Deputat Abdurayimov/ Ishonchni oqlash yo'lida...
148 subscribers
2.42K photos
564 videos
21 files
867 links
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Ergash Abdurayimovning shaxsiy telegram kanali.


Instagram:
https://instagram.com/ergashabdurayimov?utm_medium=copy_link
Download Telegram
#Rasmiy

Диққат, автотранспорт воситалари қатнови тўхтатилади!

Оҳангарон шаҳрида коронавирус инфекцияси кириб келиши ва тарқалишининг олдини олиш мақсадида шаҳар ҳокимининг қарори билан 27 март соат 20:00 дан бошлаб ҳудудга кириш-чиқишдаги барча автотранспорт йўллари, шунингдек, айланма йўлларда транспортлар қатнови тўхтатилади (махсус рухсатномага эга транспорт воситалари бундан мустасно).


https://t.iss.one/ergash_abdurayimov
#Boyonot
#Rasmiy
#Elektr

Олмалиқ шаҳар ҳокимининг капитал қурилиш, коммуникациялар ва коммунал хўжалик масалалари бўйича ўринбосари Солижон Қосимовнинг баёноти

Кеча, 8 апрель куни республикамизда, жумладан, Олмалиқ шаҳрида ҳам об-ҳавонинг кескин ўзгариши сабабли, шаҳар кўчаларида кўплаб дарахтлар синиб, электр тармоқларининг 60 фоизига жиддий шикаст етказилган. Натижада кўплаб ҳудудларда электр таъминотида узилишлар содир бўлди.

Ҳозирда шаҳар Электр таъминоти корхонаси ва ОКМК АЖ мутахассислари томонидан муаммоларни бартараф этиш чоралари кўрилмоқда.

Синган дарахтлар ва шох-шаббаларни йиғиш учун шаҳардаги барча коммунал корхона, ташкилотлардан қўшимча техник ва ишчи кучлари жалб этилди.

Электр таъминотидаги узилишларни кечгача бартараф этишга ҳаракат қилаяпмиз.

@ergash_abdurayimov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Olmaliq shahar hokimi Rahimov Usmon Ismoilovichning shahar aholisiga murojaati.

Video: 18.8 mb.

https://t.iss.one/ergash_abdurayimov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy
#Fatvo2
#Musulmonlar_idorasi

❗️Ўзбекистон Мусулмонлари идораси Уламолар кенгаши карантин даврида Рамазон ойини қандай ўтказиш бўйича баёнот берди

Уламолар кенгаши юртимиз мусулмонларини Рамазон ойидаги ҳатму Қуръонлар ва таровеҳ намозларини ўз уйларида, оила аъзолари билан ўтказишга, шунингдек оммавий ифторликлар ўтказмасликка фатво берди.

Vedeo: 12.7 mb.

https://t.iss.one/ergash_abdurayimov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Din
#Rasmiy

Ҳаж-2020 мавсумига тайёргарликни кечиктириб туриш масаласи.

@ergash_abdurayimov
#Rasmiy

⚡️Тошкент вақти билан соат 21:16 да Ўзбекистон ҳудудида ер силкиниши сезилди.

ФВВ Сейсмопрогностик мониторинг Республика маркази хабар қилишича, Тошкентдан 197 километр шарқий масофада содир бўлган зилзила магнитудаси 4,5 баллга тенг бўлган. Эпимарказ 14 км чуқурликда жойлашган.  

Зилзила Ўзбекистон ҳудудида:

Наманган: 30 км, 4 балл;
Андижон: 84 км, 3 балл;
Фарғона: 99 км, 2 балл.

Do'stlarga ham ulashing!

Ulanish👉 @ergash_abdurayimov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ramazon hayitini nishonlash to'g'risida" gi Qarori

Do'stlarga ham ulashing!

Ulanish👉 @ergash_abdurayimov
#Rasmiy
#Prokuratura

​​Расмий баёнот

Сирдарё вилоятидаги “Сардоба” сув омбори билан боғлиқ жиноят иши юзасидан тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Ҳозирда жиноят иши бўйича 2 нафар шахс гумонланувчи тариқасида ишга жалб қилиниб, уларга нисбатан "қамоққа олиш" эҳтиёт чораси қўлланилди.

