Deputat Abdurayimov/ Ishonchni oqlash yo'lida...
155 subscribers
2.45K photos
579 videos
21 files
878 links
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Ergash Abdurayimovning shaxsiy telegram kanali.


Instagram:
https://instagram.com/ergashabdurayimov?utm_medium=copy_link
Download Telegram
#Sessiya_qarori_ijrosi
#Temir_daftar
#Ayollar_daftari
#Yoshlar_daftrari

📍Sessiya qarori qog'ozligicha qolib ketadigan payt o'tdi!

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri raisligida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi sessiyasining Aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga doir 2 ta qarori ijrosi muhokama qilindi.

Muhokamada mas'ullar sessiya qarorida nomlari keltirilgan har bir fuqaro bilan qilingan ishlar yuzasidan birma-bir javob berdilar.

Kotibiyat mudiri ayrim soha rahbarlarini tanqid ostiga olib: "Qarorni o'zi ijro bo'ladi, deb kutib o'tiribsizmi?, Sessiya qarori qog'ozligicha qolib ketadigan payt o'tdi" deydi.

Sessiyaning mazkur qarorlari ijrosi ikkinchi bor muhokama qilinmoqda. Tan olish kerakki, avvalgi muhokamalardan so'ng qaror ijrosi 85 foizga bajarilgan. Bu galgi jiddiy ihihlantirish va tushuntirishlardan so'ng 💯 foizga bajarilishi ko'zda tutilgan.

@olmaliq_deputatlari
#Muhokama
#Ayollar_daftari

📍1-sektorda muhokamalarning 2-qismi yohud hamma bir maqsad sari: Ayollarni qo'llab-quvvatlash adolatli bo'lishi kerak.

Bugun Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri Ergash Abdurayimov raisligida shaharning 1-sektor hududida joylashgan mahallalarda "Ayollar daftari" bo'yicha bajarilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Bugungi muhokamalarda Mirzo Ulug'bek, Yulduz, Koinot, Olmaliqsoy, Alisher Navoiy, Mustaqillik MFY lar kesimida "Daftar" ni shakllantirishning ikkinchi bosqichi bo'yicha tahlil qilindi. Ishchi guruhlar har bir oila va familiya bo'yicha savol-javobdan o'tkazildi.

@olmaliq_deputatlari