Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.05K subscribers
12.2K photos
1.46K videos
57 files
4.26K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
Forwarded from M. Nurmatov
📌Shahriyor Shavkat - Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti talabasi.

Yosh ijodkorlar kengashi tomonidan 2019-yilda o‘tkazilgan "O‘zbekiston bahori. Xiva" ijod festivali g‘olibi.
Dunyo yosh turkiy yozarlari birligi a'zosi.
She'rlari bir necha mahalliy va xorijiy nashrlarda e'lon qilingan.


🔴12-iyun kuni soat 20:00 da #Onlineadabiysuhbat loyihamiz mehmoni

⤵️⤵️⤵️
@erkinvohidovonlineoromgoh
Forwarded from M. Nurmatov
Navoiylik Alisher 1993-yil, 7-fevralda Navoiy Viloyati Xatirchi tumanida tugʻilgan.
"Umid nihollari , "So'z daraxtin kurtaklari" , "Istiqlol g'unchalari", "Hayot jilg'alari" to'plamlarida she'rlari nashr etilgan. O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Birinchi kitobim” loyihasida "Soyabon" nomli ilk she'riy to'plami chop etilgan.

🔴23-iyun soat 20:00da
#onlineadabiysuhbat loyihasi mehmoni.

⤵️⤵️⤵️
@erkinvohidovonlineoromgoh
@erkinvohidovmaktabi
Forwarded from M. Nurmatov
Isajon Sulton 1967 yilda Fargʻona viloyati, Rishton tumanidagi Avazboy qishlogʻida tavallud topdi. Oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagach, 1985–1990 yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi.

Adibning “Munojot” (1990), “Oydinbuloq” (1995), “Boqiy darbadar” (2011), “Ozod” (2013), “Bogʻi Eram” (2015) nomli kitoblari chop etildi. “Ozod” romani uchun muallif Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Vatan uchun yashaylik” respublika tanlovi gʻolibi boʻldi (2012). Bir qancha hikoyalari xalqaro tanlovlarda sovrinli oʻrinlarga loyiq koʻrildi.

Asarlari ingliz, nemis, rus va turk tillariga tarjima qilindi, AQSH, Rossiya, Turkiya va Moldova adabiy nashrlarida chop etildi.

Isajon Sulton Javoharlaʼl Neru, Ryunoske Akutagava, Yasunari Kavabata, Dino Butssati, Umar Sayfiddin asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirdi.


🔴10-iyul soat 18:00da #onlineadabiysuhbat loyihasi mehmoni.

⤵️⤵️⤵️
@erkinvohidovonlineoromgoh
@erkinvohidovmaktabi
Forwarded from M. Nurmatov
📌Zebo Mirzoning “Tun malikasi” nomli ilk sheʼriy toʻplami 1990 yilda nashr etildi. Shundan keyin shoiraning “Ajr” (1997), “Nur kukunlari” (2004), “Ishq” (2012) kabi sheʼriy kitoblari dunyoga keldi.

Zebo Mirzo, shuningdek, “Rangin dunyo”, “Ijod maktabi”, “Ijodxona sirlari”, “Qoʻshiqlarda qolgan umr”, “Siz va Siz uchun” kabi tasviriy sanʼat, madaniyat, adabiyot namoyondalari hayoti va ijodi haqidagi madaniy-maʼrifiy mavzudagi bir qator turkum koʻrsatuvlar muallifi hamdir.


🔴3-iyul soat 20:00da
#onlineadabiysuhbat loyihasi mehmoni.

⤵️⤵️⤵️
@erkinvohidovonlineoromgoh
@erkinvohidovmaktabi
#Xushxabar.

Siz sevgan yozuvchi va shoirlar bilan #onlineadabiysuhbat davom etadi.
Navbatdagi ustoz ijodkorlar Ulug'bek Hamdam, Zulfiya Qurolboy qizi, Shodmonqul Salom hamda Shoyim Bo'tayev bo'ladi, yaqin daqiqalar ichida suhbat qaysi sanada bo'lishini e'lon qilamiz.
Bizni kuzatishda davom eting!

@erkinvohidovonlineoromgoh
@erkinvohidovmaktabi
Forwarded from M. Nurmatov
Shoyim Boʻtayev 1959 yil 20 iyunda qoʻshni Tojikistonning Oʻratepa tumani, Maydoncha qishlogʻida tugʻilgan.

