Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.04K subscribers
12.1K photos
1.46K videos
57 files
4.24K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mening_tarjimam

📝Sadoqat

✍️Erkin Vohidov

📺Muhammadamin Aliyev, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 9-sinf o'quvchisi.

📹Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati


👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from Deleted Account
​​#ochiq_dars

Joriy yilning 17-sentabr kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Shohsanam Parpiyevaning 8 ”B” - sinf o‘quvchilariga adabiyot fanidan Saida Zunnunovaning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Sabr va sadoqat” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Darsni maktab direktori Nigoraxon Mannopova, MFBDO‘ Kamoliddin Marasulov, psixolog Mahmudjon Akbarovlar kuzatib, tahlil qilib bordi. Yangi o'quv yili boshidan ijod maktabida o'qituvchilar ochiq dars mashg‘ulotlari o'tkazib, o'z-o'zini rivojlantirish, tajriba almashish va o'zlariga tashqaridan qarash uchun imkoniyat yaratmoqdalar. Dars yakunida, -Har bir pedagog o‘zining fanini o‘quvchilar aqliga, qalbiga singdirolsa o‘sha ustozdan bugungi kun yoshlarining kelajagi yorug‘ va barokotli bo‘lishi shubhasiz, -dedi, maktab direktori Nigoraxon Mannopova.

Ochiq darsda texnik vositalaridan foydalanildi.

Darsda o‘zgacha yondoshgan holda interaktiv usullar qo‘llanildi.
Ochiq darsning yakuniga qadar o‘quvchilar faol qatnashdilar.
Darsning asosiy vazifalari shoiraning hayoti va ijodiga oid materiallar bilan ishlash uchun alohida ikki guruhga ajratilib, jamoalar bilan ishlandi.

Iste’dodli shoira, jozibali nasriy asarlar muallifi Saida Zunnunova 1926-yili Andijon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Otadan erta yetim qolgan Saida 1941-1943-yillarda Andijon pedagogika institutida tahsil oldi. Andijon maktablarida muallima, gazeta tahririyatlarida adabiy xodim bo‘lib ishladi. Saida Zunnunovaning birinchi she’ri 1945-yili «Paxta fronti» gazetasida bosilgan.

She’r o‘qigim kelar,
Charchoq hislarga
So‘lim va musaffo havo purkasa.
Qalbdagi bo‘shliqni to‘ldirib.
Olamni muattar islarga,
Yana chamanlarga burkasa.

She’r o‘qigim kelar,
Notinchlikka chanqoq,
Qanotli o‘ylarga tashna yuragim.
Sergak etsa ohanglar, kuylar,
O‘tkazdirib tunlarni uyg‘oq,
Tashna labga o‘xshar yuragim.

She’r o‘qigim kelar...

✍️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
👆👆👆Ochiq dars👇👇👇