Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.02K subscribers
12.3K photos
1.46K videos
58 files
4.28K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
Forwarded from Abduhayot Abduqodirov
Sizga o’zbek adabiyotining qaysi turlari yoqadi va siz ko’proq qaysi yo’nalishda ijod qilasiz?
Anonymous Quiz
48%
Nazm
16%
Nasr
11%
Badiiy tarjima
4%
Dramaturgiya
10%
Bolalar adabiyoti
4%
Badiiy publisistika
5%
Adabiy tanqid
SADOQAT
Keksa qarag‘ayning
Ildizin ochib,
Tortdilar qo‘sh arqon solib belidan.
Lekin u tuproqqa panjasin sanchib,
Sira qo‘zg‘almasdi
Ungan yeridan…

Nihoyat, gurs etib yerga quladi,
Butab, so‘ng ko‘tarib ketdilar,
biroq -U o‘z panjasida olib jo‘nadi
Yashagan yeridan Bir siqim tuproq.

Erkin Vohidov, O'zbekiston Qahramoni.
SHUHRAT 103 YOSHDA!

Shuhrat (Alimov G‘ulom Aminjonovich) 1918 – yil 19 – aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1986). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1978). Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika instituti (1936—40)da o‘qigan.

SENI SEVDIM

Seni sеvdim jonu dil bilan,
Seni sevdim, bo‘lmading iqror.
Seni sevdim, shirin til bilan
Qiyo boqib o‘tmading bir bor!

Yillar o‘tdi, o‘tda yoshlik ham,
Tindi qalbda jo‘shqin urgan qon.
Qalbim titrar hamon eslasam,
Hamon bordir ko‘nglimda armon!

Sendan oldin umrim tugasa,
Sen borsanki, demak, tirikman.
Hech ishonma u o‘ldi desa,
Hayotingga doim sherikman.

Yo‘llaringda chechak uchrasa,
Yashnab tursa, bil, o‘sha menman.
Bog‘laringda chaman barq o‘rsa,
Nur ufursa, bil, o‘sha menman.

Erta bahor kelib qaldirg‘och
Salom desa, bil, o‘sha menman.
Bahor qadab boshingga gultoj,
Yellar essa, bil, o‘sha menman.

Ketolmayman hech sendan yiroq,
Inonma sen mennng qabrimga!
Aslida men sevgan kunimoq
Ko‘milganman sening qalbingga!
SHUHRAT 103 YOSHDA!

TO‘RTLIKLAR
Ko‘zingga ayt, tushlarimga kirmasin,
Iziingga ayt, uchramasin yo‘limda.
Singlingga ayt, eshiingda turmasin,
Sen xabarsiz bo‘lgach mening holimdan.
* * *
Farzandlar qalbida otalar qoni,
Koshkiydi qon bilan aqli, imoni,
Sofligi, vijdoni, dardi ham ko‘chsa! —
Xotirjam bo‘lardi ajdodlar joni!
* * *
Do‘st achchiq gapirsa qulog‘ingni tut,
Gar og‘u tutsa u indamasdan yut.
Har achchiq gapnniig lazzati bolcha,
Har tomchi og‘usi malhamdir va qut.
* * *
Son kulib gapirding, men soldim quloq,
Yig‘lagan chog‘ing ham ketmadim yiroq.
Chunki men do‘stingman, yalakat mag‘iz,
Sen agar moy bo‘lsang, men nurli chiroq.
* * *
Achchiq choy o‘rnida sovuq suv tutsang,
Xotirjam ko‘nglimga shak tushmas zarra.
Lek notinch kuningda meni unutsang,
Bu og‘ir men uchun sanoqsiz karra!

ORZULAR, FIKRLAR
Orzuning bo‘lmaydi so‘nggi nuqtasi,
Fikrning muntazam aniq qirg‘og‘i.
Tafakkur — orzuning chin omuxtasi,
Istiqbol mulkining nurli chirog‘i.

Orzusiz yozmaydi fikrlar qanot,
Fikrsiz orzuning qo‘l-oyog‘i shol.
Ikkisi misoli egarlangan ot,
Uddalab minolsang, ufqlarga sol!

Hey, shirin orzular, teran fikrlar,
Qanchalar go‘zalsiz, qanchalar ulkan!
Hamisha ufqlar sizni chaqirar,
Misoli dengizda ochilgan yelkan.

Esimni tanibman, men sizga shaydo,
Siz mening ulfatim, mulkim, xazinam,
Siz uchun umrlar bo‘ladi fido,
Yoshlikday sevaman sizni hozir ham!!!
* * *
Ilhomning yo‘llari uzundan-uzun…
Goh qoya ortidan keladi tolib.
Goh dengiz qa’riga tik urib o‘zin,
To‘fon-la chiqadi hayqiriq solib.

Ba’zida ko‘klarda chaqmokdek yelib,
Ufqdan ufqqa urar nurli bosh.
Ba’zida mushukdek sudralib kelib,
Tizzangga qo‘yadi boshini yuvosh.

Bu bori ilhomdir. Tizginsiz ilhom,
Gohida nomi bor, gohida benom.
Ba’zisi qog‘ozga tushadi asta,
Ba’zisi yuradi hamon havasda!
O, o‘jar, befursat, beqolip ilhom.
Bari bir sen o‘zing sharob to‘la jom!

MEROS
O‘g‘illarim Fikrat, Xondamir, Bobur va qizim Zeboga
Men seni o‘stirdim silab-siypalab,
Yedirdim, ichirdim, toza kiydirdim.
Terlasang, manglaydan tering sidirdim,
Qoqilsang, turgizdim ko‘nglingga qarab.

Taqdirdan shikoyat qilmadim senga,
Senga ham shu yo‘lni maslahat berdim.
Adashsang, haq yo‘lin ko‘rsatib turdim,
Poklikdan nur quydim murg‘ak ko‘ksingga.

Shukurki, kamligim yo‘kdir boshqadan,
Birovga tikmadim hasad ko‘zini.
Ikkita qilmadim ustoz so‘zini,
Do‘stlarim safidan uzmadim qadam.

Sochlarim oqardi, yo‘lim qisqardi,
Ba’zi bir tishlarim o‘zimnikimas.
Do‘stlar ham kamaydi, endi but emas,
Kiprikda, qoshimda yo‘llarning gardi.

Goh dilim o‘ynaydi, goh bosim baland,
Goh boshim aylanib, to‘xtab qolaman.
Entikib-entikib nafas olaman,
Dahshatli o‘ylarga fikrim bo‘lib band.

Shunda ham o‘limdan qo‘rqmayman, o‘g‘lim,
O‘limdan qo‘rqmoqlik — nomardning ishi.
Rost aytsam, niyatim chala qolishi
Bag‘rimni qiladi tilim va tilim!

Quloq sol, ey o‘g‘lim, vaqtiki yetib,
Men yorug‘ dunyodan ko‘zimni yumsam,
Demakki, ijoddan to‘xtasam, tinsam,
Uyma-uy izg‘ima zo‘r meros kutib.

Na bordir mol-mulkim, na mo‘may pulim,
Do‘stlarim yasaydi umrimga yakun.
Sen uchun merosim — pok umrim, lekin
Undan ham azizi — o‘z ona tilim!!!

UMID
Men bilaman: u endi kelmas,
Men bilaman: u bo‘lgan qurbon!
Men bilaman: kutmoq endi bas,
Men bilaman: qiynaladi jon.

Lekin kutmay ilojim ham yo‘q,
Umid bilan umr yugurik.
Qalbim deydi: unga tengmas o‘q,
Qalbim deydi: u odam tirik.

Ishonaman bari bir hamon,
Kirib kelar salomat, omon.
Umid bilan tirikman o‘zim,
Yo‘llarida hamisha ko‘zim.

YAXSHILIK
O‘z umringda bitta yulduz yoq,
Bir yulduzki, nurli va porloq.
Hech bo‘lmasa bitta chiroq yoq,
Qorong‘ilik siljisin yiroq!

O‘z umringda bitta ariq och,
Shoyad topsa bir nihol rivoj!
Hech bo‘lmasa, ey baxti suluv,
Gullarga quy biron kosa suv!

O‘z umringda bitta ko‘chat ek,
Yashnab tursin kulgan baxtingdek.
O‘z umringda och bitta qalam,
«Tinchlik» so‘zin yozsin bu olam!..

…Gar yaxshilik kelmas qo‘lingdan,
Yaxshi niyat qilgil dilingdan!

https://t.iss.one/erkinvohidovonlineoromgoh
Forwarded from Abduhayot Abduqodirov
Kechalar kipriklarimda
Tarki xob aylar xayol,
O’z hayotimdan o‘zimga Sarhisob aylar xayol. Ushbu to‘rtlik kimga tegishli?
Anonymous Quiz
67%
Erkin Vohidov
18%
Abdulla Oripov
15%
Shuhrat
26-aprel kuni qaysi O‘zbek shoiri tavallud topgan.
Anonymous Quiz
12%
Anvar Obidjon
80%
Muhammad Yusuf
8%
Erkin Vohidov
Qaysi O‘zbekiston xalq shoiri 1 - may kuni tavallud topgan?
Anonymous Poll
63%
Iqbol Mirzo
7%
Abdulla Oripov
7%
Muhammad Yusuf
24%
Sirojiddin Sayyid
Tazod-qarshilantirish san’ati G‘arb adabiyotida nima deb yuritiladi?
Anonymous Poll
28%
Qarshilantirish
20%
Iyhom
63%
Antiteza
Сажъ - qanday qofiya?
Anonymous Poll
28%
Nazmiy
31%
Och qofiya
59%
Nasriy qofiya
Devoni Foniydagi g‘azallarida Alisher Navoiy ko‘proq kimga ergashgan?
Anonymous Poll
36%
Sa’diy Sheroziy
34%
Hofiz Sheroziy
46%
Abdurahmon Jomiy
🔰 Bugun 20-aprel, seshanba

🇺🇳 BMTda xitoy tili kuni.

🇹🇷 1924 — Turkiya Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi;

🇺🇸 1940 — AQSH ilk bor “elektron mikroskop” taqdimotini oʻtkazdi;

🇺🇿 1982 — Navoiy viloyati tashkil etilgan.

🥳 Ushbu sanada tugʻilganlar: Olmoniya fashistik davlati asoschisi Adolf Xitler (1889), Oʻzbekiston xalq artisti Oʻrozgul Davletova (1923) va Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, jurnalist Dadaxon Yoqubov (1954).

Obuna boʻling @kalendarlar
ChIRMANDA QO‘ShIG‘I
Yum-yumaloq qosqonim,
Bak-baka-bum.
Bo‘ynimda mis marjonim,
Bak-baka-bum.
Menga tushar shapaloq,
Bak-baka-bum.

MILTIQChA QO‘ShIG‘I
Do‘konlarda sotilaman.
Paq-puq.
Elg‘ondakam otilaman,
Paq-puq.
Yoqtiraman mard o‘rtoqni,
Paq-puq.
Cho‘chitaman lanj, qo‘rqoqni…
Paq! Puq!

PARVARDA
Tug‘ilgandi Bo‘richa
Sakkizinchi yanvarda.
Bugun bir yil to‘libdi,
Adashmasa agarda.
Va’da qildi oyisi
Unga quyon go‘shtini.
Va’da qildi dadasi,
Unga kiyik to‘shini.
Bilmasa ham yosh Bo‘ri
Dunyoning keng-torligin,
Eshitgandi dunyoda —
Shirinliklar borligin.
Injiqlandi u birdan:
«Sovga qiling parvarda,
Hech bo‘lmasa yeb ko‘ray
Sakkizinchi yanvarda».
Taskin berdi oyisi:
«Bolam, adir — do‘konmas».
Dadasi der: «Shaharga –
Borib kelmoq osonmas».
Fursat poylab erkatoy,
Chikdi-yu g‘or — uyidan,
Shahar tomon yugurdi
Chopqir anhor bo‘yidan.
Chiroqlarga angrayib,
Tushib borgan choq pastga;
Uni ushlab shaharda,
Qamadilar qafasga.
Endi uni yosh-qari
Qilar har kun tomosha.
U termilar adirga
Baland-baland tom osha.
…Yillar o‘tib oradan,
Sakkizinchi yanvarda,
Bir qiz yuvvosh Bo‘riga
Tashlab o‘tdi parvarda.

BEHI
Ikki yuzim burushqoq,
Dema meni urishqoq.
Ishga solib aqlimni,
Sezdirmayman jahlimni.
Agar shirin bo‘lmasam,
Xushomadni bilmasam,
Meni darrov kesishar,
O‘rnimga nok ekishar.

KALAMUShLAR KEMASIDA
Ostki qismin yemangiz,
Cho‘kib ketar kemangiz!

MAYMUNLAR TELEVIZORIDA
Ko‘rsatamiz bananni,
Yalamanglar ekranni.

BURGUTLAR DARSLIGIDA
«Tutdik to‘rtta Qarqunoq,
Yarmin yedik. Juftmi, toq?»

✍️ Anvar Obidjon, O‘zbekiston xalq shoiri.

https://t.iss.one/erkinvohidovmaktabi
MATMUSANING QISHLOG‘I

Donishqishloq degan joy
Bordir bizning tomonda.
O‘sha qishloq ahlidek
Dono xalq yo‘q jahonda.

