Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.04K subscribers
12.1K photos
1.46K videos
57 files
4.24K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#zakovat

Joriy yilning 16 – aprel kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining faollar zalida dars mashgʻulotlaridan soʻng "ZAKOVAT" intelektual oʻyining navbatdagi bosqichi boʻlib oʻtdi. Juda ham qizgʻin tortishuvlar bilan oʻtgan oʻyinda MMIBDO‘ M.Nurmatov tomonidan berilgan savollar ishtirokchilarni shoshirib qo‘ydi. Jamoalarga ijod maktabining malakali ustozlari sardorlik qildilar. "Zakovat" intelektual oʻyinining yakuniy natijalariga ko'ra:
1) Adabiyot fani oʻqituvchisi Davlatjon Karimovning jamoasi 4 ball, umumiy 22 ball.
2) Rus tili fani oʻqituvchisi Fotima Husanova jamoasi 4 ball, umumiy 18 ball.
3) Ona tili fani oʻqituvchisi Umidjon Xolmatov jamoasi 4 ball, umumiy 20 ball.
4) Arab tili oʻqituvchisi Abdurahmon Latipov jamoasi 5 ball, umumiy 20 ball.
5) Ingliz tili oʻqituvchisi Muqaddas Haydarova jamoasi 6 ball, umumiy 20 ball.
6) Jismoniy tarbiya oʻqituvchisi Ma'rufjon Qoʻqonov jamoasi 4 ball, umumiy 14 ballni qoʻlga kiritdilar.

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
2021 yil 17 aprel, shanba

👉 Bayramlar:

- 🇷🇺Rossiya Ichki ishlar vazirligining ichki ishlar organlari va ichki qo'shinlari faxriylari kuni
- 🇹🇲Turkmaniston Migratsiya idoralari xodimlari kuni
- 🇺🇦Ukrainani yong'in xavfsizligi kuni
- 🇺🇳Butunjahon gemofiliya kuni
- 🇰🇿Qozog‘iston – Yong‘in xavfsizligi kuni.
- 🇸🇾Suriya – Mustaqillik kuni.
- 🇯🇵Yaponiya – Bolalarni himoya qilish kuni.

👉 Tarixda bugun(xronika):

- 1492 yil – Xristofor Kolumb Ispaniya bilan Hindistonga yangi yo‘l ochish haqida shartnoma imzoladi.
- 1824 yil - Shimoliy Amerikadagi rus mulklarining chegaralarini belgilash to'g'risida Rossiya-Amerika konvensiyasi imzolandi
- 1856 — Kvebek shahri Kanada poytaxti deb eʼlon etildi.
- 1861 yil – Virjiniya shtati AQShdan ajralishga qaror qildi.
- 1875 yil - "snooker" bilyard o'yinining tug'ilgan kuni.
- 1877 yil – L.N.Tolstoy “Anna Karenina” romanini yozib tugatdi.
- 1895 yil - Yaponiya va Xitoy o‘rtasida Simonoseki sulhi tuzildi
1941 yil - muhandis Igor Sikorskiy birinchi amfibiy vertolyotni namoyish etdi
1944 yil - Ukrainaning o'ng qirg'og'i uchun jang tugadi - Dnepr-Karpat operatsiyasi
- 1946 yil – Fransiya Suriya mustaqilligini tan oldi.
- 1969 yil – Buyuk Britaniyada ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan shaxsning yoshi 21 dan 18 yoshga kamaydi.
- 1975 — Kambodjadagi fuqarolar urushi paytida qizil kxmerlar mamlakat poytaxti Pnompenni egallashdi.
- 1992 yil – Rossiyaga ikki rasmiy nom berildi – “Rossiya Federatsiyasi” va “Rossiya”.

