Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.05K subscribers
12.2K photos
1.46K videos
57 files
4.26K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_539_yilligi

🔰Joriy yilning 11- fevral kuni shoh va shoir, qomusiy olim Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 7-,8-sinflarida ma’naviyat soati o‘tkazildi.

👭Dars mashg‘ulot davomida
Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi, uning qoldirib ketgan meroslari o‘rganildi, muhokama qilindi va iste’dodli o‘quvchilar tomonidan shoir g‘azallari, ruboiylari ifodali, mohirona ijro etildi.

Ma’naviyat soati so‘nggida o‘quvchilarga
Zahiriddin Muhammad Boburga ehtirom sifatida she’r, maqola va badihalar yozish topshirig‘i berildi.

✍️
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_539_yilligi

HAZRAT BOBUR G‘AZALIGA TAXMIS

Qaddi niholim, ber menga imdod,
Ko‘nglim uyini qil o‘zing obod,
Qiynama ortiq, ko‘zlari sayyod,
Ey yuzi nasrin, qomati shamshod,
Necha qilursan jonima bedod.

So‘zlari ashʼor, odati ozor,
Yuzlari gulzor, sochlari zunnor,
Aylama nochor sen yana, dildor,
Sen kibi purkor, shevasi bisyor,
Bilmadi, ey yor, hech kishi yod.

Sevgida oxir Zuhrayu Tohir
Etdi-ku taqdir, o‘rtama, sohir.
Ahvolim og‘ir, tut menga chog‘ir,
Javrda nodir, zulmda mohir,
Ishvada qodir, g‘amzada ustod.

Jomi Jamidin, dil sitamidin,
Rashk damidin, husn shamidin,
Xol raqamidin, qosh qalamidin,
Yor g‘amidin, hajr alamidin,
Sabr kamidin nolayu faryod.

Shokila kokil, ishqida qoyil,
O‘tadi oy, yil, dil so‘ra, oqil.
Davlati g‘ofil, kel, ishi odil,
Boburi bedil, ey buti qotil,
Javrunga moyil, zulmunga muʼtod.

✍️Davlatjon KARIMOV,
Erkin Vohidov maktabi ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi.

Bizni kuzatib boring👇👇👇 https://t.iss.one/erkinvohidovmaktabi
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_539_yilligi

KEL, EY BOBUR VАTАNGА...

Kel, ey
Bobur, Vatanga,
Elda yoding, qadru shoning bor,
Tabarruk bul zaminingda
Hayoti jovidoning bor.

Sog‘inching, orzuying,
Ko‘zyoshing, armonlaring bunda,
Jahonga sig‘magan
Shoir xayoling, bir jahoning bor.

Bu yurtning lolazoriga
Sochilgandir yurak qoning,
Shafaqlarda falakni
O‘rtagan o‘tli fig‘oning bor.

Zamonekim, nizolardan
To‘yib tarki vatan qilding,
Muroding endi hosildir,
Zamoni alʼamoning bor.

Eling, alhamdullillohkim,
Аsoratdan xalos bo‘lgan,
Go‘zal yurt Аndijoning,
Аnda ruhing, anda joning bor.

Kel,ey
Bobur, g‘azal yoz,
Ot minib kez shoh Boburdek,
Necha
Bobur kabi nasling
Bahodir, pahlavoning bor.

✍️Erkin Vohidov, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_539_yilligi

Muslimaxon TOHIRJONOVА,
Erkin Vohidov ijod maktabining 9-sinf oʼquvchisi.

АNDА JON

Аndijon, Аndijon deb urar yurak ,
Ruhidan taralar sogʼinch hislari.
Uzoq Hindistonda armondan boʼlak,
Qolmadi hech hisi qoldi izlari.

Baʼzilar tuproqni tepib yurganda,
U yurtin bir goʼsha tuprogʼiga zor.
Baʼzilar otadan kechib ketganda,
U esa otasin sabogʼiga zor.

Bir zot yoʼq hislarin etmoqqa izhor,
Yurtsiz tor tuyular butun bir ochun.
Bir payt Аndijonni qoʼmsagandek zor,
Аndijon Boburni qoʼmsaydi bugun.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_539_yilligi

Ollohyor Erkinov, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi

BOBUR” TRAGEDIYASI

Buyuk shoh hamda shoir
Bobur ko‘shkida bir kun,
Chalinibdi bedavo
Dardga o‘g‘li Humoyun.