Jo‘yak tortib tomiga,
Makka ekkan o‘shalar.
Kalishini perronga
Yechib ketgan o‘shalar.

Yuz qop ganchni bir yo‘la
Suvga qorgan u yerlik.
Echkini sartaroshga
Olib borgan u yerlik.

Ko‘rib minoralarni
O‘sha yerlik ulutlar
Degan: «Bular teskari
Turib qolgan quduqlar».

Tomdan boshlab uy qurmoq
Bo‘lib tikkan havoza,
Devori yo‘q hovliga
O‘rnatgan ham darvoza;

Oyga chiqmoq yo‘li bor,
Juda oson degan ham,
Temir yo‘lni ko‘tarsa,
Tayyor narvon degan ham;

Mashinasi bor turib
Minib yurgan xachirga,
Xizmat qilgan «Volga»si
Eshakka yem tashirga;

Pashshaga sopqon otgan,
Qopqon qo‘ygan chivinga,
Almashtirgan sarrofdan
O‘tgan kunni indinga;

Oy nuriga xum tutib,
Umid qilgan pishlokdan
Sohibxayol farishta
O‘sha Donishqishlokdan.

Donishqishloq qaerda?
O‘zimizning tomonda.
O‘sha qishloq xalqidek
Dono xalq yo‘q jahonda.

Aql ko‘plik qilsa, bosh
O‘riladi deb halak —
Boshlariga donolar
Kiyib yurar chambarak.

Sodda demang ularni,
Ular sodda bo‘lmaydi.
Kuldirsa ham sizlarni,
O‘zlari hech kulmaydi.

U mashhur Aldarko‘sa,
Kalko‘saning qishlog‘i.
O‘zimizning qahramon
Matmusaning qishlog‘i.

Kitob bo‘lar ta’rifi,
Yozsa ming bir sahifa.
Donishqishloq ahlidan
Tinglang uch-to‘rt latifa...

✍️ Erkin VOHIDOV, O‘zbekiston xalq shoiri.

https://t.iss.one/erkinvohidovmaktabi
#Tong_lavhasi

Ufqlarga qo'yib guldasta,
Tog' ortidan ko'tardi-da bosh,
Pastga boqdi cho'qqidan asta
Oltin qalam tutgan bir naqqosh.

Har nuqtaga sayqal berib u,
Vodiy uzra chizdi zar lavha.
So'ng quyosh deb imzo chekdi-yu,
Tongotar deb qo'ydi sarlavha.

20 – aprel erta tongida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari ishtirokida maktabning anʼanasiga sodiq qolgan holda va kishi kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsata oladigan “Tong lavhasi” loyihasining navbatdagi dasturi o‘tkazildi. Bu tadbirning bugungi sonida 8 – sinf o‘quvchilari qiziqarli hamda dilrabo she’rlari bilan o‘quvchilar ko‘nglini xushnud etdi. Bu lohiya albatta, tanlov sifatida sinflar kesimida o‘tkazilmoqda. Yil yakuni oxirida sarhisob qilinadi hamda eng yaxshi, namunali sinflar maktab ma’muriyati tomonidan munosib taqdirlanadi.

✍️ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Siz ingliz tilini qay darajada o‘zlashtirgansiz?
Anonymous Poll
33%
A’lo
33%
Namunali
53%
Qoniqarli
Joriy yilning 20 – aprel kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida Ingliz tili fani o‘qituvchisi Muqaddas Haydarovaning 9 – sinf o‘quvchilari ishtirokida ochiq dars mashg‘uloti bo'lib o'tdi. Darsda o‘quvchilar mustaqil hamda do‘stlari bilan kichik guruhlarda topshiriqlarni bajarishga undovchi turli o‘yinlar orqali interaktiv metodlar orqali qatnashishdi. Bu kabi mustaqil darslarni o‘qitishda turli xil o‘yinlar orqali o‘rgatishning o‘rni beqiyosdir. Dars davomida har xil o‘yinlar o‘ynatib turish sinfda fanni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqni yanada oshiradi, passive o‘quvchilarni ham darslarda yaxshiroq qatnashishga undaydi, sinfda o‘quvchilar o‘rtasida raqobat, ayni paytda jamoadoshlik muhitini hosil qiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning ustozlariga bo‘lgan hurmatini oshiradi. Ochiq dars davomida o‘qitish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiluvchi savollar taqdim etildi. Dars qizg‘in musoboqa tarzida tashkillandi.

✍️ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati

Telegram👆👆👆