#karaoke
🔰Ruhiyat insoning koʻpgina imkoniyatlarini namoyon boʻla olishida va oʻziga boʻlgan ishonchini ta’minlashida eng muhim tomonlardan biri. Odamning barcha mavhum his tuygʻulari uning ruhiyati asosida kelib chiqadi. Ruhiyatning ozuqasi esa bevosita musiqa hisoblanadi.
▶️Joriy yilning 15-sentabr kuni Erkin Vohidov ijod maktabida tashkil etilgan “OHANG VA QALB” jonli ijro🎼 loyihasi o‘tkazildi. Ushbu loyihada o‘quvchilar musiqa olamida biroz bo‘lsada sayr qilishdi, ruhiy xotirjamlikni, ishonchni va albatta zavqni his qilishdi, desak adashmagan bo‘lamiz. Goh yakkaxonlikda, goh jo‘rlikda yangragan navolar o‘quvchilarga o‘zgacha kayfiyat ulashdi.
✅“Musiqa butun dunyoni ilhomlantiradi, qalbni qanot bilan ta'minlaydi, xayol parvoziga yordam beradi, musiqa mavjud bo'lganlarning barchasiga hayot va zavq bag'ishlaydi ...
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

Forwarded from ijodim
🔰Ahmadjonov Arabboy Umidjon o‘g‘li 2006-yil 9-yanvarda Toshloq tumanida tavallud topgan. Hozirda Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi.
MAKKORA
Bo‘rilar bo‘g‘zimdan olsa ham mayli,
Lek, ko‘zga tik boqib sotmasin do‘st-yor.
Sapchaday boshim uz, ol mayli jonim,
Ammo ich-etimni tig‘lama ag‘yor.
G‘ururim azimdir ko‘hna tog‘lardan,
Qo‘lingda bo‘lsa gar tashla osmonni.
Ohimdan bir tuking qilt etmadi, lek,
Ko‘k larzaga keldi - samo to‘lg‘ondi.
O‘kinsang keng dunyo tor bo‘lar menga,
Kulsang yanog‘ingga ko‘chadi shafaq.
Olamga nur sochgan quyosh kerakmas,
Chaqmoqday qarashing kifoya faqat.
Men nima deyapman ey yo‘q bo‘ldi, bas,
E voh, o‘g‘irlading ong-u shuurim.
Sendayin makkora menga kerakmas,
Ey berahm shayton, senga tupurdim.
Bo‘rilar bo‘g‘zimdan olsa ham mayli…
SEVAMAN
O‘tirasan oynaga qarab,
O‘zingnimas meni ko‘rasan
Tushlaringga kiraman hali
Kimligimni endi ko‘rasan.
Men ko‘zguman ko‘rguvchi sensan
Mengzatasan menga o‘zingni
Men gunohkor sen esa hursan
Yoritgandir sevgi yuzingni
O‘rtamizga cho‘mgan sukunat
Yanog‘ingga qo‘ling botadi
So‘zlar beun titrar labimda
Faqat bir so‘z dilda yotadi:
Sevaman...
ALGEBRA
Algebrani yomon ko‘rasan,
Men uni sevaman qalbingga qo‘shib.
Kesishmagan funksiyalarmiz,
Chizig‘imiz bo‘lmaydi qo‘shib.
O‘xshamaymiz bir-birimizga,
Ildizlarda kvadratlarimiz.
Tengsizlikda uchrashadigan,
Tub sonlardir nisbatlarimiz.
Solib bo‘lmas formulalarga,
Sevgim mening tanlanadigan.
Seni bir kun ko‘rmasdan bo‘ldim,
Bir nuqtada aylanadigan.
Muhabbatim davriy kasrda,
Sen ham sevsang ko‘ngling olaman.
Yaxlitlasang yo‘q bo‘lib ketsam,
Toq funksiya bo‘lib qolaman.

