Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.01K subscribers
12.4K photos
1.47K videos
58 files
4.31K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#ustozlar_bisotidan

QALB SHUNDAY UMMONKI...

Qalb shunday ummonki, uning bagʻrida
Dahshatli dolgʻalar silsilasi bor.
Qalb shunday zaminki, otash qaʼrida
Vulqonlar otguvchi zilzilasi bor.

U bir sayyoradir, Yerdek shafaqgun,
U bir olamdirki, bilmas nihoya.
Uni mehvaridan chiqarmoq uchun
Atomjangi emas, bir soʻz kifoya.


✍️Erkin Vohidov, O‘zbekiston Qahramoni

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ustozlar_bisotidan

AYOLNI QIZGʻONING, UNI AVAYLANG

Ayolni qizgʻoning, ayolni asrang,
Uni choʻktiradi hiyonat, zavol.
Doʻzaxga oʻt qoʻyar kipriklarida
Mangulikka qotib qolgan bir savol.

Ayolni asrangiz, ayolni seving,
Yelga bermang hatto soyalarini.
Ayolning qargʻishi oʻqdan ham uchqur,
Ayol qargʻamasin bolalarini.

Yigʻlasa sogʻinchdan boʻzlab yigʻlasin,
Mayliga oʻrtansin intizor ishqdan.
U baxtdan xoʻrsinsin,
Yolgʻiz qolmasin,
Hech ayol muhabbat koʻshkida.

Boshida roʻmoli tong shafagʻidan,
Poyiga gul sochib erkalar shamol.
Etak silkimasin aslo sevgidan,
Koʻchlar koʻtarmasin dunyodan ayol.

Ayolni qizgʻoning, uni avaylang...

✍️Enaxon Siddiqova,
Oʻzbekiston xalq shoiri.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ustozlar_bisotidan

USTOZ GʻAYRATIYGA

Ne baxtkim, bizni ustoz
Bir zamon ashʼorga oʻrgatmish,
Nafosat deb atalgan
Ul ajib asrorga oʻrgatmish.

Qalam tutgandin ilk bor
Bizni oʻrgatmish sadoqatga,
Navoiy birla Pushkin,
Saʼdiyu Attorga oʻrgatmish.

Qadi yo bir hilol goʻyo
Yigʻib atrofga yulduzlar
Jiloyu nur darsin
Gumbazi davvorga oʻrgatmish.

Ne hayrat, hayratomuz —
Qush boʻlib uchsak, bizimustoz
“Lisonut tayr” birla
“Hayratul abrorga” oʻrgatmish.

Kim oʻrgatmish demangkim,
Gʻayratiy ul; Xayriddin, Anvar,
Tomilla, Matluba, men,
Toʻlqin-u Sayyorga oʻrgatmish.

✍️Erkin Vohidov, Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ustozlar_bisotidan

Sheʼr aziz olam aro
Menga tiriklik, jon qadar,
Jon nedir oshiq uchun,
Jondin aziz jonon qadar.

Sheʼrdan ayru tonglarim
Yaldo tuniday zim-ziyo,
Sheʼr bilan tunlar charogʻon
Xurshidi tobon qadar.

Sheʼr oʻzi jonon emasmu,
Yondirar hijronida,
Gohi boqsa bir qiyo,
Boshim boʻlur osmon qadar.

Kimki oshiqdur jahonda
Sheʼrga boʻlgay mubtalo,
Ishq uchun tengdur gadodan
To buyuk sulton qadar.

Shoh Bobur Hindu sori
Yurdi-yu, shoir va lek
Yigʻladi Fargʻonadin to —
Mulki Hindiston qadar.

Sheʼr zulolidan simirdim
Bir piyola toʻldirib,
Voh, koʻrindi menga har bir
Qatrasi ummon qadar.

Nuqta qoʻy nazmingga, Erkin,
Muxtasarlik soʻzga zeb,
Yoʻqsa, tong otguncha sheʼring
Boʻlgʻusi doston qadar.

✍️ Erkin Vohidov,
Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ustozlar_bisotidan

VATAN QADRI

Chashma qoshida tiniq suv
Qadrini bilmas kishi ,
Sayr etib gulshanda gulni
Ko‘ziga ilmas kishi.

