Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
965 subscribers
12.7K photos
1.5K videos
58 files
4.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#Erkin_Vohidov_ijod_maktabi
#yosh_kitobxon_2024

📚Bugun
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida maktab tomonidan tashkil etilayotgan "Yosh kitobxon" tanlovining yarim final bosqichi o'tkazildi.

Tanlovning yarim final bosqichi "Tezkor savol-javob" sharti asosida o'tkazildi. Ishirokchilarga tanlovda o'qish uchun tavsiya etilgan asarlardan savollar berildi.

💫10-14 yosh toifasidagi kitobxonlar o'rtasida tashkil etilgan tanlovda yigirma olti nafar o'quvchilar ishtirok etdilar.

🏆Savollarga to'g'ri javob berib, eng ko'p bal to'plagan ishtirokchilar tanlovning keyingi final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Erkin_Vohidov_tavalludining_88_yilligi

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o’quvchilari o’rtasida “Erkin Vohidov stipendiyasi - 2024” ko‘rik-tanlovining birinchi bosqich ijodiy yo‘nalishida imtihon o‘tkazildi.

Bunda o‘quvchilar 9-, 10-, 11-sinflar kesimida “Mayli, mushkul bo‘lsin sen tanlagan yo‘l…” kabi ijodiy mavzusida ishtirok etishdi.

Ushbu stipendiya
Erkin Vohidov oilasi hamda ijod maktabi ma'muriyati tomonidan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari uchun ta'sis etilgan.

Bilimdon, ijodkorlarimizga kelgusi bosqichlarda omad va zafarlar tilab qolamiz!!!


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Erkin_Vohidov_tavalludining_88_yilligi

⚡️
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o’quvchilari o’rtasida “Erkin Vohidov stipendiyasi - 2024” ko‘rik-tanlovining birinchi bosqich ijodiy yo‘nalishida imtihon o‘tkazildi.

Bunda 9-, 10-, 11-sinf oʻquvchilari shoir hayoti va ijodiga doir test va savollar(25 ta)ga yozma tarzda javob berdilar.

💫Ushbu stipendiya
Erkin Vohidov oilasi hamda ijod maktabi ma'muriyati tomonidan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari uchun ta'sis etilgan.

💥Bilimdon, ijodkorlarimizga kelgusi bosqichlarda omad va zafarlar tilab qolamiz!!!


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Erkin_Vohidov_tavalludining_88_yilligi
#ochiq_dars

⚡️Ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Gulshanoy Zuhriddinovaning 10-“B” sinfda
Erkin Vohidov tavalludining 88yilligi munosabati bilan "Ruhlar isyoni"dostoni yuzasidan munozarali ochiq darsi o'tkazildi.

Dars qiziqarli o‘yinlar, qizg‘in bahs-munozara, do‘stona muhokama va tortishuvlarga boy o‘tdi. Eng muhimi jarayonda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan maqsadli va samarali foydalanildi.


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#28_dekabr
#Erkin_Vohidov_tavalludining_88_yilligi

(Erkin Vohidovning "Ruhlar isyoni" dostonini oʻqib )

Suronlar tinmadi,
Kechalar bedor
Gʻanimlar tinmadi – osmon qop-qora!
Kalkuttaga koʻchgan hislarim nochor
Qayon ketayapmiz jonsiz-ey,
Yo Rab!?

Koʻzyoshlar tinmadi – tindimi tenglik...
Bardoshlar tinmadi – koʻksimda qafas.
Vatandan tashqari –
hammasi kenglik
Vatandan ichkari –
nafas yoʻq nafas!

Olqishlar tinmadi – yana aldarlar
tavoze boshlanar misli
nun,
mim,
lom!
Oʻzidan hijolat boʻlar vaʼdalar –
Koʻzimda yigʻlaydi hur Nazrul Islom!

- "Hakimlar tinmadi, qilmadi qasddan,
Demak, tabiblarga kiydiramiz toj..."
Bir avlod bemordir, bir avlod xasta
Qalb koʻzin ochuvchi Hakimga muhtoj.

Ey, koʻnglim!
Ruhlar isyon qilib tinmayotganda
Oʻlaksalar ichra yashashga koʻnding?!
Ajdoding sen boʻlib yonayotganda
Sen esa tinding,
Sen esa tinding,
Sen esa tinding...

✍️ Nilufar Ergasheva,
Oʻzbekiston Milliy universiteti talabasi

👉TelegramI
OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Erkin_Vohidov_ijod_maktabi
#yosh_kitobxon_2024

📣Kecha "Yosh kitobxon" tanlovining tuman (shahar) bosqichi Farg'ona viloyatining barcha tuman va shaharlarida yuqori saviyasida o'tkazildi.

🎉Ushbu tanlovda Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining bir qancha o'quvchilari ham faol ishtirok etib, eng yuqori o'rinlarni qo'lga kiritdilar.

🏆Jumladan, tanlovning 10-14 yosh toifasida maktabimizning to'qqiz nafar o'quvchilari g'olib bo'ldilar:

🥇8-D sinf o'quvchisi  Salohiddinova Rayhonoy
🥇7-A sinf o'quvchisi Rahmonova Munisaxon


🥈8-D sinf o'quvchisi Davlataliyev Tursunali
🥈8-D sinf o'quvchsi Siddiqov Muslimbek
🥈8-D o'quvchisi G'ulomova Manzura
🥈7-D o'quvchisi Isroilova Muhsinabonu


🥉7-D o'quvchisi Xolmirzayeva Gulsanam
🥉7-B o'quvchisi Mahmudova Parizoda
🥉7-A o'quvchisi Adhamov Shukurullo

⚡️G'oliblikni qo'lga kiritgan barcha ishtirokchilarga tanlovning viloyat bosqichida omad tilaymiz!!!
#Erkin_Vohidov_ijod_maktabi
#yosh_kitobxon_2024

📣Kecha "Yosh kitobxon" tanlovining tuman (shahar) bosqichi Farg'ona viloyatining barcha tuman va shaharlarida yuqori saviyasida o'tkazildi.

🎉Ushbu tanlovda Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining bir qancha o'quvchilari ham faol ishtirok etib, eng yuqori o'rinlarni qo'lga kiritdilar.

🏆Jumladan, tanlovning 15-19 yosh toifasida maktabimizning olti nafar o'quvchilari g'olib bo'ldilar:

🥇9-A sinf o'quvchisi Xodjayeva Husnidaxon
🥇10-B sinf o'quvchisi Qosimova Gulsevar
🥇9-B sinf o'quvchisi Hatamova Charos


🥈9-A sinf o'quvchisi Muhammadiyeva Ozodaxon
🥈9-A sinf o'quvchisi Nazriddinova Nurjahon
🥈9-A sinf o'quvchisi Xolboyeva Dildora

⚡️G'oliblikni qo'lga kiritgan  barcha ishtirokchilarga tanlovning viloyat bosqichida omad tilaymiz!!!
#28_dekabr
#Erkin_Vohidov_tavallud_topgan_kun

FARGʻONANING YOʻLLARIDA

Deydilarki, er kishining
Uyalgani — oʻlgani.
Fargʻonaning yoʻllarida
Quvib oʻtdik “Volga”ni.

Dovon oshib, shamol boʻlib
Uchar bizning “Jiguli”,
“Jiguli”mas, nakd “Boychibor”,
“Havopaymo” deguli.

“Jiguli”da biz — toʻrt ulfat,
Dunyo bilan ishi yoʻk.
Oʻzimizdan juda magʻrur,
Bizga yetar kishi yoʻq.

Kechqurungi bazmi jamshid —
Toʻyga shoshib boramiz.
Koʻringan har gʻildirakni
Quvib oshib boramiz.

Bir payt bizning jayron toyni
Bilolmadik ne sabab,
Pachoqqina “Zaporojes”
Quvib qoldi, voajab.

Oʻzmoq boʻlib yoʻlni goh soʻl,
Gohi oʻngga soladi.
Tumov boʻlgan xoʻroz kabi
Bibildogʻin chaladi.

Bizlar esa boʻsh kelmaymiz,
Mingga qoʻyib bosamiz.
Qiy-qiylashib, til koʻrsatib,
Masxaralab qochamiz.

“Zaporojes” nima boʻpti,
Quvib oʻtdiq “Volga”ni.
Bos, der Parpi, er yeishining
Uyalgani — oʻlgani.

Rixsitillo qichqiradi:
“Togʻorangni nari ol”.
Egamberdi qahqah urar:
“Eski qumgʻon, yaxshi qol!”.

“Zaporojes” chidamadi,
Toʻrt ulfatni gangitib,
Shartta yoʻlni qirga soldi,
Hammayoqni changitib.

Tarilladi, varilladi,
Quvib oʻtdi, voh, qarang!
Quvib oʻtib mashinani
Yoʻlga qoʻydi koʻndalang.

Biz toʻxtadik.
Yoʻl berkilgan.
Oʻtishga hech imkon yoʻq.
Toʻrtov hayron oʻltiribmiz,
Tizzalarda darmon yoʻq.

“Zaporoj”dan chiqib keldi
Fargʻonalik barzangi.
Barzangining har yelkasi
Naqd Chotqolning xarsangi.

Belbogʻiga osib olgan
Pichogʻi ham bir quloch.
Qaltiraymiz, oldga yoʻl yoʻq,
Qaytishga ham yoʻq iloj.

Mashinani tashlab qochsak
Qayerga ham ketarmiz?!
Bitta-bitta ushlab olib
Chavaqlasa netarmiz?!

Ana, qaddin rostladi u,
Soʻng atrofga alanglab —
Bizga qarab asta yurdi
King-Kong misol lapanglab.

Shu payt iloj boʻlsa edi
Biz toʻrt akang qaragʻay,
Toshkentgacha qochar edik
Orqamizga qaramay.

Yaqin keldi, salomberdi,
Ertaklarda deydilar:
Devlar avval salom berib,
Keyin tutib yeydilar.

Derazadan qoʻlni tiqdi.
Ulkan, jundor, dahshat qoʻl.
“Soʻrashaylik” demaganda
Dodlar edik, engil hoʻl.