👉Tavalludlar:

- 1745 yil - Semyon Shchedrin - rus rassomi, landshaft rassomi
- 1855 yil - Semyon Vengerov - rus adabiyotshunosi, muharrir, bibliograf
- 1894 - Boris Shukin - sovet teatr va kino aktyori, SSSR xalq artisti
- 1894 - Nikita Xrushchev - sovet davlat arbobi va siyosatchisi, SSSR rahbari (1953-1964)
- 1968 yil - Valeriya - rus estrada xonandasi, Rossiya xalq artisti

Kanalimiz👇👇
👉 @kalendarlar

Yaqinlaringizga ham ulashing ➡️
#ustozlar_bisotidan

Abdulla Oripov 1941 – yil 21 – martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumaniga qarashli Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1990). O‘zbekiston Qahramoni (1998). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1963). Ilk she’rlar to‘plami — «Mitti yulduz» (1965). «Ko‘zlarim yo‘lingda» (1966), «Onajon» (1969), «Ruhim», «O‘zbekiston» (1971), «Xotirot», «Yurtim shamoli» (1974), «Yuzma-yuz», «Hayrat» (1979), «Najot qal’asi» (1981), «Yillar armoni» (1983), «Haj daftari», «Munojot» (1992), «Saylanma» (1996), «Dunyo» (1999), «Shoir yuragi» (2003) singari she’riy kitoblari nashr etilgan.

RUHIM
Vujud deganlari asli nimadir?
Dayr dengizida yurgan kemadir.

Bir kun bir qoyaga urilgay kema,
Ruhim, sen vujudni g’amini yema.

Yuksak fazolarda aylagil parvoz,
Senda na ohang bor va na bor ovoz.

Senga na bo‘ronlar kor qila olur,
Seni na yo‘qotib, bor qila olur.

Sen misli kamalak — yuksak va so‘lmas,
Kamalakni esa parchalab bo‘lmas.

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
“Mitti yulduz jilolari” bellashuvida ijod maktablari ichida 1 - o‘rinni qo‘ga kiritgan 9 – sinf o‘quvchisi Nilufar Ergashevaga ko‘rik-tanlov tashkilotchilarining esdalik sovg‘alari hamda "Mitti yulduz jilolari" statuetkasi topshirildi.
👇👇👇
#Tong_lavhasi

Ufqlarga qo‘yib guldasta,
Tog‘ ortidan ko‘tardi-da bosh,
Pastga boqdi cho‘qqidan asta
Oltin qalam tutgan bir naqqosh.

Har nuqtaga sayqal berib u,
Vodiy uzra chizdi zar lavha.
So‘ng quyosh deb imzo chekdi-yu,
Tongotar deb qo‘ydi sarlavha.

17 – aprel tongida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari ishtirokida maktabning anʼanasiga aylanib ulgurgan va kishi kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsata oladigan “Tong lavhasi” loyihasi o‘tkazildi. Bu tadbirning bugungi sonida 7 – sinf o‘quvchilari qiziqarli hamda dilrabo she’rlari bilan o‘quvchilar ko‘nglini xushnud etdi. Tadbir yakunida Abdulla Oripovning 80 yilligi munosabati bilan tashkillangan “O‘zbek ruhiyati me'mori” tanlovining dramaturgiya yo‘nalishida 2 - o‘rinni egallagan maktab o‘quvchilar hamda “Mitti yulduz jilolari” bellashuvida ijod maktablari ichida 1 - o‘rinni qo‘ga kiritgan 9 – sinf o‘quvchisi Nilufar Ergashevaga ko‘rik-tanlov tashkilotchilarining esdalik sovg‘alari hamda "Mitti yulduz jilolari" statuetkasi topshirildi.

Shu o‘rinda, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi ko‘rik-tanlov tashkilotchilari hamda Qarshi shahar Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga samimiy minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/erkinvohidovmaktabi
#oliy toifaga 100 ball bilan

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Mashhura Husanova Ahmadjonovna 13-aprel 2021-yil kuni bo'lib o'tgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish malaka test sinovida 40 ta test savollarning barchasiga to'liq javob berib, 100 ballni qo‘lga kiritdi. Oliy toifagacha bo‘lgan ilk bosqichda shu darajaga munosibligini isbotladi.

👇👇👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
***
Mirzolar – Mishaga aylangan yillar,
Suvonlar – Sashaga aylangan yillar,
Alisher – Alikka, Kamol – Kolyaga,
Muattar – Mashaga aylangan yillar,
Men sizdan o‘kinib yashayman xalqim.

Gulchehra ismini "Gulya "deganlar,
Zulxumor, Zumradni "Zulya" deganlar,
Rostmana nomini aytsang ortingdan,
"Madaniyatsiz bo‘lmay, o‘l-e", deganlar,
Men sizdan o‘kinib yashayman xalqim.

"Borya" yozganlardan Bobur xafadir,
"Tolya" yozganlardan Temur xafadir,
"Fedya "yozganlardan Farhod ko‘ngli g‘ash,
Qolganidan yana kimdir xafadir,
Men sizdan o‘kinib yashayman xalkim...

Erkin Vohidov, O‘zbekiston xalq shoiri.

https://t.iss.one/erkinvohidovmaktabi
#ustozlar_bisotidan

***
Po‘rtana deb oshiq qalbini,
Buyuklarni
o‘xshatdim toqqa.
Lola dedim yorning labini
Va mengzatdim oyni o‘choqqa.
Ikki so‘z bor — yo‘qdir taqqosi,
Qiyos yo‘qdir noyob ma’danga:
Onaginam — onaning o‘zi,
Vatanginam
o‘xshar Vatanga!

✍️ Anvar Obidjon, O‘zbekiston xalq shoiri.

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from Madaniyat va ma'rifat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Бизда самара сўралмайди, оқибат муҳим эмас" – Қозоқбой Йўлдошев

📺 "Мен билган ҳақиқатлар"

➡️ @mm_telekanal
❗️PIIMА tizimidagi maktablarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

📋 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimida hozirgi kunda 4 ta Prezident maktabi, 3 ta Ixtisoslashtirilgan maktab, 9 ta Ijod maktabi faoliyat yuritadi.

💻 Hozirgi kunda barcha davlat organlari telegramda oʼz sahifalarini yuritmoqda. Jumladan, Аgentlik tizimidagi maktablar ham.

🔷Mazkur telegram kanallarida tizimdagi maktablar yangiliklaridan boxabar boʼlish, oʼzingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati mavjud. Maktablarning rasmiy kanallari bilan tanishib, aʼzo boʼlishni tavsiya qilamiz.

PREZIDENT MAKTABLARI

▶️ Toshkent shahridagi Prezident maktabi
▶️ Namangan shahridagi Prezident maktabi
▶️ Nukus shahridagi Prezident maktabi
▶️ Xiva shahridagi Prezident maktabi

IJOD MAKTABLARI

▶️ Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Erkin Vohidov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o`qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Ibroyim Yusupov nomidagi qoraqalpoq tili va adabiyoti fanini chuqur órgatishga ixtisoslashtirilgan maktab-internat
▶️ Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o`qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Isxoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarni chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internat
▶️Ogahiy nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
▶️ Muxammad Yusuf nomidagi ijod maktabi

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR

▶️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktab
▶️ Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Mirzo Ulug’bek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati
Muhammad YUSUF 67 YOSHDA!

MENING DARDIM

Tuzalmaydi dardim mening,
O‘lsam kerak.
Tuproq bilan og‘a-ini
Bo‘lsam kerak.

O‘lim nima? Bu ham bitta
Sayr, Ona.
O‘g‘ling qaro yerga ketdi,
Xayr ona…

Tuzalmas bu dardim mening,
Umidim yo‘q.
Xira shamdek ko‘zlarimda
So‘nmoqda cho‘g‘.

Cho‘g nimadir? Cho‘g‘ ham tutab,
Kul bo‘ladi.
Inson bir kun o‘z mayliga
Qul bo‘ladi…

Yuragimni tamom qildim,
Yig‘layverib.
Huzurimda ajal turar,
Qoshin kerib.

Men hayotda o‘limga tik
Boqib o‘sdim…
Qani menga atalgan joy,
Ketdik, do‘stim!