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
#SCO2022Samarkand
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Шанхай ҳамкорлик ташкилотига аъзо давлатлар раҳбарлари кенгашининг мажлисидаги нутқи
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании Совета глав государств–членов Шанхайской организации сотрудничества
—
Speech of the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the meeting of the Council of Heads of the Member-States of the Shanghai Cooperation Organization

#buyuklar_bisotidan
Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg‘a ayt,
Yig‘larimning shiddatin gulbargi xandonimg‘a ayt.
Buki aning ahd-u paymonig‘a men o‘lsam dag‘i,
Yaxshi fursat topsang, ul bad ahd-u paymonimg‘a ayt.
Buki aning zulfi zunnorida dinim hosili,
Kufr ila bo‘lmish mubaddal, nomusulmonimg‘a ayt.
Buki qilmisham jahon-u jonni aning sadqasi,
Yuz tuman jon-u jahondan yaxshi janonimg‘a ayt.
Buki yuz jon sadqasi qilsam pushaymon bo‘lmag‘um,
Vaslig‘a bir va’da qilg‘andin pushaymonimg‘a ayt.
Buki yuz ming fitnako‘zlig‘ bo‘lsa paydo onsizim,
Qilmag‘um nazzora hargiz, ko‘zi fattonimg‘a ayt.
Buki chok aylab yoqa, usruk chiqar el qasdig‘a,
Men o‘lib el jon topar, beboki nodonimg‘a ayt.
Dahr bog‘i gullari husnin vafosiz erkanin,
Yuzi gul, jismi suman, ko‘yi gulistonimg‘a ayt.
Ey Navoiy, hech gulshanning seningdek xushnavo,
Bulbuli yo‘q erkanin shohi suxandonimg‘a ayt.
©️Alisher Navoiy

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✅20-21-sentabr kunlari Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamda YUNESKO tashkiloti hamkorligida "Innovatsion pedagogika" o‘quv seminari bo‘lib o‘tadi.
Pedagoglar malakasini oshirish, sohadagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilayotgan seminarda:
▶️Pedagog-kadrlarni kasbiy rivojlantirish, hamda viloyatlarda malakali trenerlarni tayyorlash;
▶️O‘zbekistonda taʼlim va o‘qitish sifatini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan innovatsion pedagogika qo‘llanmasi bilan tanishtirish kabi masalalar ko‘rib chiqiladi.
Respublika bo‘ylab yuzdan ortiq mahoratli trenerlar, o‘qituvchilar va malaka oshirish bo‘yicha yetakchi ekspertlar ishtirok etadi.
⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

