Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.03K subscribers
12.2K photos
1.46K videos
58 files
4.27K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#bizning_ijod

SINGILCHAM

Olmaniyam g‘ajiydi,
Xolvaniyam g‘ajiydi.
Desam – nechta tishing bor?
Deydi – nima ishing bor?

Ertadan to kechgacha,
Mondali bir ish qilmas.
Go‘yo mitti echkicha,
Foydali bir ish qilmas.

Kun tartibi doim shu,
Tinmasdan yeydi faqat.
Bunaqada singlimcham
Bo‘pqolar shirin ovqat.

✍️Bibihojar Abdug'aniyeva, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 8-sinf o'quvchisi

🔎Erkin Vohidov nomidagi
ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Audio
#bizning_ijod

📖Ona, boshim egib poyingizdaman...

📻Nigina Ergasheva, Erkin Vohidov nomidagi
ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi.

🧑‍💻 Audiovizual asarlar yaratish to'garagi a'zolari

Erkin Vohidov nomidagi
ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Audio
#bizning_ijod

📖Tilagim...

📻Husnida Xodjayeva, Erkin Vohidov nomidagi
ijod maktabining 7-sinf o‘quvchisi.

🧑‍💻 Audiovizual asarlar yaratish to'garagi a'zolari

🔎Erkin Vohidov nomidagi
ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Audio
#bizning_ijod

📖Yomg'ir...

📻O'g'iloy Toshpo'latova, Erkin Vohidov nomidagi
ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi.

🧑‍💻 Audiovizual asarlar yaratish to'garagi a'zolari

🔎Erkin Vohidov nomidagi
ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Audio
#bizning_ijod

📖 Sirli g'alaba

📻Rayimjonova Gulrux, Erkin Vohidov nomidagi
ijod maktabining
11-sinf o‘quvchisi.

🔎Erkin Vohidov nomidagi
ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#bizning_ijod

***
Mening buvim ertak aytib uxlatmadi,
O‘ylar edim: «U kishida yo‘qmi rahm?».
Tunda ertak so‘rasam goh, derdi: «Qani,
Bir qaytar-chi,
«Bismillahir rohmanir rohiym»...

Ulg‘ayganman mo‘jizakor qalpoqcha-yu
Baliqdanmas, Yaratgandan so‘rab yordam.
«Qaytar», – desa, kalimani bot-bot aytib,
Qo‘rqib o‘sdim ajinamas, shaytonlardan.

Buvim yodga tushaverar va o‘gitlar,
Yodga olsam bolaligim – bahorimni.
Qo‘g‘irchog‘im derdim bir kun yashaydigan
Ko‘zlari yo‘q, sochli makkajo‘xorimni.

Katta hayot «katta» qizni kutib oldi,
O, bu olam muhabbat-la go‘zal ekan.
Cho‘pchak bilan uyg‘otmoqchi bo‘lma, dunyo,
Mening buvim ertak aytib uxlatmagan...

✍️Muattar Mamatkarimova, Erkin Vohidov
ijod maktabi bitiruvchisi.

🔎Erkin Vohidov nomidagi
ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#bizning_ijod

Muhammad Yusufga nazira
Mehringni yozmayman hech qachon
“Nega “deb so`rama faqat iltimos.
Kimdir she`rni o`qib havas-la seni,
Sevib qolishidan qo`rqaman xolos.

Gaplar, atrofdagi g`iybat o`tkinchi,
Axir bizni qo`llaydigan Haq mavjud.
Sezyapman har nafas kutayotganing,
Uchrashmoqchi bo`lsang manzil tahajjud.

Qo`y endi ularni o`ylama,
Odamlarga qo`ysang, nimalar demas.
Sen faqat hayotga muhabbat-la boq,
‘Sevish kerak…Yashash shart emas.”

✍️ Xushnoza Ahmadjonova
🏢 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 8-sinf oʻquvchisi
Forwarded from Mahmudxon Kuchkarov
#bizning_ijod

Muhammad Yusuf she’riga nazira
,,Uxlamaydi tunlari,
Oy nurlari taralgan.
O‘zbekning ayollari,
Farzand uchun yaralgan’’.

