Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.01K subscribers
12.4K photos
1.47K videos
58 files
4.31K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
Marg‘ilonda "Zamin Creative" inklyuziv ijod studiyasi ochildi. Darslar uchta yo‘nalish: media, dizayn va teatr san’ati bo‘yicha o‘tkaziladi.

Shu yerda 14–18-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan festivalda Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilondagi beshta "Zamin Creative" studiyalari o‘z ijodiy ishlarini namoyish etadi. Bu — yosh fotosuratchilar, dizayner va aktyorlarga bir-biri bilan tanishish, yutuqlarini ko‘rsatish va birgalikdagi ijodiy loyihalarga ilhom bag‘ishlash uchun ajoyib imkoniyat.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇬🇧 Ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi bot ishga tushirildi

Sun’iy intellekt elementlaridan foydalangan holda ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi bot (ilmiy tadqiqot ishi doirasida) ishlab chiqildi.

📱 Mazkur bot orqali foydalanuvchining ingliz tilini bilish darajasini 4 ta ko‘nikma (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) asosida aniqlash mumkin.

📝 Shuningdek, bot orqali fikrlar, taqrizlar va maslahatlar olish hamda yozma ishni plagiatga tekshirish imkoniyati mavjud.

🔗 Bot manzili: @mock_milliy_test_bot

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OYINA.UZ
Muhabbat haqida aytilmagan qoʻshiq – “Dasht-u dalalarda” hikoyasi tahlili

Yozuvchi Nazar Eshonqul shunday deb yozgan edi: “Mendan bitta asar bilan yozuvchi adabiyotda qolishi mumkinmi deb soʻrashsa, “Ha! Bu Murod Muhammad Doʻst va uning “Dasht-u dalalarda” hikoyasi”, deb javob qaytarardim... Hikoya xalq ogʻzaki ijodi va XX asrdagi nasrning eng soʻnggi yutuqlarini yelkasida koʻtarib turibdi”.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/2172

Rasmiy sahifalarimiz👇

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
Forwarded from Amarantus adabiy agentligi (A Daughter of the Sun)
YOZUVCHI LUGʻATIGA

Xorij hikoyachiligida "flash fiction" deb ataluvchi janr bor. Juda qisqa yozilgan hikoyalar shu nom bilan ataladi. (Bunda "flash" - koʻz ochib yumguncha oʻtgulik, "fiction" - badiiy asar.) Baʼzida uni boshqa nomlar bilan ham uchratish mumkin: "short short story" yoki "short short".

Hikoya oʻrtacha 1500-7500 soʻzdan iborat boʻlsa, flash fiction 1500 soʻzdan oshmaydi. Shuningdek, flash fictionning oʻzi ham soʻzlar miqdoriga qarab bir necha kichik turlarga boʻlinadi. Quyida baʼzilarini sanab oʻtaman:

Six Word Story - 6 soʻzdan iborat boʻladi. Nomi ham olti soʻzlik hikoya deb tarjima qilinadi. Hemingueyning bolalar poyabzaliga atalgan mashhur hikoyasini eslasangiz kerak.

Dribble - roppa-rosa 50 ta soʻzdan iborat boʻlishi kerak. Baʼzan "mini saga" deb ham ataladi.

Drabble - roppa-rosa 100 ta soʻzdan iborat boʻladi. "Microfiction" degan nomi ham bor.

Twitterature - 280 va undan kam boʻlgan soʻzdan iborat hikoya. Twitterning mikroblogging xizmati natijasida paydo boʻlgan hikoya janri.

Sudden fiction - soʻzlari 750 tadan oshmagan hikoya.

Flash fiction - 1500 va undan kam boʻlgan soʻzdan iborat hikoya.

@authors_and_publish
Forwarded from Hilola Umarova
Aziz pedagoglar!

Attestatsiya jarayonlariga ham juda oz fursat qoldi.

Mazkur jarayonlar sizning bilim va malakangizni sinovdan o‘tkazadi hamda yangi bilimlarni egallashingizga turtki bo‘ladi, deb ishonaman.

Qadrli ustozlar!

O‘ylaymanki, malaka sinovlarining adolatli va shaffof o‘tkazilishida har biringiz shaxsiy namuna ko‘rsatasiz.

Siz, albatta, bilim va kasbiy tajribangiz bilan ushbu malaka sinovlaridan yorug‘ yuz bilan o‘ta olasiz. Men bunga ishonaman!

Jarayonlarda barchangizga muvaffaqiyat yor bo‘lsin!

P.S. Kimningdir yolg‘on va’dalariga ishonib, kasbiy obro‘yingizga xavf tug‘dirmang. Sizning obro‘yingiz bu butun tizimning yuzidir!
Эркин Воҳидовнинг “Сўз латофати” китоби Озарбайжонда чоп этилди

Ўзбекистон Қаҳрамони, устоз ижодкор, атоқли шоир Эркин Воҳидовнинг “Сўз латофати” китоби Озарбайжонда чоп этилди.