Forwarded from DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling
🔰"Badik" so‘zining maʼnosini bilasizmi?
📺 "Bir so‘z taʼrifi"
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
🔰"Badik" so‘zining maʼnosini bilasizmi?
📺 "Bir so‘z taʼrifi"
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from ijodim
Bugun 17-sentabr 2022-yil, shanba.
👉 BAYRAMLAR:
🇺🇳 "Dunyoni tozalang" global aksiyasi.
🌏 Xalqaro bemorlar xavfsizligi kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇦🇴 Angola - Qahramonlar kuni.
🇧🇾 Belarussiya - Milliy birlik kuni.
🇭🇳 Gonduras - O'qituvchilar kuni.
🇹🇴 Tonga - Valiahd shahzoda tug'ilgan kun.
🇦🇺 Avstraliya - Avstraliya fuqaroligi kuni.
🇫🇲 Mikroneziya - Mustaqillik kuni.
🇺🇸 AQSh - Konstitutsiya kuni.
🇨🇱 Chili - Milliy Xuaso kuni.
🇺🇦 Ukraina - Ukraina qutqaruvchilari kuni.
👉 VOQEALAR:
- 14 - Tiberiy Klavdiy Neron imperator unvonini va Tiberiy Sezar Avgust nomini oldi.
- 1156 - Avstriya gersogligi tashkil topdi.
- 1176 - Miriokefaldagi jang: Vizantiya imperiyasi magʻlubiyati.
- 1620 - 1620-1621 yillardagi Polsha-Turkiya urushi paytida Setsorska jangi boshlandi.
- 1665 - Londonda katta vabo epidemiyasi.
- 1787 - AQSH Konstitutsiyasi qabul qilindi.
- 1788 - Karanseb jangi bo'lib o'tdi.
- 1789 - ingliz astronomi Uilyam Xerschel Saturnning yo‘ldoshi - Mimasni kashf etdi.
- 1871 - Alp tog'larida 13 kilometrlik Mont -Cenis tunneli ochildi.
- 1900 - Avstraliya Hamdo'stligi e'lon qilindi.
- 1922 - Berlinda ovozli film namoyishi.
- 1954 - Novaya Zemlyada Sovet yadroviy poligoni yaratildi.
- 1955 - Bortida ishlaydigan yadroviy reaktori bo'lgan samolyotning birinchi parvozi (NB-36).
- 1991 - Linus Torvalds Linux operatsion tizimi yadrosini yaratdi.
- 1991 - Latviya, Litva, Estoniya, Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya BMTga a'zo bo'lishdi.
- 1993 - Toshkentda Xalqaro valyuta fondining doimiy vakolatxonasi ochildi.
- 2001 - AQSh prezidenti Jorj Bush qaroriga muvofiq 17 sentyabr konstitutsiya va Fuqarolik kuni deb e’lon qilindi.
- 2001 - Chechen ayirmachilari Gudermesni qo'lga olishga harakat qilishdi.
- 2006 - DMRda Dnestrbo‘yi mustaqilligi to‘g‘risidagi referendum o'tkazildi.
- 2009 - AQSh Chexiya va Polshada raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini joylashtirishdan rasman voz kechdi.
👉 TAVALLUDLAR:
- 1688 - Graf Mixail Bestujev - Ryumin (1760) - rus diplomati.
- 1743 - Marquis de Condorcet (1794) - fransuz faylasufi, maʼrifatparvar, siyosiy arbob.
- 1826 - Georg Bernxard Rimann (1866) - nemis matematigi, zamonaviy matematik tahlil asoschisi.
- 1832 - Sergey Botkin (1889) - taniqli rus vrachi.
- 1857 - Konstantin Siolkovskiy (1935) - Aviastiya, aerodinamika va raketalar dinamikasi sohasidagi rus olimi va ixtirochisi.
- 1885 - Uzeyir Hajibeyov (1948) - ozarbayjon bastakori, musiqashunos olim, publitsist, dramaturg, pedagog, zamonaviy Ozarbayjon professional musiqa san’ati va milliy operasi asoschisi.
- 1898 - Petr Kiyatkin (1979) - seleksioner olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan zootexnik.
- 1907 - Abdulla Qahhor (1968) - taniqli o‘zbek yozuvchisi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1967).
- 1908 - Jon Krizi (1973) - amerikalik yozuvchi, detektivlar muallifi.
- 1915 - Maqbul Fida Husayn (2011) - hind rassomi, suratkash, kinochi.
- 1924 - Hakim Zarifov - sirk artisti, O’zbekiston xalq artisti.
- 1944 - Reyxold Messner - italiyalik alpinist, 1-marta dunyodagi barcha 14 ta "sakkiz mingliklar" ni zabt etgan.
- 1945 - Baxtiyor Nazarov - adabiyotshunos olim.
- 1985 - Aleksandr Ovechkin - rossiyalik xokkeychi, uch karra jahon chempioni, “Stenli” kubogi g'olibi (2018).

#bugun_tavallud_sana
🔰Baxtiyor Nazarov 1945-yilning 17- sentabrida Toshkentda tug‘ilgan. Adabiyotshunos olim. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), filologiya fanlari doktori (1984), professor (1994). Toshkent davlat universiteti tugatgan (1966). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot intstituda ilmiy xodim, ilmiy kotib (1969— 1972; 1979—1983), direktor (1986—1990), boʻlim mudiri (1996-yildan). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Bosh ilmiy kotibi oʻrinbosari (1973—1979), vitse-prezident vazifasini bajaruvchi (1999—2000). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi (1990— 92), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari (1992—1994), „Oʻzbek tili va adabiyoti“ jurnalining bosh muharriri (1986-1994).
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
🔰Baxtiyor Nazarov 1945-yilning 17- sentabrida Toshkentda tug‘ilgan. Adabiyotshunos olim. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), filologiya fanlari doktori (1984), professor (1994). Toshkent davlat universiteti tugatgan (1966). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot intstituda ilmiy xodim, ilmiy kotib (1969— 1972; 1979—1983), direktor (1986—1990), boʻlim mudiri (1996-yildan). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Bosh ilmiy kotibi oʻrinbosari (1973—1979), vitse-prezident vazifasini bajaruvchi (1999—2000). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi (1990— 92), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari (1992—1994), „Oʻzbek tili va adabiyoti“ jurnalining bosh muharriri (1986-1994).
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Audio
#bugun #Xotira
📌17-Sentabr. O'zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 115 yilligiga bag‘ishlanadi.
🎤Respondent - O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam
📻 "O'zbekiston-24" radiokanali Fm 87.9dа har kuni soat 20:35 da "Bugun" dasturi.
📆Muallif- Durdona Ma'diyeva .
@DurdonaDilshod