Иш бўйича ҳақиқатни аниқлашга тўсқинлик қилиш ҳолатларининг олдини олиш мақсадида бошқа тафсилотлар ошкор қилинмайди.

Тергов ҳаракатлари давом этмоқда.

Манба: Бош прокуратура Ахборот хизмати.

Ulanish👉 @ergash_abdurayimov
#Farg'ona
#Vaziyat
#Rasmiy

⚡️Ўзбек-Қирғиз чегара ҳудудида содир бўлган ҳолат юзасидан ДХХ ахбороти

31 май куни Ўзбекистон ва Қирғизистон чегарасида жойлашган Чашма булоғи олдида икки мамлакат фуқаролари ўртасида зиддият келиб чиқди.

ОАВ маълумотига кўра, Қирғизистоннинг Боткен вилоятига туташ, Фарғона вилояти таркибидаги Сўх туманида жойлашган Чашма қишлоғида сув учун катта жанжал рўй берган.

Интернетда тарқалган видеоларда томонлар бир-бирини тошбўрон қилгани, чегара симтўсиқларини кўчириб олишга уринганини кўриш мумкин.

ДХХ Чегара қўшинлари матбуот хизмати ушбу ҳодиса бўйича муносабат билдирди.

Қайд этилишича, юзага келган вазиятни бартараф этиш учун Ўзбекистон ва Қирғизистон маҳаллий маъмуриятларининг масъул раҳбарлари воқеа жойида учрашишган.

«Ҳозирда вазият тўлиқ назоратга олинган. Можаронинг сабаб ва оқибатларини бартараф этиш бўйича тегишли чоралар кўрилмоқда», дейилади ДХХ Чегара қўшинлари хабарида.

Ulanish👉 @ergash_abdurayimov
#Rasmiy

Тошкент вилояти Санитария-эпидемиология осойишталик маркази бош врачи ўз вазифасидан озод этилди

Ижтимоий тармоқларда ходимларини ўз кабинетида сўкаётган раҳбарнинг видеоси тарқалди. Тез орада видео “қаҳрамони” Тошкент вилояти Санитария -эпидемиология осойишталик маркази бош врачи Бахтиёр Болтабоев эканлиги маълум бўлди.

Бугун Соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳузуридаги Санитария–эпидемиологик осойишталик агентлиги томонидан хизмат текшируви ўтказилиб, мутахассислар томонидан ўрганилди. Вилоят Санитария -эпидемиологик осойишталик маркази бош врачи Бахтиёр Болтабоевнинг қўл остидаги ходимлари билан ўта қўпол ва ахлоқий меъёрларга тўғри келмайдиган тарздаги суҳбати муҳокама қилиниб, қонунчиликда белгиланган тартибда тегишли чора кўрилди.

Бош врач Соғлиқни сақлаш вазирининг биринчи ўринбосари, мазкур агентлик директори Баҳодир Юсупалиевнинг тегишли бўйруғи билан ўз вазифасидан озод этилди.

‼️Айни пайтда агентлик томонидан Тошкент вилояти Санитария-эпидемиология осойишталик маркази фаолиятини тубдан ўзгартириш, иш самарадорлигини ошириш, худудда санитария ва эпидемиология ҳолатини янада яхшилаш каби вазифаларга қатъий эътибор қаратилмоқда.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Жамоатчилик билан алоқалар бўлими.

Ulanish👉 @y_o_toshvil
#E'lon
#Rasmiy

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi 2021-yil 9-noyabr (seshanba) kuni soat 17:00 da shahar hokimligining katta majlislar zaliga chaqiriladi.

Sessiya kun tartibi:

1. Olmaliq shahridagi 15-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi direktorligiga nomzodni tanlash to'g'risida.

2. Davlat idoralaridagi ijro sifati va holatini o'rganish hamda muhokama qilish to'g'risida.

3. Boshqa masalalar.

Sessiyada ishtirok etuvchi deputatlar va tegishli tashkilot mas'ullarini ro'yxatga olish soat 16:50 da yakunlanadi.


@olmaliq_deputatlari
#Rasmiy
#Bildirish

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi 44-sessiyasi boshqa kunga qoldiriladi

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 2021-yil 21-dekabr soat 10:00da Olmaliq shahar hokimi Xamdamov Qobil Murotqulovichning shahar Kengashi deputatlari va aholiga "Olmaliq shaxrini ijtimoiy-iqtsodiy rivojlantirish yuzasidan 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar yakunlari hamda 2022-yilgi vazifalar to'g'risida"gi MUROJAATI eshitilishi belgilangan navbatdagi 44-sessiyasi ma'lum sabablarga ko'ra boshqa kuni o'tkazilishi belgilandi.
Sessiya bo'lib o'tadigan sana to'g'risida qo'shimcha ma'lum qilinadi.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#Rasmiy

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi 44-sessiyasi 2021-yil 23-dekabr (payshanba) kuni soat 11:00 da "Metallurg" madaniyat markazida o'tkazilishi belgilandi.

Sessiya kun tartibida Olmaliq shahar hokimi Xamdamov Qobil Murotqulovichning shahar Kengashi deputatlari va aholiga "Olmaliq shahrini ijtimoiy-iqtsodiy rivojlantirish yuzasidan 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar yakunlari hamda 2022-yilgi vazifalar to'g'risida"gi MUROJAATI eshitilishi belgilangan.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qutlov
#Rasmiy

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Prokuratura xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan bayram tabrigi

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi Prokuratura xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi. Ta'kidlash joizki, mamlakatda qonunlarning bir xilda og'ishmay ijro etilishi, hurmat qilinishi, inson qadr-qimmati, jumladan tadbirkorlarning huquq va erkinliklarini himoya qilinishi, qolaversa, shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha bajarilayotgan barcha amaliy ishlar borasida samarali xizmat qilib kelayotgan soha fidoiylariga sog'liq-salomatlik, xizmat burchini ado etishda omad va zafarlar yor bo'lishini tilaymiz.

Hurmat bilan,

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#Rasmiy
#E'lon
#Xushxabar

Tibbiyot yo'nalishidagi Oliy ta'lim muassasalarining bitiruvchilari va magistrlarining shartnoma to'lov pullari mahalliy byudjet hisobidan to'lab berish bo'yicha taklif ishlab chiqilmoqda.

Shu munosabat bilan Olmaliq shahri va unga qo'shni tumanlarda istiqomat qiluvchi tibbiyot yo'nalishidagi Oliy ta'lim muassasalarida o'qiyotgan bitiruvchi kursi va tibbiyot yo'nalishidagi Oliy ta'lim muassasalarining magistraturasida tahsil oluvchi talabalar Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashiga murojaat qilishi mumkinligini ma'lum qilamiz.

Tel: 70-61-4-08-44
+99899-858-84-21

✍️Eslatib o'tamiz Olmaliq shahar hokimining Murojaatnomasiga bag'ishlangan sessiyada deputatlar tomonidan mazkur yo'nalish bo'yicha bildirilgan taklif shahar hokimi tomonidan to'liq qo'llab-quvvatlangan edi.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#Rasmiy #Ogohlik

⚡️Joriy yilning 14-18-fevral kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha yomgʻir yogʻadi, togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 14-16-fevralda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi.

Shu yilning 14-18-fevral kunlari kutilayotgan kuchli yogʻingarchilik sababli, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida, jumladan, viloyatimizning Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Togʻ oldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlari soʻraladi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor
#Rasmiy

Bugun Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi


Unda viloyat Hududiy saylov komissiyasi raisi Ulugʻbek Toʻxtayevning joriy yil 27-oktyabrda boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.

Sessiyada deputat Fayziyeva Sayyora Mavlonovna Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi etib saylandi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, viloyat Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Toshkent viloyati hokimi lavozimiga Zoyir Mirzayev nomzodi koʻrsatilganligi bildirildi.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining qarori bilan Mirzayev Zoyir Toirovich Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

@ona_shahrim_olmaliq