Guldiragan ovoz bilan
Gap boshladi: “Ming uzr.
Yoʻlingizni toʻsib sizni
Qilgan boʻlsam behuzur.

Mashinangiz gʻildiragi
Boʻshayotir, akalar.
Motordan ham moy ketganga
Oʻxshayotir, akalar.

Shuni aytish uchun quvib,
Yoʻlni toʻsdim, kechiring!
Endi oʻzim koʻrib beray,
Motor oʻtin oʻchiring”.

Shunday deya kirib ketdi
Mashinaning tagiga.
Soʻngra chiqib nasos urdi
Orqa gʻildiragiga.

Sehrlangan odamlardek
Turar edik biz hayron.
Qarashaylik desak qoʻymas:
“Fargʻonaga siz mehmon”.

Ish orasi latifalar
Aytib yana kuldirdi.
Xullas, shu kun dehqon yigit
Bizni tirik oʻldirdi.

Ishni sozlab, ariqchada
Yuvar ekan qoʻlini,
Soʻrab borar manzilimiz,
Aytdi yaqin yoʻlini.

Soʻng bor qarab mashinaga,
Yon koʻzguni tuzatdi.
“Oq yoʻl”, dedi, oʻzi ketmay
Avval bizni kuzatdi.

“Xayr, qamchi bosing, endi
Toychogʻingiz hech tolmas.
Bizning eski qumgʻon tugul
Samolyot ham yetolmas”.

Yoʻlga chiqdik izza boʻlib
Qip-qizarib, sharmanda.
Eng yomoni keyin boʻldi -
Toʻyxonaga borganda.

Ostonada oʻsha yigit
Bizni kutib turardi.
Qoʻlda qumgʻon, yelkasida
Sochiq tutib turardi.

Koʻzi kulib boqar edi,
Sir bermasdi u biroq.
Bundan koʻra bizni tutib
Ursa edi yaxshiroq.

Oʻzimizga ayon shu kun
Boʻlarimiz boʻlgani.
Deydilarki, er kishining
Uyalgani — oʻlgani.

✍️
Erkin Vohidov, Oʻzbekiston xalq shoiri.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
​​#Erkin\_Vohidov\_stipendiyasi

⚡️O‘zbekiston Qahramoni
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida iqtidorli yoshlar ilm va ijod sirlariga oshno bo‘lmoqda va nufuzli tanlovlarda g'oliblikni qo'lga kiritmoqdalar. Har yili ularni yanada qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom ijodiy raqobatni yuzaga keltirish maqsadida tanlov asosida Erkin Vohidov nomidagi stipendiya munosib sohiblariga taqdim etiladi. Ushbu stipendiya Erkin Vohidov oilasi hamda maktab-internati ma’muriyati tomonidan ijod maktabi o‘quvchilari uchun ta’sis etilgan. Stipendiya O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 88 yilligi arafasida topshiriladi.

An’anaga muvofiq ijod maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “
Erkin Vohidov stipendiyasi - 2024” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi ilmiy, ijodiy yo‘nalishlarida o‘tkazildi. Sinflar kesimida ixtisoslik fanlari bo‘yicha test sinovi va ijodiy imtihomlar, Erkin Vohidov asarlari bilimdoni tanlovlaridan saralangan 11 nafar eng bilimli, iste’dodli, faol, tashabbuskor, intiluvchan o‘quvchilar tanlab olindi.
Ularning izlanishlari ilmiy, ijodiy shartlar asosida yana bir bor sinovdan o‘tkazildi.

💥Tanlovning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida nomzodlarning chiqishlariga ijod maktabi direktorining o‘rinbosari Mashhuraxon Xusanova, maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari Munira Qo‘qonova, Sharofat Ismoilova va psixolog Mahmudjon Akbarovlar hakamlik qildi.

💐Tanlovda ishtirokchilar tortishuvlar, baxs-munozaralar shukuhida kechgan tanlov natijalariga ko‘ra O‘zbekiston xalq shoiri
Erkin Vohidov nomidagi stipendiyaga ijod maktabi o‘quvchilaridan Nodirabegim Ikromova ilm yo‘nalishida, Shahlo Safarova ijod yo‘nalishida sazovor bo‘ldi.
#Erkin_Vohidov_ijod_maktabi
#Mahorat_darsi

⚡️
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga O'zbekiston adabiyoti va san'ati gazeta bosh muharriri Humoyun Akbar tomonidan mahorat darsi o'tildi.

💥 Mahorat darsi "Zamonaviy adabiyot va jahon she’riyati tendensiyalari" mavzusida o'tkazildi.

Darsda adabiyotning nazm, nasr, tarjima yo'nalishiga qiziquvchi 8-sinf o'quvchilari ishtirok etishdi. Ustoz tomonidan jahon she'riyatining nomdor shoirlaridan tarjima she'rlar tinglandi.

📋Mahorat darsi so’nggida o’zaro savol-javoblar bo’lib o’tdi hamda mahorat darsi o‘quvchilarning mushoiralariga boy, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.


🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI  OromgohI   FacebookI YoutubeI InstagramI👈