Bugun 19-sentabr 2022-yil, dushanba.
👉 BAYRAMLAR:
🌏 Xalqaro sharbatlar kuni.
🌏 O'rmon xodimlari kuni.
🌏 Turkiy yozuvi va madaniyati kuni.
☺️ Smaylikning tug‘ilgan kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇩🇪 Germaniya, Bremen - "Erkin bozor" savdo festevali kuni.
🇰🇳 Sent-Kits va Nevis - Mustaqillik kuni.
🇸🇰 Slovakiya - Birinchi Slovakiya Milliy Kengashini xotirlash kuni.
🇨🇱 Chili - Armiya kuni.
🇷🇺 Rossiya - Qurolsozlar kuni.
🇳🇵Nepal - Konstitutsiya kuni.
🇹🇭Tailand - Tailand muzeylari kuni.
🇮🇪 Irlandiya - Qahva kuni.
🇹🇷 Turkiya - Faxriylar kuni.
🏴☠️ Xalqaro dengiz qaroqchilari kuni (Noformal).
👉 VOQEALAR:
- 1356 - Angliyaliklar Puatye jangida fransuzlarni mag'lubiyatga uchratishdi.
- 1618 - Plzen qamalining boshlanishi.
- 1648 - Fransuz olimi Blez Paskal atmosfera bosimi mavjudligini isbotladi.
- 1841 - birinchi xalqaro temir yo'l qurildi (Strasburg-Bazel).
- 1888 - Belgiyaning Spa kurortida ilk bor go'zallik tanlovi bo'lib o'tdi.
- 1893 - Yangi Zelandiyada dunyoda birinchi boʻlib ayollarga saylov huquqi berildi.
- 1928 - Nyu-Yorkda Mikki Maus multfilmning premyerasi bo'lib o'tdi.
- 1941 - Kiyevning fashistlar tomonidan egallanishi.
- 1944 - Finlyandiya va SSSR o'rtasida Moskva sulh shartnomasi imzolandi.
- 1969 - Mi-24 vertolyotining birinchi parvozi.
- 1982 - Skot Falman tomonidan “Smaylik”(elektron belgi) o'ylab topildi.
- 2000 - Berlindagi Reyxstagga o't qo'yishga urinish.
- 2006 - Tailandda davlat to'ntarishi sodir bo'ldi.
- 2017 - O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so'zladi
👉 TAVALLUDLAR:
- 86 - Tit Eliy Sezar Antonin (161) - qadimgi Rim imperatori (138-161).
- 1551 - Genri III Valua (1589) - Fransiya qiroli (1574 yildan), Polsha qiroli va Litva Buyuk knyazi (1574 yildan).
- 1724 - Nikita Demidov (1789) - rus sanoatchisi, xayriyachi, Tagil fabrikalarining egasi.
- 1888 - Vsevolod Ivanov (1971) - rus yozuvchisi, tarixiy hikoyalar muallifi.
- 1911 - Semyon Lipkin (2003) - rus shoiri, tarjimon, Qalmogʻiston xalq shoiri (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1968).
- 1911 - Uilyam Golding - Angliyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (1983).
- 1917 - Anikushin Mixail Konstantinovich - haykaltarosh, Rossiya Federatsiyasi Badiiy Akademiyasi haqiqiy a’zosi (1962).
- 1926 - Masatoshi Koshiba - yapon fizigi, Nobel mukofoti sohibi (2002).
- 1949 - Herold Rooʻd - AQShlik sharqshunos va siyosiy sharhlovchi.
- 1967 - Aleksandr Karelin - rus klassik uslub kurashchisi, jahon, Yevropa va Olimpiya chempioni, siyosatchi.
- 1969 - Konstantin Tszyu - sovet, rus va avstraliya bokschisi, jahon chempioni.
- 1982 - Elena Zamolodchikova - rus gimnastikachisi, ikki karra jahon va Olimpiya chempioni (2000).
- 1990 - Yuliya Jima - ukrainalik biatlonchi, Olimpiya chempioni (2014).