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
SODDALIKKA YOG‘RILGAN BAXT

Qiz erta uyg‘ondi, qalbida shu kungacha his qilmagan tuyg‘ular bilan. Miyasini g‘ovlatgan bir-biridan qo‘rqinchli shu bilan birga hayajonli xayollarini suv bilan yuvib yubormoqchi bo‘ldi. Biroq jigarrang ko‘zli, chaqmoq nigohli shahzoda ko‘z o‘ngidan ketmay turaverdi. Yuragidagi ming bir hadik, hayajondan bo‘g‘riqqan, lola tusiga kirgan yuzlari, bilinar-bilinmas titrayotgan qo‘llari bilan ish qilishga qo‘rqdi, xohishi ham bo‘lmadi. Ayasidan xavfsiradi(!) ..
Ko‘zgudagi aksini ko‘rib, ko‘ngli cho‘kdi: puchuq burun, yorilgan qo‘llar. Qizni Unga munosib emaslikning og‘ir hissi tinmay ta’qib eta boshladi. Na turishida, na yeyishida ma’no qoldi. Tinmay siqilar, yolg‘iz sirdoshi yostiq edi. Oxiri o‘sha darddoshi ham qizning g‘amlarini ko‘tara olmas darajaga keldiki, ko‘zni quvnatuvchi gullari eskib, sho‘rtak yoshlar tufayli rangi ketdi...
Kunlar ketidan kunlar o‘tardi, qizning xushchaqchaqligi qayoqqadir yo‘qotga berkinib olgandi: na bir tabassum, na bir hazil...
Odatiy g‘amgin kunlardan biri boshlandi. Biz uchun oddiy, lekin qizning qo‘liga bir parcha xat tushgandan keyin u uchun bu kun Yangilanish kuniga teng edi. Chindan ham yillab to‘shakda kasal yotgandek ko‘rinayotgan yuzlariga shu kuni yana tabassum in qurdi, issiq o‘lkaga uchib ketgan qushlar bahorda yana o‘z uyiga qaytgandek, xushchaqchaq tuyg‘ular panadan chiqib keldi. Tim qora ko‘zida sevinch olovlanardi. Qalbiga o‘yilgandek yozilgan oq qog‘ozdagi jumlalar ko‘z o‘ngidan tizilishib, askarlarday o‘ta boshladi:
’’Seni ne deb atay? Qaroqchimi yoki o‘g‘ri?! Dilim qulfini buzgan qulfbuzarmisan yo? Yoki halovat-u oromimni tunagan tunovchi? Umuman olganda bular bari mantiqan bir shaxslar: bari kimningdir nimasinidir o‘ziga tegishli qilib oladi. Sen ham mening yuragimni o‘g‘irlading, o‘g‘ri qiz! So‘ramay - netmay bir qarading-u, o‘zingga ipsiz bog‘lab qo‘yding. Ana shu iplar senga xat yozishga undadi. Dilimda gaplar ko‘p, ularni qalbimning ko‘lankasi bo‘lgan qog‘ozga sig‘dirishning iloji yo‘q...
Ko‘zguga qarayman, qani edi dabdabadan ko‘tarilgan boshim senikidek samimiyatga to‘la bo‘lsaydi...
“Sevgilim men seni sevaman, tamom,
G‘amgin ko‘zing, hadik to‘la ko‘zingni,
Sevmoq, bu kunda bir ko‘rmoq baxtidir
Ozg‘in qo‘llaringni, sepkil yuzingni”.
Boya yozganimdek, gaplarim ko‘p, lekin ularni senday samimiy qilib ayta olmayman. Va aynan shuning uchun Muhammad Yusuf she’rini senga armug‘on qilgandirman. Axir sen soddalikni yoqtirasan...‘‘
Shundan so‘ng ko‘zguga qaradi, unda istarasi issiq qiz kulib turardi...

✍️Gulzoda Turdaliyeva, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 9 - sinf o'quvchisi.

https://t.iss.one/erkinvohidovmaktabi
Hech kimga bermaymiz seni O‘zbekiston
Yulduz Usmonova
#musiqiy_tanaffus🎧

Tuzing totib, unutganlar xor bo‘ladi,
Ko‘zlariga ikki dunyo tor bo‘ladi.
Shodon daming ko‘rolmagan yurtfurushlar
Bir kun bir kaft qumlog‘ingga zor bo‘ladi.
Yoningda turgaymiz seni, O‘zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston!..

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from Abduhayot Abduqodirov
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining faoliyatidagi qaysi jarayonlar sizni qiziqtiradi?
Anonymous Quiz
26%
Qabul jarayoni
31%
Ixtisoslashtirilgan fanlarning o’qitilishi
6%
Media faoliyati
37%
Ijodiy muhit