Ulug‘ shoh ko‘zin yoshlar,
Xudoga nola chekib.
Namoz o‘qidi tinmay
Qiblaga boshin egib.

Dedi, ey xunrez taqdir,
Sinovingga to‘ymayman.
Andijonni berdim, lek
O‘g‘lim berib qo‘ymayman.

Podshohning nidolari
Borib arshi a’loga,
O‘g‘li tuzalib, Bobur
Aylandi bedavoga.

Bobur shuncha yo‘l bosib
Qora kuniga yetdi.
Joni ketib bobosi
Temur yoniga ketdi.

Buyuk shoh hamda shoir
Bobur ko‘shkida bir kun.
Podshoh tobutin tongda
Chiqarishdilar mahzun.

O‘zbek halqi asli bu,
Buyuklarning shodasi.
Mana shunday jonfido
Bo‘lar o‘zbek otasi.



Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_539_yilligi

Avazbek Adhamjonov, Erkin Vohidov ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi

BOBUR G‘AZALIGA TAZMIN

Ne vafo umrimda ul jon-u, jahondin ko‘rgamen,
Kim vafo jondin ko‘ribdurkim, men ondin ko‘rgamen.

Ko‘nglim ichra tuman tutti ohimning dudidan,
Yorni oydek husnini endi qayondin ko‘rgamen?

Senga oshkora qilib erdim hama g‘am dardimi,
O‘zni so‘ng qullar yashar baytul hazandin ko‘rgamen.

Yor! Ko‘ngil misli xazonbarg-u shamol tortgay mudom,
Ayriliqning totini necha zamondin ko‘rgamen.

Meni avf etgil jafoyingdin sirishk aylar edim,
Ishq o‘ti birla ko‘zim yoshin har ondin ko‘rgamen.

Ishq elining ko‘nglini g‘aflat bila etma tuman,
Yorning aksini, Avaz, mohitobondin ko‘rgamen.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_539_yilligi

Muhammadjon Haydaraliyev, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabini tamomlagan, yosh ijodkor

Bobur dardi

Afgʻon kechib oʻtib keldim Hind soriga,
Kim tushungay hasta dilning ozoriga,
Oʻlsam qoʻying Mir Alisher mozoriga,
Majruh ko'nglim toʻlgaymikan shunda manim,
Sezilmasmi Navoiyni koʻrmaganim?!!

Bunda shohman qayga choʻzsam qoʻlim yetar,
Bexavotir yurmoq uchun yoʻlim yetar,
Davlatimda oʻz daryo-yu choʻlim yetar,
Bir sababi yuragimning toʻlmaganin-
Soʻz sultoni Navoiyni koʻrmaganim!

Oʻzga yurtga kelib boʻldim Mirzo Bobur,
Dilim dardi hech tuzalmas bir vabodur,
Shoh holiga hayron bo'lib el xavotir,
Ona yurtim sogʻinganman "Oh Vatanim",
Koʻproq ezar Navoiyni koʻrmaganim!!!

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_539_yilligi

🔰14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

🔰Mavzu:
Bobur-dilbar shaxs

🎥
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag'ishlangan ochiq dars mashg‘uloti

📚Nigoraxon Mannopova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi direktori

📺Farg'ona MTRK

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_539_yilligi

Shaxlo SAFAROVA
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 7-sinf o‘quvchisi

BOBUR MIRZOGA BAG‘ISHLOV

O‘zim yolg‘iz sahroda qoldim,
O‘z alangam ichida yondim,
Gunohimdan, aybimdan tondim,
Darddosh bo‘ling dardimga
Bobur.

Yiroqdaman, uyimdan olis,
Chin aytaman, niyatim holis,
Ne qilsam ham bandaman ojiz,
Darddosh bo‘ling dardimga
Bobur.

Hayqiraman tinglamas dunyo,
O‘ngim emas, tushimday go‘yo,
Dardim aytsam quriydi daryo,
Darddosh bo‘ling bu dardga
Bobur

Siz ham yurtni sog‘ingandingiz ,
Shu sog‘inchdan og‘rigandingiz,
Bu dillardan o‘chmas ismingiz,
O‘zingiz yo‘l ko‘rsating
Bobur.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_539_yilligi

🔰14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

✍️"Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana"-
Zahiriddin Muhammad Bobur

📚Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 9-sinf o'quvchilari

📺Matbuot xizmati

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