Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.01K subscribers
12.4K photos
1.47K videos
58 files
4.31K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#uchrashuv_boshlandi

🔴Ayni damda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yaxshi shoir, yaxshi inson Asror Solijonov bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tmoqda...


Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from ijodim
​​KO‘NGILGA QAYTIB…

Shunday hayqirayki – yirtilsin ko‘ksim,
Shamoli sindirsin soxtalik jomin.
Ummonlar chayqalsin, tog‘lar tiz cho‘ksin,
Toki aytar so‘zim xalq bo‘lsin, omin!
Asror Solijonov


Joriy yilning 15-dekabr kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Ko‘ngilga qaytib” nomli loyihaning navbatdagi soni o‘tkazildi. Ushbu loyihaning mehmoni O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yaxshi shoir, yaxshi inson Asror Solijonov bo‘ldi. Tashrif buyurgan farg‘onalik yosh ijodkorlarni o‘ziga qamrab olgan tadbir yoshlar mushoirasiga aylanib ketdi. Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan mushoirada yosh qalamkashlar hamda ijod maktabining barcha o‘quvchilari ishtirok etdi. Yaxshi she’rlar, yaxshi fikrlar tinglandi. Asror Solijonov tabiatdan ancha bosiqroq shoir lekin, bugungi davra haqiqiy adabiyot, so‘z bayrami kabi ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Sahnada jonli kuylagan Murodjon Kamoliddinovning qo‘shiqlari tadbirga boshqacha fayz berdi. Bugungi so‘z bayrami maktabimiz o‘quvchilarida katta taassurotlar qoldirdi. Bu kabi ijodiy mushoiralar yosh ijodkorlarni vatanni sevishga, ota – onani hurmat qilishga, insoniylik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashiga ishonamiz.

✍️ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati


Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
👆👆👆tadbirdan foto lahva👇👇👇
#mahorat_darsi

🪕San’atning eng muhim va keng xalq ommasiga kirib boruvchi turlaridan biri musiqa san’atidir. Adabiyot va san’at bir-biriga uyg’undir.

🏢Joriy yilning 15-dekabr kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida Farg‘ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabining musiqiy ijrochilik mutaxassislari Shamsiddin Mahmudov, Rustamjon Turdaliyev, Nasimxon Muzaffarov maktabning to‘garak rahbari Murodjon Kamoliddinov musiqa to‘garagi o‘quvchilariga mahorat darsini o‘tkazdilar. Bu mahorat darsida o‘quvchilar to‘garak rahbari tomonidan o‘tkazilgan dars mashg‘ulotlari yuzasidan musiqiy fikrlar almashinib, ularning musiqiy qobiliyatlari yanada mustahkamlandi. Dutor, rubob, doira cholg’u sozlari va qo’shiqchilik san’ati yo’llaridan tajriba almashinib, yanada o’quvchilarga yangi ijro na’munalaridan o’rganishda amaliy ko’nikma va nazariy tushunchalar berildi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ustozlar_bisotidan

MUHABBAT BIRLA...

Muhabbat birla chekkan —
Gʻurbating rohat bilan tengdur.
Muhabbatsiz va lekin
Ishrating kulfat bilan tengdur.

Unga jonu jahonim
Boy berib olamda boydurman,
Sening, ey bemuhabbat,
Nusrating hasrat bilan tengdur.

Riyo ahlining aldoq —
Hurmatiga nafratim bordur,
Sening, ey doʻst, menga
Nafrating shafqat bilan tengdur.

Muhabbat otashini
Hech qachon doʻzaxga teng qilmam,
Nechunkim, menga nurli —
Talʼating jannat bilan tengdur.

Kechib qoʻy, oshiq oʻlgach,
Ikki olam mulkidan, Erkin,
Muhabbat ichra barcha —
Zahmating davlat bilan tengdur.


✍️Erkin Vohidov, Oʻzbekiston Qahramoni.


Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from ijodim
​​Qutlaymiz!

SALIM ASHUR

Bugun Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi bosh muharriri, taniqli shoir Salim Ashur tavallud topgan kun. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi shoirni bugungi sana bilan muborakbod etadi.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

ONA

Toʻrt oʻgʻilni oʻstirdi ona,
Toʻrt oʻgʻilga berdi jon va sut.
Teng boʻlindi: dunyo – toʻrt xona,
Toʻrt xonaga kirdi rizq va qut.

Toʻrt tarafga ketdi toʻrt oʻgʻlon,
Biri Janub, biri Shimolga.
Biri Sharqqa, biri Gʻarb tomon,
Sherik boʻlib sarkash shamolga.

Mol-davlatga ketdi bir oʻgʻil,
Biri kurash, biri imonga.
Ilhom bilan tuzdi-yu mahfil,
Biri bordi gul koʻp boʻstonga.

Qancha suvlar ketdilar oqib,
Keldi na xat va na bir darak.
Darvozaga toʻrtta koʻz yoqib,
Yoʻl qaraydi mushtipar yurak.


Nahot, yana sogʻinayapman...
Yuragimda yugurar titroq.
Tun yarmida uygʻonayapman...
Koʻzlarini uqalar chiroq.