Kimlar oshiq bo’lmagan
So’zlagan har so‘ziga.
Uyalib qarolmaydi,
Begonaning ko‘ziga.

Ta‘zim qilar gullar ham
Oydan go‘zal yuziga.
Shundoq ham chiroylidir
Oro bermas o‘ziga.

Sovchi kelsa uyiga,
Chiqolmay xonasidan.
Hatto bir so‘z aytishga
Uyalar onasidan.

Kulganda chehrasidan
Yorqin nurlar taralgan.
O‘zbegim ayollari,
Iqbol uchun yaralgan.

✍️ Mohlaroyim Xayrullayeva
🏢 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 8-sinf oʻquvchisi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_ijod

📖Ona, boshim egib poyingizdaman...

📻Nigina Ergasheva, Erkin Vohidov nomidagi
ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi.

🧑‍💻 Audiovizual asarlar yaratish to'garagi a'zolari

🔍Erkin Vohidov nomidagi
ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#bizning_ijod

Uzum bahonasida...

Yiltir-yiltir nozlanib,
Tovlanib turar uzum.
Yanoqlari qip-qizil
Ko’rib kelardi uzgim.

“Chilgi”-chirikdek,lekin
“Husayni”-Hasan,Husan.
“Rizamat ota”-boshliq,
Yeging keladi ko’rsang.

Men bu gaplarim bilan
O’zni ovutmoqchiman.
Qo’lda miltig’im bilan
Chumchuqni otmoqchiman.

✍️Gulyora Hoshimjonova, Erkin Vohidov nomidagi
ijod maktabining 9 - "A" sinf oʻquvchisi

🔎Erkin Vohidov nomidagi
ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#bizning_ijod

BAXTIYOR BOLALIK

Baxtim ochilsa guldek,
Yuragim yayrab ketar.
Sheʻrlarim ham xushovoz,
Bulbulday sayrab ketar.

Uygʻonsam ertalabda,
Mehring his qilay Vatan.
Tuproqlaring qalbimda,
Gullagan gulzor chaman.

Dugonam bilan birga,
Yasadik qayiqchalar.
Ariqda oqsa sekin,
Hayrondir baliqchalar.

Shunday imkon yaratgan,
Yurtboshimga ming shukur.
Bolaligim gullatgan,
Xalqim senga tashakkur!

✍️Shoiraxon Omonova, Erkin Vohidov nomidagi
ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi

🔎Erkin Vohidov nomidagi
ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Bizning_ijod

🎙 Mohinur Rahimberdiyeva
🔰 8- "B" sinf o'quvchisi

Another Time

For us like any other fugitive,
Like the numberless flowers that cannot number
And all the beasts that need not remember,
It is today in which we live.

So many try to say Not Now,
So many have forgotten how
To say I Am, and would be
Lost, if they could, in history.

Bowing, for instance, with such old-world grace
To a proper flag in a proper place,
Muttering like ancients as they stump upstairs
Of Mine and His or Ours and Theirs.

Just as if time were what they used to will
When it was gifted with possession still,
Just as if they were wrong
In no more wishing to belong.

No wonder then so many die of grief,
So many are so lonely as they die;
No one has yet believed or liked a lie,
Another time has other lives to live.


✍️ Wystan Hugh Audin

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI  OromgohI   FacebookI YoutubeI O‘zbegimI InstagramI 👈
Forwarded from Abduhayot Abduqodirov
#Erkin_Vohidov_tavalludining_87_yilligi
#bizning_ijod
#tanlovga

“TO QUYOSH SOCHGAYKI NUR”

Tog‘ ortidan ko‘taradi bosh,
Uyg‘oninglar farzandlarim deb.
Ona kabi mehribon quyosh,
Anduh chekar ich-ichini yeb.

Har kun o‘ylar farzand haqida,
O‘y suradi tundan tonggacha.
Yangrab qoldi tog‘dan aqida,
Jarangladi to gardungacha.

Oh, bu qanday aqida,
Zir titradi tog‘lar ham hatto.
So‘z aytolmas hech kimsa bunda,
Xurshid, falak, inson ham hatto.

Zero quyosh sochar ekan nur,
Nuroniydek hisor tog‘lari.
Chaqiradi jannatdan bir hur,
Farq qilmaydi so‘lim bog‘lari.

Toki quyosh sochar ekan nur,
Inson zoti hech ham o‘lmaydi.
Shul sabab ham “Xurshid” ekan dur,
Quyoshimiz hech ham so‘lmaydi.

✍️Tursunali Davlataliyev, Erkin Vohidov nomidagi
ijod maktabi 7-“D” sinf oʻquvchisi.
#bizning_ijod
#yosh_tarjimonlar

ORZU

Tug‘ilmasdan oldin men
Chiqib arshi a’loga ,
Oyni o‘pib qoldim men
Yulduzlardan baloga .
Tug‘ilgandan to shu dam ,
Qo‘msab kecha – kunduzlar,
Oy qani deb yig‘lasam ,
G‘iybat qilar yulduzlar …
Xiqqillama , hey yurak ,
Dunyo bilan ishim yo‘q .
Bo‘lsa menga Oy kerak
Yulduzlarga xushim yo‘q .
Muhammad Yusuf she’ri

DAYDREAM
I flew up the universe,
It was until I was born.
And I get issue with stars,
Cause of kissing the Moon’s cheek.
Since my birth time and till now,
Missing her all nights and days.
Crying : Oh , where is my Moon,
And stars have been gossiping.
Please don’t you cry, hey my heart,
I have no need of the world.
What I need is only Moon,
No desire to the stars.

Written by Mukhammad Yusuf
Translated by Qodiraliyeva Nargizaxon, the 7th “B” class


🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_ijod
#yosh_tarjimonlar

QODIRIYNI ESLAB

Ruhingizga sig'inganim choq
His qilàman o'zimni ruhsiz.
Do'st qalbida tiriksiz, biroq
G'anim uchun olamda yoqsiz.

Arvohingiz baxtli otadek,
Yurtga boqsin
Bugun shod bolib,
Yurtda minglab Anvar, Otabek
Ulg'aymoqda temirzot bolib.

So'ngach
Yana chaqmaydi chaqmoq,
Fazo borki yog'du hamnafas.
Omon bolsa el ona tuproq,
Siz oxirgi Abdulla emas.

MEMORY OF KODIRIY

When I am praying for your spirit,
I feel disappointed myself.
You live in the heart of your friends,
But disappered from enemies' heart.
Your spirit as a happy father,
Watching Homeland happily today.
There growing up as the iron men,
Thousands of Anvars and Otabeks,
The dead lightning wouldn't rise again,
The sky's live, so there is light enough.
If people and motherland are safe,
You will not be the last Abdulla.

Written by Anvar Obidjon
Translated by Halimjonova Gulyora the 7th "B" class


🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_ijod

BAXT QIZIGA

Baxt qizi,
Baxtlansang ko‘zlaring
Porlasin anduhni unutib.
Bo‘ronli bulutlar kelganda,
Yashama taqdirga ko‘nikib.

Sarqitlar izlama ro‘yodan,
Ko‘nglingni bilaman, arazchim.
Qalbiga tosh to‘lgan bag‘ritosh,
Ortingga bir bora qarachi.

Bilmaysan, ko`zlaring sotadi,
Armonga aylangan hislaring.
Shahtsizim, shashtsizim, ishqsizim,
Men seni bo‘shliqdan izladim.

Yuraging sindirgan yuraksiz,
Fususdan, alamdan kuysin-a,
Va baxtning baxtiyor qizini,
Xudoyim suysin-a, suysin-a.

Baxtlansang ko‘zlaring porlasin…

✍️Dilfuza BAXTIYOROVA, Erkin Vohidov nomidagi
ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#bizning_ijod

Dard dedilar -
ismingni aytdim,
Baxt dedilar -
ismingni aytdim,
Dunyodagi buzilmas vaʼda,
ahd dedilar -
ismingni aytdim...