Батафсил: https://uza.uz/posts/589250

📱Мобил илова 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
#biz_haqimizda

💎"Yangi Farg‘ona" gazetasining 2024-yil 17-apreldagi 29-sonida

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining “Oltin qalam” to‘garagi rahbari Qobiljon Shermatovning "IJOD MAKTABI RESPUBLIKADA IKKINCHI" maqolasini mutolaa qilishingiz mumkin.

🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🤩Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari Bilim va malakalarni baholash agentligining ona tili va adabiyot fanidan "Umumta'lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat"laridan yuqori natijalarni qoʻlga kiritishmoqda.

💎Jumladan, Umidbek Xolmatov, Muxlisa Tohirjonova, Saida Muhiddinova, Dilshodabonu Matkarimova, Tasanno Abduvahhobovalarning yuqori natija ko‘rsatganligi alohida e'tirofga loyiq.

🗣Milliy sertifikatni qo'lga kiritgan vakillarimizdan:

Ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi:

📞Umidbek Xolmatov 61.19 ball, 94.14 % B+

11-sinf o‘quvchilari:

O‘g‘iloy Xursandova 91 ball
Muqaddas Muhammadaliyeva 89.1 ball
📞Muxlisa Tohirjonova 66.57 ball, 100% A
📞Saida Muhiddinova 65.62 ball, 100% A
📞Sug‘diyona Aminjonova 63.03 ball, 96.97% B+
📞Muxlisa Haydarova 62.49 ball, 96.14% B+
📞Amirullo Ismoilov 61.33 ball, 94.35% B+
📞Durdona Tursunova 60.16 ball, 92.55% B+
📞Latofat Sotvoldiyeva 59.12 ball, 90.95% B
📞Marhabo Ibrohimova 58.26 ball, 89.63% B
📞Dilnura Hamdamova 55.58 ball, 85.51% B
📞Nilufar Haydaraliyeva 51.83 ball, 79.74% C+

10-sinf o‘quvchilari:

Feruzaxon Turdialiyeva 86.8 ball
📞Dilshodabonu Matkarimova 65.23 ball, 100% A
📞Dilfuzaxon Mahmudova 63.12 ball, 97.11% B+
📞Kamola Arabjonova 63.3 ball, 97.38% B+
📞Nozima Ibrohimova 62.99 ball, 96.91% B+
📞Fotima Ahmadjonova 62.66 ball, 96.4% B+
📞Fazliddin G‘ulomjonov 61.56 ball, 94.72% B+
📞Zuhra Ahmadjonova 61.05 ball, 93.92% B+
📞Nodirabegim Ikromova 59.98 ball, 92.28% B
📞Kamola Ma’rufova 55.05 ball, 84.69% B
📞Mohinur Lutfullayeva 54.17 ball, 83.84% C+
📞Laylo Aminjonova 52.92 ball, 81.42% C+
📞Hojiakbar Ahmadov 50.58 ball, 77.82% C+

👑O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunga kelib 11-sinf o'quvchilarimizning barchasi chet tilidan tegishli sertifikatga egadir!

🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🤩Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari Bilim va malakalarni baholash agentligining ona tili va adabiyot fanidan "Umumta'lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat"laridan yuqori natijalarni qoʻlga kiritishmoqda.

💎Jumladan, Tasanno Abduvahhobovaning yuqori natija ko‘rsatganligi alohida e'tirofga loyiq.

🗣Milliy sertifikatni qo'lga kiritgan vakillarimizdan:

9-sinf o‘quvchilari:

📞Tasanno Abduvahhobova 68.31 ball, 100% A
📞Mushtariy Sulaymonova 63.33 ball, 97.43% B+
📞Nodirabegim Saidjonova 63.23 ball, 97.28% B+
📞Gulyora Hoshimjonova 61.83 ball, 95.12% B+
📞Rayhona Anvarova 59.98 ball, 90.74% B
📞Rayhona Nurmahammadova 59.8 ball, 92% B
📞Farangiz Mahamadaliyeva 59.73 ball, 91.89% B
📞Husnirabonu Sobirova 58.98 ball, 90.74% B
📞Gulnoza Bahromova 58.92 ball, 90.65% B
📞Ibodatxon Nosirjonova 58.8 ball, 90.46% B
📞Jasminaxon Azimova 58.67 ball, 90.26% B
📞Muslimaxon Isaqjonova 56.38 ball, 86.74% B
📞Mumtozbegim Mamajonova 55.83 ball, 85.89% B
📞Dilangez Bahronova 55.12 ball, 84.8% B
📞Dilobar Abdulfattohova 54.64 ball, 84.06% C+
📞Bibixojar Abdug‘aniyeva 54.17 ball, 83.34% C+
📞Ro‘zixon Mahammadova 53.39 ball, 82.14% C+
📞Mahbuba Hayitboyeva 51.3 ball, 78.92% C+
📞Xushnoza Ahmadjonova 48.92 ball, 75.26% C
📞Ominaxon Sodiqjonova 47.56 ball, 73.17% C
📞Feruza Abdulaxatova 47.5 ball, 73.08% C

👑O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunga kelib 11-sinf o'quvchilarimizning barchasi chet tilidan tegishli sertifikatga egadir!

🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Andijon shahridagi Prezident maktabida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari korrupsiyani oldini olishga qaratilgan ijtimoiy videorolik
tayyorladi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir
bo’lib o’tdi.

Nukus shahridagi Prezident maktabida pedagoglar uchun kasbiy rivojlanish seminar-treningi
tashkil etildi.

Halima Xudoyberdiyeva, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktablari oʻquvchilari
Sirdaryo viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi huzuridagi "Chavandozlar maktabi"da ot minish mashgʻulotlarida
qatnashdi.

Erkin Vohidov, Halima Xudoyberdiyeva, Abdulla Oripov, Ogahiy nomidagi ijod maktablari, Yangiariq, Bandixon, Boyovut, Quyi Chirchiq, Sharof Rashidov, Uchqoʻrgʻon, Toʻraqoʻrgʻon, Chinoz, Dehqonobod tumanlari, Bekobod, Fargʻona shaharlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari oʻquvchilari fanlar boʻyicha milliy sertifikatni qoʻlga kiritdi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti professor-oʻqituvchilar bilan sohaviy hamkorlik boʻyicha muloqot
tashkil etildi.

Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida televideniye mutaxassisi ishtirokida mahorat darsi
oʻtkazildi.

Doʻstlik tuman ixtisoslashtirilgan maktabida xalqaro va mahalliy oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan sobiq bitiruvchilar bilan uchrashuv loyihasi
yoʻlga qoʻyildi.

Shoʻrchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Farzandimga kitob sovgʻa qilaman" aksiyasi
boʻlib oʻtdi.

Moʻynoq, G‘allaorol tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida milliy sport o‘yinlari o‘tkazildi.

Zomin, Kitob tumanlari ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari oʻquvchilari xalqaro va mahalliy taʼlim grantlarini qoʻlga kiritdi.

Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Fuqaro muhofazasi oyligi" doirasida, soha vakillari ishtirokida profilaktik tadbir
uyushtirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qaror_ijrosi_amalda
#hamkorlik

🤩O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti va Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘rtasida qo'shma qaror imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-147-son qarorida va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024-yil 13-apreldagi 3/10-1015-son xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining "Jahon tillari va adabiyoti" va "O‘zbek tili va adabiyoti" kafedrasi filialini tashkil etildi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida ijod maktabi direktori Nigoraxon Mannopova va institut “Jahon tillari va adabiyoti” kafedra mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Hamdam Ismoilov ishtirokida kelgusi ishlar yuzasidan kelishib olindi.

🗣Darhaqiqat, ushbu tasdiqlangan qo‘shma qarorning yana bir asosiy maqsad shuki, o‘quvchilarni ta’lim olishlari, yetuk tarbiya topishlari borasida alohida chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan. Ta’lim sohasida o‘tkazilayotgan barcha islohotlarning bosh maqsadi zamirida yoshlarni uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlarida davlat ta’lim standartlari talablari darajasida bilim, ko‘nikma va malakalarini hosil qilish yotadi. Zero, bugungi kun o‘quvchisi ertangi yorug‘ kunlarimiz bunyodkoridir.

🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilondagi "Zamin Creative" studiyalarining yangi ishtirokchilari va bitiruvchilari qatnashdi.

Festival yoshlarga birgalikda ijodiy loyihalarni amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Media yo‘nalishida ishtirokchilar dunyoga mashhur rishtonlik kulol Alisher Nazirov va Yodgorlik ipak matolari fabrikasi bilan hamkorlikda "Nigoh" ko‘rgazmasini tayyorladi. Yosh aktyorlar o‘zlarining sahna ko‘rinishlarida daraxtlar kesilishi va dengizlar qurishi kabi muhim ekologik mavzularni ko‘tardilar. Yosh dizaynerlar "birgalikda, bir butun bo‘lish" g‘oyasini asos qilib, milliy quroq usuli, ya’ni mayda parchalardan bir butun buyum yaratish an’anasi orqali insonning tabiatga mehribon munosabatini ochib berdilar.

Ziroat Mirziyoyeva bolalarni festival muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabrikladi, ijodiga muvaffaqiyatlar, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish sari yo‘lda to‘liq erkinlik, shodlik va ilhom tiladi.
#BizTurlimizBizTengmiz

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube