Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
990 subscribers
12.5K photos
1.48K videos
58 files
4.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#uchrashuv

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida ona tili va adabiyot fani oyligi doirasida til bayramiga bag'ishlangan tadbirlar, uchrashuvlar, ochiq darslar, tanlovlar o‘tkazilmoqda.


📝Joriy yilning 14-oktabr kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi faollar zalida O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan Erkin Vohidov ijod maktabi hamda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona garnizonidagi harbiy qismi hamkorligida ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda ijod maktabi ustozlari va o‘quvchilari o‘zbek tiliga bag‘ishlangan ma’ruzalari, she’rlari bilan mehmonlarni ko‘nglini xushnud etdi.

Dunyoda har bir xalqning o‘z tili uning bebaho boyligi, iftixori, najoti hisoblanadi. Hikmatli so‘zlar, she’ru dostonlar, qo‘shiqlar avvalo biror bir millatning ona tilida dunyoga keladi.

✍️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati

👍Bizni kuzatishda davom eting!!! https://t.iss.one/erkinvohidovmaktabi
#uchrashuv_boshlandi

🔴Ayni damda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yaxshi shoir, yaxshi inson Asror Solijonov bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tmoqda...


Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#uchrashuv

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida doimiy ravishda taniqli yozuvchi va shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

🔰Joriy yilning 23-fevral kuni ijod maktabida tashkil etilgan nazm to‘garagi o‘quvchilari bilan shoir Jontemir Jondor ishtirokida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in va savol – javoblarga boy tarzida o‘tkazilgan mahorat darsida o‘quvchilar o‘zlariga kerakli saboqlar oldilar.

🔰Jontemir Jondor 1994- yilning 18-sentabrida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug’ilgan.

HOLAT
Quyuq daraxtzor.
So’yilgan shafaq qoniga botirib olingan barglarni
yopinib yotar yo’lak.
Hech vaqo yo’q bunda arzirlik,
Qoramtir osmon va jimlikdan bo’lak.

Qachondir oshiqlar sayr etgani rost,
Sassiz titroqlarga guvoh bu go’sha.
Jazirama asad oqshomlarida,
Jonga oro kirgan soyasin to’shab…

Bugun
Suyunchi keltirmas
Qarag’ay shoxlariga chuvalib o’tgan telefon simlari.

Bizni kuzatib boring
👇👇👇
https://t.iss.one/erkinvohidovmaktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida doimiy ravishda taniqli yozuvchi va shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

✍️Siz borsizki, mushtdek dunyoda,
Mushtdek bo'lib yashamayman men...

📺Navoiylik Alisher

🎥Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#uchrashuv

🔰Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

📚"Hayot darsi" loyihasi davom etadi

➡️Mehmonlar: Ijtimoiy tarmoq yulduzlari Dima Qayum va Mirzoozod Mirzane'matov

Uchrashuv vaqti: 15-aprel 14: 30 da

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#uchrashuv

🔰Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida 2021-yil 10- sentyabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 44-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchilari bilan Farg‘ona jamoatchilikning salomatligi tibbiyot instituti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor U.Saliyev, anatomiya kafedrasi mudiri S.Madaminov, institutning akademik- litsey va texnikumlarga metodik yordam koʻrsatish sektori bosh mutaxassisi N.Shokirovalar ishtirokida
uchrashuv o‘tkazildi.

▶️Uchrashuvni MMIBDO‘ M.Nurmatov olib bordi va ijod maktabida erishilayotgan yutuqlar bo'yicha mehmonlarni tanishtirdi. Muloqot davomida asosiy vazifalar va istiqbolli rejalar muhokama qilindi. Ijod maktabining oʻquvchilari tomonidan aytilgan hayratomuz she'rlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#uchrashuv
#mahorat_darsi

Bugun Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli adabiyotshunos olim, professor Siddiq Mo‘min bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

🤩Uchrashuv mavzusi “She’r, she’riy san’atlar, she’riyat tushunchasi”. Professor tomonidan o’tilgan ma’ruzada o’quvchilarga qimmatli bilimlar ulashildi. Mahorat darsi so’ngida o’zaro savol-javoblar bo’lib o’tdi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

✔️Qoʻshtepa tuman MMTB tasarrufidagi 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Sheʼriyat shaydolari” nomli ijodiy uchrashuv oʻtkazildi.