Vah, bu ne g‘aflatki inson-
Ko‘ksida tutmish Vatan,
Kim Vatan ichra Vatanning
Shukrini qilmas kishi.

Yurt nedir, yurt dog‘i nedir ,
Yurtdan ayrilgan bilar ,
Anglaguvchi yurt firoqin
Yurtda topilmas kishi.

Ey, Vatandoshim, eshit
Bobur-u Furqat nolasin
Besabab anduh tig‘ida
Bag‘rini tilmas kishi.

Bilma, Farzandim, Vatan hajrini
Lek qadrini bil-
Kim Vatan qadrini bilmas,
Angla, komilmas kishi.

✍️Erkin Vohidov, O'zbekiston Qahramoni.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ustozlar_bisotidan

JANUB KECHASIDA

Sen boʻlmasang, shu och toʻlqinlar
Koʻrinmasdi sira koʻzimga,
Sen boʻlmasang oʻzimning koʻnglim
Kirmas edi aytgan soʻzimga.

Sen boʻlmasang, etmasdi xursand
Suv ustida suzib yurgan oy.
Hamisha shoʻx, doimo baland,
Yulduzdagi jon yoqar chiroy.

Qarashlaring tinchimni olib,
Chertib ketdi qalbim torini,
Shundan keyin sezdim yurakda
Shuncha kuchli oʻtning borini.

Aytib ber-chi, shuncha sevganlar,
Boʻlganmikin mencha baxtiyor?
Aytib ber-chi, qaysi qiz burun,
Sevib boʻlgan umid bilan yor.

©️Hamid Olimjon

🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ustozlar_bisotidan

HOFIZ SHEROZIYDAN

* * *

Yorim qo’liga qadah-ki olgay,
Bozori sanam kasodga qolgay.

Har kimki, ko’zini ko’rsa deydi:
«Bu mast, qani muhtasib, tutolgay».

Ashk bahri aro baliq bo’libman,
Qarmog’ini yor chu suvga solgay.

Zor ila ayog’iga yig’ildim,
Ummid etamen, qo’limdan olgay.

Hofiz kabi xurram ul kishikim,
Jomi azalini no’sh etolgay.

©️Erkin Vohidov

🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ustozlar_bisotidan

* * *

Tinglayman koʻp oʻzbek soʻzlarin
Xorazmcha talaffuzini.
Xush koʻraman u yer qizlarin
“Qoʻysangiz-a” degan soʻzini.

Ular buni aytsa muloyim,
Tillaridan asal toʻkilar...
Xorazmlik qizlarni doim
“Qoʻysangiz-a” degizgim kelar.

©️Erkin Vohidov

🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ustozlar_bisotidan

QUBBON KOʻLIGA

Sado deydi: Sochlarin yoyib,
Nechun quyosh kezar parishon?
Tong chiqar-u kech boʻlar gʻoyib.
Ne izlab u kezadi jahon?
Aks sado der: Bunda bir zamon
Yoʻqotmish u oyinasini...
Bexabarsan, ey koʻli Qubbon,
Quyosh hamon izlaydi seni.

©️Erkin Vohidov

🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ustozlar_bisotidan

LOLA SAYLI

Badiha

Taklif etdim tong bilan
Dildorni lola sayliga,
Boshim osmonlarga yetdi
Yor deganda “mayliga”.

Keng jahon boʻldi munavvar
Lutfidan, evoh, qani,
Sidqi dildan yursa dilbar
Doim oshiq mayliga.

Oʻyladim shu tong, necha yil
Dashtu sahrolar kezib,
Taklifi sayl aylamabdir
Ne uchun Qays Layliga!

Bu xayolim yorga aytsam,
Kuldi-yu, berdi javob:
Ahli ishq ham boqqay albat
Oʻz zamonin zayliga.

Lola terdik dasta-dasta,
Kech bilan qaytdik shahar,
Yoʻlda bir-bir tarqatib
Erkin muhabbat xayliga.

©️Erkin Vohidov

🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