#ijod_sehri
TERIMCHI QIZGA…
Terimchilar, paxtani tering,
Yurishimiz qanday shohona.
“Etagimni obchiqib bering”,
Koʻrishishga etak bahona.
Etagingni koʻtargan yelkam,
Koʻksimda ham joy bor oʻzingga.
Meni ipsiz bogʻlading erkam,
Termulaman chanoq koʻzingga.
Daydi xayol yana havotir,
Dardlarimni aytsin ajriq.
Uchrashamiz hali baribir,
Manzilimiz koʻhna shohariq.
Suv ichishing poylab yotaman,
Qurgʻur suving tugamas sira.
Uzoqlardan gaplar otaman,
Seni sevish qandayin zoʻra.
Allalaydi soya-salqinlar,
Allalaydi quyoshning nuri.
Koʻzlaringda yonar chaqinlar,
Yuragimning parizod, xuri.
Qizarasan gʻoʻza guliday,
Sekingina qiqirlagan qiz.
Qulogʻinga sheʼr oʻqib beray,
Nafisida pichirlagan qiz.
Terimchilar paxtani tering,
Yurishimiz qanday shohona.
“Etagimni obchiqib bering”,
Koʻrishishga etak bahona.
Sevishishga etak bahona…
✍️Muhammadamin Nurmatov, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o'qituvchisi.
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
TERIMCHI QIZGA…
Terimchilar, paxtani tering,
Yurishimiz qanday shohona.
“Etagimni obchiqib bering”,
Koʻrishishga etak bahona.
Etagingni koʻtargan yelkam,
Koʻksimda ham joy bor oʻzingga.
Meni ipsiz bogʻlading erkam,
Termulaman chanoq koʻzingga.
Daydi xayol yana havotir,
Dardlarimni aytsin ajriq.
Uchrashamiz hali baribir,
Manzilimiz koʻhna shohariq.
Suv ichishing poylab yotaman,
Qurgʻur suving tugamas sira.
Uzoqlardan gaplar otaman,
Seni sevish qandayin zoʻra.
Allalaydi soya-salqinlar,
Allalaydi quyoshning nuri.
Koʻzlaringda yonar chaqinlar,
Yuragimning parizod, xuri.
Qizarasan gʻoʻza guliday,
Sekingina qiqirlagan qiz.
Qulogʻinga sheʼr oʻqib beray,
Nafisida pichirlagan qiz.
Terimchilar paxtani tering,
Yurishimiz qanday shohona.
“Etagimni obchiqib bering”,
Koʻrishishga etak bahona.
Sevishishga etak bahona…
✍️Muhammadamin Nurmatov, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o'qituvchisi.
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