Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.04K subscribers
12.2K photos
1.46K videos
58 files
4.27K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Ota_onalar_bilan_uchrashuv

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida 8-,9-,10-,11-sinf o‘quvchilari ota-onalar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvni ijod maktabi direktori Nigoraxon Mannopova boshlab berdi va ota-onalarga ularning majburiyatlarini, tuzilgan shartnoma shartlarini eslatib o‘tdi.

Ijod maktab direktori o‘rinbosarlari Kamoldin Marasulov, Saidakmalxon Mamatov, Muhammadamin Nurmatovlar bitiruvchi sinflarning OTMlariga jalb qilinishlari, har chorakda o‘tkaziladigan ijodiy va ilmiy monitoring natijalari haqida gapirib o‘tishdi.

Uchrashuv davomida ota-onalar maktabning ta'lim jarayonlari, milliy va xalqaro sertifikatlarga, har bir chorak yakuni bo‘yicha choraklik summativ baholash imtihonlariga farzandining tayyorgarliklari haqida tushunchaga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, o'quvchilarning birinchi chorak davomida qayd etgan natijalari ota-onalar bilan birgalikda muhokama qilindi.
ЭРКАК БЎЛ
Эрмисан, эркак бўл, саналмас бутун
Бир аёлни бахтли қилмаган эркак.
Бошимда эрим бор, деган сўз учун
Аёлни бошингга қўйишинг керак.
2009
Эркин Воҳидов, Ўзбекистон халқ шоири
Амал – ўткинчи, уй – абадий
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси раисининг ўринбосари этиб тайинланган Йўлдош Сулаймон бир куни Эркин акадан сўради:
– Фарғонада Ёзувчилар уюшмаси бўлимининг бошлиғи эдим, энди юқори ташкилотга ўринбосар бўлиб келдим. Билолмай турибман, мени кўтаришдими, пастлатишдими?
– Бу кўтарилиш ҳам, пастлаш ҳам эмас, – деб тагдор жавоб қилди Эркин ака. – Тошкентдан текинга квартира олиш дейдилар буни!
Анвар Обиджон, Ўзбекситон халқ шоири
Diqqat_tanlov!

📣📣 Aziz o’quvchilar!

1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozingizni noodatiy yo'l bilan xursand qilmoqchimisiz?

Unda biz sizga shunday imkon beramiz!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bugungi kunda yuqori sinf o’quvchilarining ijtimoiy tarmoqdagi faolliklari, ular tomonidan ishlanayotgan roliklarning trendga chiqayotganini inobatga olib, ushbu mahorat evaziga rag'batga ega bo'lishga chorlab qoladi.

❗️O'qituvchingiz haqida rolik suratga oling va ustozingiz uchun sovg'a yutib oling!

⚠️Xo’sh, buning shartlari qanday?

Rolik davomiyligi 2 daqiqadan oshmasligi kerak;

Ushbu postni o‘z sahifangizda bo‘lishishingiz lozim (bo‘lishganda sahifangiz ochiq bo‘lsin);

Ijodiy ishingizni #Ustozimga xeshtegi bilan o‘z sahifangizda ham, vazirlikning Facebook sahifasida ushbu tanlov e'lon qilingan post ostida ham bo‘lishing.

✔️ Jamoatchilik tomonidan eng ko'p layk yiqqan ijodiy ish tanlov g’olibi deb topiladi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdirlanadi.

🥇1-o'rin - monoblok
🥈2-o'rin - kompyuter
🥉3-o'rin - noutbuk

Roliklarni tayyorlashda ijodiy yondashuv olqishlanadi.

❗️Tanlovda qatnashish huquqiga faqat barcha shartlarni bajargan ishtirokchilar ega bo’ladi.

⚡️Tanlov g'oliblari 28-sentabr kuni soat
1️⃣5️⃣:0️⃣0️⃣ da e'lon qilinadi.

Vaqt ketdi!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_ijod

BAXTIYOR BOLALIK

Baxtim ochilsa guldek,
Yuragim yayrab ketar.
Sheʻrlarim ham xushovoz,
Bulbulday sayrab ketar.

Uygʻonsam ertalabda,
Mehring his qilay Vatan.
Tuproqlaring qalbimda,
Gullagan gulzor chaman.

Dugonam bilan birga,
Yasadik qayiqchalar.
Ariqda oqsa sekin,
Hayrondir baliqchalar.

Shunday imkon yaratgan,
Yurtboshimga ming shukur.
Bolaligim gullatgan,
Xalqim senga tashakkur!

✍️Shoiraxon Omonova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Танқидмисан танқид!
Устознинг етмиш ёшга тўлиши нишонланаётган кунлар эди. У киши билан учрашиб қолиб, янги чоп этилган “Ўзбегим” китобини яйраб ўқиганимни айтсам, мени ҳадеб мақтайверсаларинг талтайиб кетишим ҳеч гапмас, ора-сира танқид ҳам қиптуринглар, деб ҳазиллашди.
– Тўғри, камчиликларингиз ҳам бор, – дедим ўзимни терсроқ тутиб. – Энг катта нуқсонингиз шуки… Ҳм-м…
– Тортинмай гапираверинг…
– Очиғини айтсам, ҳаддан ташқари қизғанчиқ шоирсиз, ниҳоятда қисқа ёзасиз. Ўқи-и-б борамиз-у, эндигина завқимиз тошаётганида, бирданига якун топади-қўяди. Шеърингизга тўймай қоламиз.
Эркин ака нимтабассум ила кўзимга боқиб тургач, кўкрагини силаб деди:
– Умрим бино бўлиб, бунақа ажабтовур даккини энди эшитишим. Аямай гапираверинг, мен ҳам танқидингизга тўймай турибман.
Анвар Обиджон, Ўзбекистон халқ шоири
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#fan_olimpiadasi

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 13-sentabrdagi 02-12-1604-sonli xatiga asosan ixtisoslashtirilgan hamda umumta’lim fanlari bo‘yicha asosiy olimpiadaning birinchi (maktab) bosqichiga start berildi.

💻Ushbu fan olimpiadasi shaffof tarzda, keskin raqobat ostida o'tmoqda...

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