Ergash Abdurayimov/ Olmaliq shahar hokimining o'rinbosari
203 subscribers
3.36K photos
707 videos
22 files
1.06K links
Olmaliq shahar hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari

Instagram:
https://instagram.com/ergashabdurayimov?utm_medium=copy_link
Download Telegram
#Targ'ibot

Deputat Prezident murojaatnomasi targ'ibotida...

🇺🇿O
'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Yoshlar forumi" doirasida yoshlar bilan uchrashuvida so'zlagan nutqi va 29-dekabr kuni Oliy Majlis va xalqimizga yo'llagan Murojaatnomasi va unda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ta'lim tizimi vakillarining faolligiga qaratilgan uchrashuv bo'lib o'tdi.
📖Olmaliq shahar 3-maktabgacha ta'lim tashkilotida o'tkazilgan uchrashuvda tizim xodimlari bevosita va zoom platformasi orqali qatnashdilar. Unda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati, XDP deputatlik guruhi rahbari Ergash Abdurayimov Prezident ma'ruzasi va Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, belgilangan ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirishda jamoatchilik, davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari, jumladan, maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlarining burchi haqida ishtirokchilar bilan fikr almashdi.
Uchrashuv qizg'in savol-javoblar, ko'tarinki kayfiyat ruhida o'tdi.

✍️Jasur Safarmatov

@ergash_abdurayimov
Forwarded from ONA SHAHRIM OLMALIQ
#Targ'ibot

Deputatlar "Taraqqiyot strategiyasi" targ'ibotida!

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati Kengashning tegishli doimiy komissiyasi va siyosiy partiyalar bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qasamyod qabul qilish marosimidagi nutqida keltirilgan ustuvor yo'nalishlar bo'yicha targ'iboti-tashviqot uchrashuvlari boshlandi. Ilk uchrashuv TDTU Olmaliq filialida bo'lib o'tdi.

@olmaliq_deputatlari
Forwarded from ONA SHAHRIM OLMALIQ
#Targ'ibot

Deputatlar Xalq ta'limi xodimlari bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyat mudiri Ergash Abdurayimov va Doimiy komissiya raisi Zafar Adilovlar shahar Xalq ta'limi bo'limi xodimlari ishtirokida targ'ibot uchrashuvi tashkil etildi.

Unda O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan "Taraqqiyot strategiyasi" mazmun-mohiyati haqida suhbatlashildi.

@olmaliq_deputatlari
Forwarded from ONA SHAHRIM OLMALIQ
#Targ'ibot

Maktabgacha ta'lim bo'limi xodimlari bilan targ'ibot uchrashuvi

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari Zafar Adilov va Ergash Abdurayimovlar ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qasamyod qabul qilish marosimidagi nutqi va "Taraqqiyot strategiyasi" asosiy yo'nalishlari targ'ibotiga bag'ishlangan targ'ibot uchrashuvi tashkil etildi.

@olmaliq_deputatlari
Forwarded from ONA SHAHRIM OLMALIQ
#Targ'ibot_tadbiri
#Qonun_muhokamasi

Qonun loyihasi o'rganildi

🔹Joriy yilning 24-oktyabr kuni Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatligiga saylov o‘tkazuvchi shahar saylov komissiyasi a’zolari, Siyosiy partiyalarining Olmaliq shahar Kengashi raislari va Kengash huzuridagi Yoshlar parlamenti vakillari maktabi a’zolariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o'qishda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi mazmun-mohiyatiga qaratilgan seminar bo'lib o'tdi.

🌐 https://t.iss.one/olmaliq_deputatlari
👍2
#Konstitutsiya
#Targ'ibot
#Uchrashuv
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Олмалиқ Касб-ҳунар мактабида 8 декабрь Ўзбекистон Республикаси Конституцияси куни, 9 декабрь Коррупцияга қарши курашиш куни, 10 декабрь - Ўзбекистон Республикаси Давлат Мадҳияси қабул қилинган куни муносабати билан ҳуқуқий саводхонлик учрашуви бўлиб ўтди. Учрашувда ўқувчилар Халқ депутатлари Олмалиқ шаҳар Кенгаши депутатлари Санжар Мамаюсупов ва Эргаш Абдурайимовларнинг мавзуга доир фикрлари билан танишдилар. Ўқувчиларнинг ҳуқуқй саводхонлигини оширишга қаратилган тақдимотлар, сав-жавоблар айниқса ёшларнинг билимини янада оширишга хизмат қилди.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
👍3
3-maktab o'quvchilarining ota-onalari bilan suhbatlashdik

Ota-onalardan biri "Bizning bolalarimiz bilan ham shaxsan uchrashib gaplashing", deyishdi. Nasib qilsa ular bilan ham uchrashamiz.

@ergash_abdurayimov
👍5
#Uchrashuv
#Targ'ibot

FARZANDNI MODDIY TA'MINLASHNING O'ZI YETARLI EMAS

Moddiy ta'minlashning o'zi yetarli emas. Bu muhim, lekin yetarli emas. Bir qatorda, unga mehr-muhabbat, e'tibor, tarbiya va ta'lim berish ham muhim. 7-maktabda Olmaliq shahar Kengashi deputati Ergash Abdurayimov ishtirokida ota-onalar bilan bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda asosiy masala shu haqida bo'ldi.

Qatnashchilari farzandlarimizni moddiy ta'minlash bilan bir qatorda:

* Mehr-muhabbat: Farzandga o'z muhabbatimizni his qildirish, uni quchoqlash, unga vaqt ajratish;
* E'tibor: Muammolarini tinglash, ularning fikrlarini qadrlash, ularni m'eyorida qo'llab-quvvatlash;
* Tarbiya: To'g'ri va yaxshi xulq-atvorni o'rgatish; ularni axloqiy jihatdan shakllantirish;
* Ta'lim: Ta'lim olish imkoniyatini yaratib berish; ularning qobiliyatlarini rivojlantirish;
* Ma'naviy immunitet: Bolalarimizni har qanday salbiy illatlardan, jinoyat va huquqbuzarliklardan asrash kabi tavsiyalarga kelishib oldilar.

@xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
👍63
#Targ'ibot_uchrashuv

YOSHLARNI GIYOHVANDLIKDAN ASRAYLIK

Giyohvandlik faqatgina shaxsga emas, balki jamiyatga ham katta zarar yetkazadi.

🩼Giyohvandlik dunyoning ko'pgina mamlakatlarida keng tarqalgan muammo. U turli xil jamiyatlarda, turli xil yoshdagi va ijtimoiy qatlamlarga mansub odamlarni qamrab oladi.
🩼 Uning oqibatlari juda jiddiy bo'lishi mumkin. U sog'liqqa zarar yetkazishi, oilaviy munosabatlarni buzishi, ishsizlikka olib kelishi va hatto o'limga olib kelishi mumkin.
🩼Undan xalos bo'lish juda qiyin bo'lishi mumkin. Uning qaramlik xususiyati kuchli bo'lib, shaxsni o'ziga tortadi va uni boshqarish qiyin.
🩼U jamiyatga ham katta zarar yetkazadi, jinoyatchilikning ko'payishiga, iqtisodiy zararlarga va ijtimoiy beqarorlikka olib kelishi mumkin.

Olmaliq shahar Kengashi deputati Ergash Abdurayimov ishtirokida harbiylar va ularning oila a'zolari o'rtasida o'tgan uchrashuvda giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarning oldini olishda ota-onalarning roli haqida so'z bordi.

@xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
👍7