🅰️Ushbu ijodiy uchrashuvda Fargʻona viloyat MMTB boshligʻi oʻrinbosari Dilafruz Kasimova, Erkin Vohidov nomidagi ijodiy maktab murabbiylari Oʻktamxon Soliyeva, Abduhayot Abduqodirov va ijod maktabi oʻquvchilari, faxriy ustozlardan Y.Roziqov, Mamlakatxon xojiona hamda 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabining barcha oʻqituvchilari, “Adabiyot ixlosmandlari” toʻgarak aʼzolari qatnashdilar.

➡️Ijodiy kecha davomida Oʻktamxon Soliyeva va Abduhayot Abduqodirovlar oʻz ijodlaridan namunalar, ijodkor oʻquvchilarimiz ham oʻz ijodlari va el sevgan shoirlarimizning sheʼrlaridan oʻqib berdilar. Faxriy ustozlarimiz ijodkor oʻquvchilarga hayotiy tajribalaridan kelib chiqib oʻz mushohadalarini bildirdilar.

🔠🔠🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠 nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

👑O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akdemik litseyida “Bugunning jadidlari” mavzusida ijodiy uchrashuv oʻtkazildi.

🤩Ushbu ijodiy uchrashuvda Erkin Vohidov nomidagi ijodiy maktab murabbiyi Oʻktamxon Soliyeva va ijod maktabi oʻquvchilari va harbiy-litseyning barcha oʻqituvchilari, o‘quvchilari qatnashdilar.

Ijodiy kecha davomida Oʻktamxon Soliyeva tadbir ishtirokchilariga shukrona, vatanni ardoqlash mavzusidagi she’rlarini, ijod maktabi oʻquvchilari tomonidan Erkin Vohidovning “Farg‘onaning yo‘llarida” hajviyasi asosida sahnalashtirilgan sahna ko‘rinishini va bolalar adabiyoti yo‘nalishidagi ijodlarini havola etishdi.

“Temurbeklar maktabi” harbiy-akdemik litseyi tomonidan faol ishtirok etgan ijod maktabi ustoz va o‘quvchilari “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandilar.

🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

⚡️O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqovaning 70 yilligi arafasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, mushoira kechalari o‘tkazilmoqda.

📈Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan ijodiy uchrashuvda senator Ibrohimjon Sultonov, "Ma'naviyat fidoyisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan O‘ktamxon Soliyeva ishtirok etdi.


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#uchrashuv

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Harbiy kafedrasi katta oʻqituvchisi podpolkovnik Z. Xakimov va Tergov faoliyati kafedrasi professori podpolkovnik Z. Jabborov ishtirokida ijod maktabi oʻquvchilari bilan Mahorat darsi oʻtkazildi.

Mashgʻulot davomida oʻqotar qurollarning taktik-texnik tavsifi, qoʻllash tartibi va qoidalari, shuningdek, oʻqotar qurollarni notoʻliq qismlarga yoyish va yigʻishni amaliy bajarish tartibi oʻrgatildi.


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#uchrashuv
#mahorat_darsi

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 1-apreldagi PQ-147-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi va O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan "Mahorat darslari" rejasi tasdiqlandi.

Bugun Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli adabiyotshunos olim, professor, ko‘plab ilmiy va ijodiy kitoblar muallifi Yo‘ldosh Solijonov bilan ijodiy
uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv “Ijodkorlik nazariyasi va psixologiyasi” mavzusida olib borildi.

Professor tomonidan yozuvchi badiiy asar yaratishda nimalarga ahamiyat berish, mavzu tanlashda, asosan, qanday motivlarga e'tibor qaratish lozimligi haqida qimmatli ma'lumotlar berdi. Mahorat darsida o'quvchilar o'zlari uchun kerakli ma'lumotlarni olishdi.


👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