Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#olimpiada
#yakuniy_bosqich
#koreys_tili
KOREYS TILI BO‘YICHA II RESPUBLIKA OLIMPIADASINING YAKUNIY BOSQICHI O‘TKAZILDI
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahrida joylashgan Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida koreys tili bo‘yicha II Respublika olimpiadasining yakuniy bosqichi hamda olimpiada g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur olimpiada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablarining 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 2 bosqichda tashkil etildi.
1-bosqich (hududiy)da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan jami 1 272 nafar o‘quvchi koreys tilida tinglash va o‘qish mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, eng yuqori natija ko‘rsatgan 150 nafar ishtirokchi Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
2-bosqich (yakuniy)da jami 150 nafar o‘quvchi ishtirok etib, koreys tilida tinglab tushunish, yozish ko‘nikmalari, o‘qish ko‘nikmalari va grammatika shartlari asosida yozma va test sinovlarini topshirdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 9-, 10-, 11-sinflar kesimida 3 nafar g‘olib va 7 nafar sovrindor aniqlandi.
Olimpiadaning taqdirlash marosimida Janubiy Koreyaning O’zbekistondagi elchisi Von Do Yon, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Sherzod Karimov, Koreya ta’lim markazi direktori Lee Young Woong hamda Agentlik huzuridagi Fan olimpiadalari markazi direktori To’raboy Shermatov g‘olib va sovrindorlarga Koreya Respublikasiga ta’lim sayohati yo‘llanmasi hamda esdalik sovg’alarini topshirdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

💥 18 yoshli buxorolik yigit O‘zbekiston tarixida birinchi marta SAT testidan eng yuqori ball to‘pladi!
Parviz To‘qsanov dunyoning yetakchi universitetlariga kirish uchun asosiy imtihonda maksimal natijaga erisha oldi.
Ushbu yutuq bilan u MIT, Garvard, Stenford, Yel, Prinston, Oksford, Kembrij va boshqalarni tanlashi mumkin.
Manba: El-yurt umidi kanali
P.S: Endi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ushbu yigitimizga ham kompensatsiya pulini to‘lab beramiz.
@domlajon

Forwarded from HUDUD - MY5 TV | rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Choraklik_summativ_baholash_imtihonlari
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
🏢Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida 2-chorak yakuni yuzasidan ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari bo'lib o'tmoqda.
🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI InstagramI👈
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
🏢Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida 2-chorak yakuni yuzasidan ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari bo'lib o'tmoqda.
🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI InstagramI👈
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#yil_sarhisobi
#ijod_maktablari
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan ijod maktablari yoʻnalishida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan infografika
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ijod_maktablari
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇯🇵 Нега япон юз йил яшар-у...
Нега япон юз йил яшару,
Ўзбек бундай ёшга бормайди?
Чунки япон биздек кечқурун,
Саҳар туриб ошга бормайди.
Таъзияда эл кўзи учун,
Минг кишилик зиёфат қурмас.
Ҳайити йўқ, бел боғлаб уч кун
Шамдек қотиб кўчада турмас.
Гарчи биздан юз бор фаравон,
Гарчи биздан юз карра тўқдир.
Тўй харжида юзта бой япон,
Бир камбағал ўзбекча йўқдир.
Бу сўзимни японга айтсам,
Деди бадтар қисиб кўзини:- Япон бундоқ яшолмас ҳеч ҳам,
"Харакири" қилар ўзини.
✍️ Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов, 2006 йил

#QVZ
🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida sinflar o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tadi.
❇️Uchrashuv mehmoni:
🫵Bu albatta, SIZ!
📆 26-dekabr, 2024-yil
⏰ 14:00
😂Bugun ko'ngillarni kulgularga to'ldiramiz. Keling, bir kulishamiz!!!
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

#Sarhisob_2024
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan “Parvoz-2024” sarhisob tanlovi ilmiy va ijodiy salohiyati yuqori, faol o‘quvchi va ustozlarni aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida taqdirlash marosimi hamda “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir o‘qituvchilar, o‘quvchilar, maktab jamoasi, o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida o‘tkazildi.
Ikkinchi chorak yakunida tanlovlarda barcha sinf o‘quvchilari faol ishtirok etdi. Ushbu tanlov maktab ma’muriyati tomonidan ijod maktabi ustozlari va o‘quvchilari uchun ta’sis etilgan.
O‘quvchilarning ijtimoiy-ma’naviy bilimlarini mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni aniqlash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning o‘z iqtidor va salohiyatini namoyish etishiga sharoit yaratish, shuningdek, tanlovning yuqori bosqichlariga tayyorlash maqsadida tashkil etilgan bellashuv qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi.
Shuningdek, “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining final bosqichida saralashdan o‘tgan jamoalar finalda qiziqarli chiqishlari bilan barcha tadbir ishtirokchilarni ko‘nglini xushnud etdi.
Tanlov yakunida “PARVOZ-2024” tanlovining munosib sohiblari – 20 nafar eng bilimli, iste’dodli, faol, tashabbuskor, intiluvchan, ijodkor o‘quvchilar, ustoz-murabbiylar hamda faol sinflar turli nominatsiyalar bo‘yicha maktab ma’muriyati tomonidan taqdirlandi.
😎 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