TABRIK
Toshkentlik paxtakorlarga
Bukun dalalardan chanoqlab dehqon
Terib olar ekan rizqu roʻzini,
Togʻday yelkasidan teng yarimjahon
Uning paxtasiga tikmish koʻzini...
El borki, ufqning har toʻrt yogʻida
Egni butun boʻldi shu millionlardan.
Oq yaktak matosin koʻrgan chogʻida
Gʻarb ham kechib qoʻydi oq neylonlardan.
Hosilimiz boʻldi oltin vaznida,
Boʻldi har misqoli gavhar bilan teng.
Shu bois paxtazor mening nazdimda
Muruntovga oʻxshar, poyonsiz va keng.
Bu qut oʻzi kelmas, qalb oʻti kerak
Quyoshni zaminga etguvchi payvand.
Ha, shu barakada sening ham yuksak
Xirmonlaring bordur, muzaffar Toshkent.
Quchogʻing koʻp yurtu davlatlardan keng,
Men uchun sen oʻzing bitta jahonsan.
Gʻazalim beshigi suluv Gʻazalkent,
Baytlarim sochilgan Baytiqoʻrgʻonsan.
Ne qilsa, sen axir, ona shahar-da,
Gʻalabangdan dilda olamiftixor.
Bunga bois yana, shu xirmonlarda
Mening hambir etak toʻkkan paxtambor.
Sogʻ boʻl, ona xalqim, ey tolmas bilak,
Doim baland boʻlsin tabarruk boshing.
Xirmoning qaddingday boʻlsinu baland,
Baxtingday hamisha kulsin quyoshing.
1971
✍️Erkin Vohidov, Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri

SHAHAR
Yashash jonga tegdi hissiz, yuraksiz,
Yashagim kelyapti oʻzimga qaytib.
Shaharda diyonat butkul keraksiz,
Shaharda oqibat yuradi daydib.
Bu yerda odamlar yolgʻiz, kimsasiz,
Har tomonga chopar sarson darbadar.
Zaring boʻlsa agar, sen doim aziz,
Hechkimdirsan, zoʻring boʻlmasa agar.
Muruvvat qalbaki,
Moddiy tuygʻular...
Bunda millat yoʻqdir, bor bunda avom.
Har bir qadamingni poylaydi ular,
Har bir xato uchun toʻlaysan tovon.
Qishloqni qumsayman tunlar parishon,
Uyatchan goʻzallar, joʻmard yigitlar.
Qirda qoʻy boqardim yayrab, shodumon,
Shaharda qoʻylar yoʻq, lekin koʻp itlar.
Hamma oʻzi bilan oʻzi ovora,
Shamgʻalat qiladi shayton koʻzingni.
Bunday gʻalagʻovur,talotoʻp aro
Yoʻqotib qoʻyasan bilmay oʻzingni.
Odamlar sarosar kezar kun boʻyi,
Hamma bezovtadir, qaygadir shoshgan.
Barchani band etgan tiriklik oʻyi –
Odamlarni yutib boryapti Toshkan...
2013-yil
✍️ Davlatjon Karimov, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o'qituvchisi.

#ijod_sehri
TERIMCHI QIZGA…
Terimchilar, paxtani tering,
Yurishimiz qanday shohona.
“Etagimni obchiqib bering”,
Koʻrishishga etak bahona.
Etagingni koʻtargan yelkam,
Koʻksimda ham joy bor oʻzingga.
Meni ipsiz bogʻlading erkam,
Termulaman chanoq koʻzingga.
Daydi xayol yana havotir,
Dardlarimni aytsin ajriq.
Uchrashamiz hali baribir,
Manzilimiz koʻhna shohariq.
Suv ichishing poylab yotaman,
Qurgʻur suving tugamas sira.
Uzoqlardan gaplar otaman,
Seni sevish qandayin zoʻra.
Allalaydi soya-salqinlar,
Allalaydi quyoshning nuri.
Koʻzlaringda yonar chaqinlar,
Yuragimning parizod, xuri.
Qizarasan gʻoʻza guliday,
Sekingina qiqirlagan qiz.
Qulogʻinga sheʼr oʻqib beray,
Nafisida pichirlagan qiz.
Terimchilar paxtani tering,
Yurishimiz qanday shohona.
“Etagimni obchiqib bering”,
Koʻrishishga etak bahona.
Sevishishga etak bahona…
✍️Muhammadamin Nurmatov, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o'qituvchisi.