Koʻylagingning gulin tush koʻrib,
Qoʻllarimdan tortqilar koʻylak.
Izlaringda yugurib, yurib,
Eshigimga suykalar yoʻlak.

Dunyo – tun yo chiroyli qafas,
Havasim, sen qayoqqa uchding?..
Nahot, yana yonimga emas...
Nahot, yana yodimga tushding.

Hayhot, mana... jonimga tushding.


Ish tugaydi. Ishdan oldinroq
Tugar chora, yoʻl, tadbirlarim.
Uyingizga olib boradi
Sogʻinchlarim, goʻl sabrlarim.

Eshigingiz tirqishlaridan
Chiroq nuri tushar yoʻlakka,
Goʻyo tiniq, goʻzal soyangiz
Tushib turgan kabi yurakka.

Siz kulasiz. Sochilar jarang,
Toshga tegib singanday chinni.
Siz kulasiz raqibim bilan,
Men yigʻlayman misoli jinni.

Ichkarida – baxtiyor davra.
Ichkarida – baxtli dushmanim.
Devorga – oʻq tegib – suyandim,
Raqib qoʻlingizdan ushladi.

Magʻlub boʻlgan lashkarday ortga
Chekinaman soʻzsiz, tovushsiz.
Suv oʻtadi paypogʻimgacha...
Va qaytaman uyga kovushsiz.

Ertasiga, kechagi vaqtda
Ishdan oldin tugaydi sabrim,
Uyingizni izlab boraman,
Menga bir pul oʻzimning qadrim.

Eshigingiz tirqishlaridan
Chiroq nuri tushar yoʻlakka,
Olov boʻlib soyangiz goʻyo
Oʻrlayverar yupun yurakka.

Shisha misol top-toza polda
Raqibning loy etigi turar.
Sevasiz deb urmayman uni,
Yurak mening oʻzimni urar.

Buyuk harbda yengildim yana,
Boz besharpa, besoʻz chekindim.
Bu dunyoda nechta koʻz boʻlsa,
Barchasidan shuncha bekindim...

Siz yigʻlaysiz. Yigʻingiz toshmas,
Dilga tegib chinnidek sinar.
Qaytmagayman. Ming bor sevsam-da,
Kerak emas menga xoinlar.

Salim Ashur, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Forwarded from ERKIN VOHIDOV (Nigora Umarova)
FACEBOOK ижтимоий тармоғида #Эркин_Воҳидов_85_ёшда хештеги билан флешмоб ўтказаяпмиз. Унда шоиримизнинг шеърлари сатрларининг матни, улар ҳақидаги хотиралар, воқеалардан келтиришингиз, шеърларини ўқиб видеолавҳани #Эркин_Воҳидов_85_ёшда хештеги билан жойлаштиришингиз мумкин.

❗️ Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидовнинг ҳаётлари ва ижодлари тарғиботи акциясида Сиз ҳам фаол иштирок этинг, МУҲТАРАМ ВАТАНДОШИМ, МИЛЛАТДОШИМ!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Эркин_Воҳидов_85_ёшда

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan ushbu video lavhada O‘zbekiston Qahramoni, atoqli shoir va adib Erkin Vohidov hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Forwarded from ijodim
​​#mahorat\_darsi

🏢Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi iste’dodli o‘quvchilariga Erxan Girey Turkiya Artvin Choruh universiteti professori bilan mahorat darsi o‘tkazildi.

🔰Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga joriy yilning 16-dekabr kuni Turkiya Artvin Choruh universiteti professori Erxan Girey, FarDU adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri, Fililogiya fanlari bo’yicha Falsafa doktori Islomjon Mannopov, O’zRFA Marhabo Qo’chqorova, FarDU professori, adabiyotshunos Abduvahob Qayumov, Fililogiya fanlari bo’yicha Falsafa doktori G.Oripova, Fililogiya fanlari nomzodi R.Rustamovalar tashrif buyurdi.

Tadbir avvalida mehmonlarni maktab o‘quvchilari turli tillardagi tarjima ijod namunalari bilan kutib oldilar. Sinflar kesimida o‘tkazilgan uchrashuvda o‘quvchilar tomonidan badiiy chiqishlar, ingliz, rus, tojik va arab tillaridagi tarjima she’rlar taqdim etildi. O‘quvchilarining bergan savollariga professor Erxan Girey hamda Islomjon Mannopovlar atroflicha javob berdi hamda turklarning madaniyati, tarixi, ilm – fani haqida o‘quvchilarga ma’lumot berib o‘tdi.

O‘zbek adabiyotining chinorlari Abdulla Qahhor va Primqul Qodirovning asarlarini mukammal o‘rganib uni turk tiliga tarjima qilgan professor Erxan Girey bugungi o‘bek adabiyoti va yurtimizdagi ijod maktablarining borligi ularning olib borayotgan faoliyati haqida to‘lqinlanib gapirdi. Ushbu suhbat davomida o‘quvchi va ustozlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar oldilar.

Uchrashuv yakunida maktab direktori Nigoraxon Mannopova turk tilini chuqurroq o‘rganish, Turkiyadagi yozuvchi, shoirlar bilan onlayn muloqot qilish bo‘yicha takliflar berdi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