Qarorlarim oʻzimdek erka,
Ming bor kechib,
Ming bora qaytdim.
Qalbingdagi soflik yokida
Gard, dedilar
Ismingni aytdim.

Baʼzan shovqin solar sensizlik,
Baʼzan qolib ketaverdim jim.
Yashashingdan sabab ne edi?
Ayt, dedilar
Ismingni aytdim.

... Hayot dedi,
Muhabbat dedi
Axir yolgʻiz qolmaydi hech kim.
Bir insonni baxtli qilishing
Shart, dedilar
Ismingni aytdim...!

✍️Durdona Inomjonova, Erkin Vohidov nomidagi
ijod maktabi bitiruvchisi.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#bizning_ijod

ONA

Betin yuragimga sanchilar tikan,
Ko‘zlarimdan oqar tomchi-tomchi qon.
Hamma shod-u xurram oʻynab yurganda,
Men kimning o‘rniga toʻlayman tovon?!

Eski boshmog‘imdan suv o‘tsa o‘tar,
Mayli qarg‘ayversin qarg‘ishchi o‘gay.
Men egsam boshimni g‘amlarga emas,
Ariq labidagi yalpizga egay.

Ona, javob bering unsiz boʻlsa-da,
Bilaman jarlikning uyog‘idasiz.
Men hali chizmagan mehr rasmining,
Mo‘yqalam ko‘rmagan bo‘yog‘idasiz.

Yana tong otmoqda sogʻinch sadosi
Yurakda hech oʻlmas qasida boʻldi.
Quvonchni unutgan baxtsiz bolalik,
Koʻngil koʻchasida tugʻilmay oʻldi...

Ona, men yangitdan yashayman endi
Oʻzligin topganday daydi metiorit.
Qishloqdan ketaman tong yorishmasdan,
Va qayta tugʻilar yoʻqolgan umid.

✍️Ernis ABDIMANNABOV, Erkin Vohidov nomidagi
ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Bizning_ijod

KETMONNING ARZ-DODI


To‘yib ketdim baridan,
Ketaman dam olishga.
Ana, mening o‘rnimga
Belkurak chiqsin ishga.

Tinim bilmay ishlayman,
Dalalarni sug‘orib.
Har kuni yer tishlayman,
Ketdi-ku boshim og’rib.

Qattiq ishlab yuborsam,
Belim og‘riydi doim.
Bu ketishda mening ham,
Qolmaydi-ku sog’ joyim.

“Mehnatning tagi rohat”,
Degan maqol yolg‘onmi?
Yoki menga kelganda
Ish uzayib qolganmi?

Lekin bitta narsani
Sira anglab yetmadim –
Fermerlar boy-ku, nega
Men hech boyib ketmadim?!

Nodira XOLDORALIYEVA
Erkin Vohidov ijod maktabining
9-sinf o‘quvchisi


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Bizning_ijod

MUHAMMAD YUSUFNING
“TUSHUNMAYSAN” SHE’RIGA NAZIRA


Yanglish keldim, men adashdim,
Aqli raso, tushunmaysan.
Olamimiz o‘zga olam –
O‘zga mavo, tushunmaysan!

Endi ko‘nglim qolmas omon,
Men – pushaymon, u – pushaymon,
O‘rtamizda bo‘ldi sarson,
Topmay davo, tushunmaysan!

Vujudimning shohi, xoni,
Mehr bilan tirik joni,
Bu dunyoning to‘rt tomoni
Bo‘ldi rasvo, tushunmaysan!

Xasrat ichra so‘lib ketdi,
Do‘st-u dushman kulib ketdi,
Ko‘z-yoshimga to'lib ketdi,
Yer-u samo, tushunmaysan!

Bilmam, neni izlaydi u,
Kecha-kunduz bo'zlaydi u,
Ishq haqida so‘zlaydi u,
Ishqsiz dunyo, tushunmaysan!

"Mening borim erur ko'nglim,
Mening yorim erur ko'nglim"
Mening baxtga eltar yo'lim –
Yolg'iz Xudo, tushunmaysan!

Mohlaroy TOʻLQINOVA
Erkin Vohidov ijod maktabining
8-sinf oʻquvchisi

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