Shoyim Boʻtayevning “Sirli yulduzlar” nomli ilk qissasi “Sharq yulduzi” jurnalida bosildi (1984). Xuddi shu yili “Dunyoning sarhisobi bor” qissalar toʻplami chop etildi. “Endi bari boshqacha” hikoyalar toʻplami (1988), “Shamol oʻyini” nomli qissa va hikoyalar majmuasi (1995), “Qoʻrgʻonlangan oy” romani (1996), “Kunbotardagi bogʻ”, “Hayot”, “Koʻchada qolgan ovoz” kabi kitoblari oʻziga xos yoʻnalishdagi izlanishlarining maʼlum darajadagi badiiy umumlashmasi, sintezidir. “Qoʻrgʻonlangan oy” romanida xalqimiz maʼnaviyatiga xos milliy ildizlar, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar va hamisha barhayot, barhaq anʼanalar madh etiladi. Imon, insof, diyonat asar qahramonlarining maʼnaviy-axloqiy fazilatlariga aylanadi

🔴18-iyul soat 20:00da
#onlineadabiysuhbat loyihasi mehmoni - Shoyim Boʻtayev

⤵️⤵️⤵️
@erkinvohidovonlineoromgoh
@erkinvohidovmaktabi
Forwarded from M. Nurmatov
Olamni suv olgan, birgina orol –
Shu qogʻoz. Men esa yarador qushman.
Aytmoqqa chogʻlangan, lek aytilmagan,
Yurakda siqilib turgan tovushman.


Shodmonqul Salom 1980 yili tugʻilgan.

Termiz davlat universitetini tamomlagan. “Yurak iqlimi”, “Koʻngil kitobi”, “Borligini bilganlar” sheriy toʻplamlari chop etilgan.

🔴25-iyul soat 20:00da
#onlineadabiysuhbat loyihasi mehmoni - Shodmonqul Salom

⤵️⤵️⤵️
@erkinvohidovonlineoromgoh
@erkinvohidovmaktabi
⚡️Hurmatli qadrdonlar! Siz adabiyotga oshuftamisiz? Sizda she'r o'qish va she'r tinglash zavqi bormi? Siz nasriy asarlar shaydosimisiz? Sizga ustoz Erkin Vohidov she'rlari yoqadimi?
Adabiyotimiz ertasi bo'lgan o'quvchilarimiz ijodiga befaqr emasmisiz?
Unday bo'lsa, bizga hamroh bo'ling!
Bizni kuzatib boring!
Maktabimizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga a'zo bo'ling!
Ta'til loyihalarida siz ham faol ishtirok eting!
Bizning loyihalar:
#bekat
#onlineadabiysuhbat
#san'atsehri
#onlinesayohat
#onlinerepititor
#duel
#madaniyatyangiliklari
#mutolaa
Зулфия Қуролбой қизи (Йўлдошева) Жиззах вилоятининг Жиззах туманида (ҳозирги Шароф Рашидов туманида) туғилган. Жиззах педагогика институтини 1989 йили битирган. Ўтган йиллар мобайнида мактабда ўқитувчилик қилган, турли марказий газеталарда ишлаган, айни пайтда “Мультипликацион фильмлар студияси”да муҳаррир. 2013 йилдан Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси. “Машаққатлар гирдоби”, “Армон асираси” романлари муаллифи. Ўнга яқин китоблари чоп этилган. Асарлари рус, болгар, корейс тилларига таржима қилинган.
Зулфия Қуролбой қизининг асарлари ва сценарийлари асосида “Чақмоқ чаққан тунда”, “Ёзсиз йил”, “Ер тафти” бадиий фильмлари, “Фидойилар” телесерилаи суратга олинган. Ўзбек давлат драма театрида унинг “Аёл”, Сирдарё вилоят театрида “Тафаккур” спектакллари саҳналаштирилган.

🔴7-avgust soat 20:00da
#onlineadabiysuhbat loyihasi mehmoni - Zulfiya Qurolboy qizi

#Zulfiya_Qurolboy_qizi

⤵️⤵️⤵️
@erkinvohidovonlineoromgoh
@erkinvohidovmaktabi