Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.05K subscribers
12.1K photos
1.46K videos
57 files
4.24K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun

Xalqaro ta’lim forumida pedagoglarning malaka oshirishlari bo'yicha zamonaviy metodikalar muhokama qilindi.

🔸Xalqaro ta’lim forumi o'z ish faoliyatini ikki manzilda – Agentlik tizimidagi va Xalq ta'limi tizimidagi maktab o'qituvchilari uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda va Oliy ta’lim yo’nalishidagi muassasalar uchun "Yangi O’zbekiston" universitetida davom ettiradi.

✔️Forumning 2-kuni barcha mutaxassislar uchun yalpi majlis bilan boshlanib, unda jumladan Agentlik rahbari Hilola Umarova, Turkiya Milliy ta’lim vazirligi oliy va xorijda ta’lim boshqarmasi boshlig’i Jemal Yildiz, Самbridge Assessment xalqaro tashkilotining ta’lim bo’yicha Bosh maslahatchisi Stive King, Nottenghem Trend universiteti professori Martin Seviour, Xalqaro ta’lim bo’yicha Amerika kengashlari vakili Uilyam O‘Roark so'zga chiqishdi.

Yalpi majlisda pedagoglarning malaka oshirish, tajriba almashish masalalarining yangi bosqichga o'tayotgani haqida so'z yuritildi.
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun_yakuni

⚡️"YANGI O'ZBEKISTON" UNIVERSITETINING TANTANALI OCHILISH MAROSIMI VA FORUM YAKUNIGA BAG'ISHLANGAN KONSERT DASTURI BO'LIB O'TDI

🔸Xabar berganimizdek, bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro forum yakuni va Agentlik tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universitetining tantanali ochilish marosimi munosabati bilan madaniy tadbir tashkil etildi.

📌Konsertda O'zbekiston xalq artistlari Munojot Yo'lchiyeva, Farrux Zokirov va maqom, opera va baxshichilik san’atining namoyondalari ishtirok etib, tadbirga alohida fayz bag'ishladi.
#ikkinchi_kun
#bugungi_jarayon

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish bo‘yicha imtihon jarayonlari yakunlanmoqda...

🔰Ijod maktabiga talabgorlar tibbiy xavfsizlik tekshirishlaridan yana bir bor o'tkazildi va ijodiy imtihonning 8 va 9-sinflar uchun 2-bosqichi(suhbat)ga ruhsat berildi
.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Choraklik_summativ_baholash_imtihonlari
#Ijod_maktabi
#ikkinchi_kun

🏢Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

🔰Ijod maktabida 2-chorak yakuni yuzasidan ChSB imtihonlari bo’lib o’tmoqda...

❇️Bugungi imtihonda o'quvchilar belgilangan vaqt mobaynida Ingliz tili va tarix fanlaridan 15 ta savoldan iborat nazorat testlarini ishlamoqda...

Choraklik summativ baholash imtihonlari 24-dekabrgacha davom etadi va o’quvchilar 10 ta fandan nazorat sinovlarini topshiradi.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Seminar_trening
#ikkinchi_kun

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablarining ona tili va adabiyot, tarix, tarbiya fani o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan "Zamonaviy va loyihaga asoslangan taʼlim" mavzularidagi seminar-treninglarga start berildi.

🗓 Trening jarayonlari 4-aprel kuni
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida bo'lib o'tmoqda...

📍Keyingi manzil: Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Teatr_ibratxonadir
#ikkinchi_kun

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasidagi “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali davom etmoqda.

Poytaxtimizdagi Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri va Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri mezbonlik qilayotgan mazkur tadbir mehmonlar bilan gavjum.

Sahnalarda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari namoyish etayotgan spektakllar, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirmoqda.

“Bobur sog‘inchi”, “Padarkush”, “Bebaho xazina”, “O‘zbekiston buyuk daholar yurti”, “Turkiston bolalari”, “Ziyvar” “Tanho qayiq”, Turkiston”, “Ibrat hayoti”, “Sharq ayoli”, “Zamonning singan oynasi yoki o‘zimizning Qirol Lir" kabi spektakllarda yoshlarimizning ijro mahorati, bilim salohiyati, ijodiy qobiliyatlari yaqqol koʻzga tashlanadi.

Festival doirasida ishtirokchilarning Adiblar xiyoboniga sayohati tashkil qilindi. Shuningdek, “Shon-sharaf” davlat muzeyi va “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga ekskursiya rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#jarayon
#ikkinchi_kun

📁Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida ikkinchi bosqich ijodiy suhbat jarayonining 2-kuni boshlandi...

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ijod_maktablari
#oʻquv_trening
#ikkinchi_kun

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusida 3 kunlik Respublika o‘quv-treningi oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, oʻquv-treningning ikkinchi kunida ishtirokchilar malakali trenerlar koʻmagida ijod maktablari faoliyati natijadorligini baholash va ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, fan to‘garaklarini maqsadli tashkil etish, o‘quv dasturi bilan ishlash, texnologiyalar integratsiyasi, raqamli sinfxona kabi mavzularda bilimlarini oshirdi.

Shuningdek, ishtirokchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati va intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan "Zakovat" intellektual o‘yinlari o‘tkazildi. Sog’lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faollikni oshirish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi.

Agentlik tizimidagi ijod maktablarining o‘quv ishlari va ixtisoslik fanlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili, matematika, informatika va biologiya fanlari o‘qituvchilari ishtirokida boʻlib oʻtayotgan Respublika oʻquv-treningi ertaga, 23-avgust kuni yakunlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal