_ilhomlari_tanlovi
#Badiiy_tarjima
#Ibrat_maktabi

“Kamtarlik” (Erkin Vohidov)

Garchi shuncha mag`rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibr-u havo nimaga kerak?

Kamtarin bo`l, hatto bir qadam
O`tma g`urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O`par doim peshonasidan.

“Modesty”
Even though how proud teapot is
It anyway bows to the cup
So why there are need
For the haughtiness and arrogance

Be modest, don't take even one step,
To the threshold of pride.
That's why the man always kiss
From the forehead of the cup.

Maxmudxonova Dilobar
Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi
#Tong_nafasi_ilhomlari_tanlovi
#Nazm

“O‘zbegim”
(Erkin Vohidovga bag‘ishlov)

Necha ming yillar bo‘ldi, hech o‘zgarmas tarixing,
Istiqloling porlagay, doim ulug‘ tarixing.
Jaloliddin, Kubrolaring - sening buyuk sharafing,
Qalamimda yangragaysan o‘zbegim-jon, o‘zbegim!

Pahlavondek o‘g‘lonlaring, Nodiradek qizlaring,
Ming o‘n sakkiz yulduzni kashf etgan Ulug‘beging.
Alishering, Boburing-go‘zal qalamqoshlaring,
Vujudimda urgan qonim, o‘zbegim-jon, o‘zbegim!

Bayrog‘ing bor, gerbing bor, o‘z davlat madhiyang bor,
Shu mustaqil yurt uchun jon fido dilbanding bor.
Doim porlab turuvchi, boshingda humoying bor,
Butunjahon tan olgan diyor, o‘zbegim-jon, o‘zbegim!

Hadislari oltinga teng Imom Buxoriylar bor,
Shifo izlab, davo topgan ulug‘ Sinolaring bor.
Marv shahrida jangda yutgan Safaviylar bor,
Siymolaring tilda doston, o‘zbegim-jon, o‘zbegim!

Men ham sening dilbanding, qo‘liga qalam olgan,
Erkin Vohidovlardek qalblarga otash solgan.
Ulardek shaxs bo‘lishni, biz yuraklarga tuygan,
Kelajagi porloq yurt, o‘zbegim-jon, o‘zbegim!

Rahimjonova Husnida
Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi
#Tong_nafasi_ilhomlari_tanlovi
#Nazm
#Ibrat_maktabi

Yana izlab
(Erkin Vohidov xotirasiga)

Yana ilhom izlab bordim Farg'ona,
Yanada ko'paydi sen uchun so'rov.
Asli anglamoqlik erur maqsadim,
Tag'in kelib ogoh etmasin birov.

Tarixim ichida ming asr pinhon,
O'zligim, o'zbegim, o'z so'zimizdir.
Balki pinhon ustoz ming yilliklarga,
"Kelajak maktub"iga eltuvchi izi.

Yana sendan so'rab bordim Farg'ona,
"Aql va yurak"ning asl egasin.
Jonajon shahri Toshkent, onajon shahar,
Sog'indi yulduzlar ichra sarasin.

Huvullab qolgandir eng shovqin Do'rmon,
Taftingizni tuyar har kirgan kishi.
Avlodlar xotiraga bitmoqda ash'or,
Xotira - muqaddas, bu - dunyo ishi.

"Yoshlik devoni"ni kezib bir zamon,
Ijod eshigiga qo'yib ilk qadam.
Izingizdan bormoq bo'lib shiorim,
Sizga she'r bitmoqqa shaylandi qalam.

Mana, ma'yus turar azim Farg'ona,
Lek ancha o'sgan-u anchayin gavjum.
Ijod-la bog'langan ko'chalari ham,
Har uydan nazmingiz kuy sochar mangu.

Bu yerga kelgandim bir elchi bo'lib,
Qo'limda ikki maktub, har biri maqtov.
Farzanding yuraklardan joy olgan ekan,
Biz uchun barhayot ERKIN VOHIDOV!

To'ychiyeva Gulyora
Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 11-sinf o'quvchisi.
#Tong_nafasi_ilhomlari_tanlovi
#Nazm

Shoir boʻlsang...

Yurakni jiz ettirguvchi
Bir yogʻdu boʻl,
Chaqin boʻl,
Sendan porloq bir iz qolsin
Elga doston boʻlgulik.
Shoir boʻlib
Oʻz xalqingning
Yuragiga yaqin boʻl,
Shoir boʻlsang,
Boʻlsin qalbing,
Elga qurbon boʻlgulik.

Oliy „Ruhlar isyoni“dan
Yakson oʻtgay
Bu jahon,
Koʻhna zamin
„Nido“sidan
Hayron qotgay
Bu jahon.
„Oʻzbegim“ning shoiridan
Ne ham kutgay
Bu jahon,
Shoir boʻlsang,
Boʻlsin qalbing,
Elga qurbon boʻlgulik.

Qayga borsang,
Boshda doʻpping,
Gʻoz yurarsan faxr etib,
Olam uzra nomi ketgan,
Oʻzbegingni madh etib.
Jisming emas,
Shu bebaho
Qalbingni-da baxsh etib,
Shoir boʻlsang,
Boʻlsin qalbing,
Elga qurbon boʻlgulik!

🏫O'zbekiston tumani IMI
✍️ Shahloxon Ne‘matova
#Tong_nafasi_ilhomlari_tanlovi
#Nazm

Erkin Vohidovning "Tasavvur" she'riga nazira

Achchiq xayolning tasavvurlari...

Bolalik ekan-da, bir tomchi edim,
Suzish-ku bir yoqda, qalqish istamas.
Turtildim, yiqildim ummon qa'riga,
Endi "o'zim" yo'qman, olqish istamas.

Tasavvur, xayolot boquv ko'rmagan,
Ko'rmagan, ko'rmikin insofning ko'zi.
Zilzila bo'lsa ham bilib bilmagan,
Axir yer insonni to'kolmas o'zi.

Tezligi befoyda, odamlar tezroq,
Silkinar, toshirar lekin odam ko'p.
Qahrga qahr-u, bezlardan bezroq,
Tuproqdan bo'lgan-u, unga to'ygan yo'q.

Yodimdan chiqmaydi bir tomchi suvman,
Bir qatra unutsam, darrov eslatar.
Dunyo, yomg'ir bilan yuzingni yuvma,
To'kilib ketadi yuzlar, bu battar.

Battar bo'laverar, battar qurbon ko'p,
Loyqalar qariga qular tomchilar.
Ne emish, mehrdan porox bilan to'p?!
Mehrni pullagan mehribonchilar!

Mendami ixtiyor, mendami tanlov,
Birgina tomchiman, bunda bedarak.
Qaniydi yashasam, shunda ham to'lov,
Bu yerdan tomchiday yo'q bo'lish kerak!

Uzr, shunchaki deb qo'ydim yomon!
Yomonmi!?

Ha.

Ehh, yana xayol ketibdi...

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi Toshqorayev Azizbek
#Tong_nafasi_ilhomlari_tanlovi
#Nazm
Erkin Vohidov tavalludining 86 yilligiga bag'ishlanadi

Nimanidir sezyapman bu kun
Farg'ona tomon esar shamol.
Erkin bobo, siz kutib oling
Men sen tomon boryapman, shimol.

Sakson olti yil ham zabardast
O'zbek xalqida yuksalgan tog'.
Tong nafasi ufurib turgan
Men bobomni qo'msayman shu chog'.

Nido, ayt, sen munchalar mungli
Qo'llari yo'q atom vahmidan
"Eshit, ingrayapti Ona Yer
Qo'ltiqtayoqlarning zahmidan".

Chuqur ma'no, ajoyib tasvir
"Tong lavhasi" ham "Ona tuproq".
"Ruhlar isyoni" deb atalmish
Doston ham bitilgan keyinroq.

Farg'ona-muqaddas bu zamin
Buyuklar dunyoni zabt etgan.
Mana shunday ulug' bobolar
Nomlari yerdan samoga yetgan!

✍️Ogahiy ijod maktabining 8-"B" sinf o'quvchisi Aminboyeva Nafisa.
#Tong_nafasi_ilhomlari_tanlovi
#Nazm

Erkin Vohidov xotirasiga

"Ziyoli oiladan chiqmas yomoni,
Shoir qishloq tug'ilib,shahar o'ladi".
-deya sizga aytgan, balki Ayoziy.
Xotirangiz doim dilda qoladi.

Shivirlashdan tortib qichqiriqqacha
Barchaning oģzida "Ruxlar isyoni".
Asarlarida mujassam bòlgan
Robert fikriday "inson axvoli".

Belinskiy aytgan shunday satrni:
Tarixchi yetkazar faqat o'tmishni.
Biroq, insoniyatning mo'jizasidir
Ijodkor yozarmush kelajak vaqtni.

Agar shu gapga tashlasak nazar.
Bitgansiz necha ming yillik asar?
Ishonib aytaman Vohidov nomi
Xalqimiz qalbida abadiy yashar!

Ibroyim Yusupov nomidagi 8-а sinf o'quvchisi Kamalova Zebuzar.