Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
994 subscribers
12.5K photos
1.48K videos
58 files
4.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#Mahorat_darsi

📁Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Zuhra Aliyeva tomonidan belgilangan rejaga asosan mahorat darsi o'tildi.

📖Mahorat darsida "Badiiy asar gʻoyasi" mavzusida so'z bordi. Shoira Zuhra Aliyeva bilan o‘tgan uchrashuv samimiy ruhda kechdi. Oʻzbek adabiyotida yaratilgan hikoyalar misolida badiiy asar gʻoyasi haqida ma'lumotlar berdi.

📋Darsda ijodiy to'garak a'zolari va adabiyotning nazm yo'nalishiga qiziquvchi o'quvchilari ishtirok etishdi.

❇️Mahorat darsi so’ngida o’zaro savol-javoblar bo’lib o’tdi hamda mahorat darsi o‘quvchilarning mushoiralariga boy, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.


🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
#sayyor_qabul

⚡️AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori A.Ubbiyev bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda sayyor qabul o‘tkazdi.

Aholining Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yo‘nalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan sayyor qabulda Samarqand, Toshkent, Farg‘ona viloyati hamda Toshkent shahridan fuqarolar qatnashib, o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan Agentlik rahbariyatiga murojaat qildi.

Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilingan bo‘lsa, ayrim murojaatlarning o‘rganilishi vaqt talab etganligi bois tegishli tartibda nazoratga olindi.

Bu kabi sayyor qabul va aholi vakillari bilan muloqotlar odamlarni qiynab kelayotgan muammolarini joyida hal etish, og‘irini yengil qilish, ko‘mak berish, fuqarolarning davlatga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qarori

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tarixiy_sana
#Amir_Temur_688

Markaziy Osiyo xalqlarining iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ davlat arbobi va sarkarda, fan va madaniyat homiysi sohibqiron Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ilgan.

Amir Temur va temuriylar hukmronligi davrida Movarounnahr va Xurosonda taʼlimga eʼtibor, ilm- fanga homiylik davlat siyosatiga aylandi. Barcha shaharlarda oliy taʼlim dargohlari madrasalar barpo etilib, oʻz davrining yetuk olimu ulamolari tolibi ilmlarga dars berishga jalb etilgan.

Temuriylar davri renessansi rivoji bevosita Amir Temur asos solgan ulkan saltanatda adolatli boshqaruv tizimi barpo etilganligi katta oʻrin tutgan. Amir Temur har qanday taraqqiyotning asosi sifatli taʼlim tizimi ekanligini chuqur anglagan edi. Shu sababli Sohibqiron birinchi galda taʼlim va tarbiyani toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, ilmli, maʼrifati shaxslarning jamiyatdagi mavqeyini koʻtarish yoʻlidan bordi. Ulkan saltanatning barcha shahar va yirik qishloqlarida koʻplab boshlangʻich maktablar barpo etildi.

Tarixiy manbalarning dalolat berishicha, Amir Temur va Temuriylar davrida oʻgʻil bola 4 yil, 4 oy va 4 kunlik boʻlganda maktabga berish anʼanasi amalda boʻlib, boshlangʻich taʼlim ulkan saltanatning barcha madaniy oʻlkalarini qamrab olgan edi.

O‘sha davrning asosiy ta’lim dargohlari bo‘lgan maktab va madrasalarga vaqf mulklari ajratish orqali ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Zamin Foundation
Marg‘ilonda "Zamin Creative" inklyuziv ijod studiyasi ochildi. Darslar uchta yo‘nalish: media, dizayn va teatr san’ati bo‘yicha o‘tkaziladi.

Shu yerda 14–18-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan festivalda Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilondagi beshta "Zamin Creative" studiyalari o‘z ijodiy ishlarini namoyish etadi. Bu — yosh fotosuratchilar, dizayner va aktyorlarga bir-biri bilan tanishish, yutuqlarini ko‘rsatish va birgalikdagi ijodiy loyihalarga ilhom bag‘ishlash uchun ajoyib imkoniyat.

В Маргилане открылась инклюзивная творческая студия Zamin Creative. Уроки проходят по трём направлениям: медиа, дизайн и театральное искусство.

Здесь же с 14 по 18 апреля пройдёт творческий фестиваль, на котором свои работы представят все 5 студий Zamin Creative из Карши, Ташкента, Андижана, Нукуса и Маргилана. Для юных фотографов, дизайнеров, актеров — это отличная возможность познакомиться, показать свои достижения и вдохновить друг друга на совместные творческие проекты.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube