Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.02K subscribers
12.3K photos
1.46K videos
58 files
4.28K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#Buyuk_Britaniya

Xabar berganimizdek, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi o'qituvchilar delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida bo'lib turishibdi.

Dastur davomida ishtirokchilar Nottingham Trent universiteti professorlari tomonidan tashkil etilgan kasbiy rivojlanish treninglarida qatnashishdi va Buyuk Britaniyaning diqqatga sazovor joylarida bo'lishdi.

❗️Mazkur malaka oshirish dasturi doirasida Carlton le Willovs maktabida Agentlik va tizimidagi maktablar faoliyati taqdimoti ham bo'lib o'tdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#xorijiy_hamkorlik
#Koreya

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va tizimdagi maktablar vakillaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasida bo’lib turibdi.

Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur safar ta'lim sohasida o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikning yangi qirralarini aniqlash, tegishli yo‘nalishlarda bilim va malakalarni oshirish maqsadlarini o‘z ichiga oladi.

Koreya Respublikasining Incheon Metropolitan City taʼlim boshqarmasi bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasida ta'lim sohasida hamkorlik yuqori darajada davom etayotgani, koʻplab sohalar qatori taʼlim yoʻnalishida ham manfaatli aloqalari izchil rivojlanayotgani taʼkidlandi.

O‘quvchilarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirgan holda ularning ixtisoslashgan xalqaro dasturlar, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ilg‘or, tashabbuskor va ijodkor o‘gʻil-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyat, mahoratlarini ro‘yobga chiqarish va munosib ragʻbatlantirishni ko‘zda tutuvchi yangi loyihalarni yo’lga qo’yish borasida so’z bordi.

Agentlik delegatsiyasining Koreya Respublikasiga safari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xorijiy_hamkorlik
#Koreya

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va tizimdagi maktablar vakillaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasida bo’lib turibdi.

Bugun Koreya Respublikasining Incheon xalqaro maktablar kampusiga ta’lim sayohat uyushtirildi. Unda mazkur maskanning direktori xalqaro maktab haqida to’liq ma’lumot berdi. Shundan so’ng, malakali mutaxassislar tomonidan maktab bo’ylab ekskursiyalar tashkil qilindi.

Kunning ikkinchi yarmida III Incheon ta’lim festivalining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda jahonning 20 ga yaqin davlatidan tashrif buyurgan 50 dan ortiq ta’lim tashkilotlari qatorida Agentlik delegatsiyasi ham faol ishtirok etdi.

Agentlik delegatsiyasining Koreya Respublikasiga safari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xorijiy_hamkorlik
#Koreya

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va tizimdagi maktablar vakillaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasida bo’lib turibdi.

Bugun III Incheon ta’lim festivalining yopilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston ta’lim delegatsiyasi a’zolariga faol ishtiroklari uchun mezbon davlat tomonidan alohida minnatdorlik bildirildi.

Shuningdek, ikki do’st mamlakat o’rtasida barcha sohalar kabi shiddat bilan rivojlanib borayotgan ta’lim yo’nalishida ham yanada yaqindan va izchil o’zaro hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar so’nggi yillarda Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan keng islohotlarni e’tirof etar ekan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Agentlikka do’stona munosabatlar uchun o’z tashakkurlarini izhor etishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM