Deputat Abdurayimov/ Ishonchni oqlash yo'lida...
154 subscribers
2.45K photos
579 videos
21 files
878 links
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Ergash Abdurayimovning shaxsiy telegram kanali.


Instagram:
https://instagram.com/ergashabdurayimov?utm_medium=copy_link
Download Telegram
Азизлик тавозедадир. Ким уни кибрдан изласа, оловдан сув излаган каби бўлади.

Manba.

@ergash_abdurayimov
#Murojaat_bo'yicha

Mazkur savolni masʼullar bilan gaplashib, javobini yuboramiz.

@ergash_abdurayimov
Deputat Abdurayimov/ Ishonchni oqlash yo'lida...
#Murojaat_bo'yicha Mazkur savolni masʼullar bilan gaplashib, javobini yuboramiz. @ergash_abdurayimov
#Murojaatga_javob

Masʼullar bilan bog'landik. Murojaatda adashmasam OKMK AJ ga qarashli yerlar haqida gap borayapti. Bug'doydan keyin aholiga foydalanish uchun berilgan edi.

Yanagi yil ham asosiy ekindan keyin shahar hokimligi tomonidan ro'yxat qayta shakllantirilib OKMK AJ ga beriladi va korxona imkoniyatdan kelib chiqib mazkur ro'yxati berilgan fuqarolarga mavsumda ekin ekishga ajratishi mumkin ekan.

@ergash_abdurayimov
#Joylarda

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi rahbari, shahar hokimi Qobil Murotqulovich Xamdamov boshchiligidagi mutasaddilar Totuvlik ko'chasi 9-"a" uy aholisi bilan yana bir bor uchrashdi. Navbatdagi tibbiy ko'rik ham tashkil etildi.

Xabaringiz bor, yaqin kunlarda mazkur yotoqxonada ta'mirlash ishlari boshlanishi reja qilingan.

@olmaliq_deputatlari
#Qutlov

Qadrdonim, tengdoshim! O'zbekiston Xalq demokratik partiyam mening. 30 yoshing muborak bo'lsin. Sendagi ajoyib muhit, mustahkam g'oya va ezgu yo'l - Xalq manfaati, xalqning orzu-istaklari. Bu sharqona mehr-oqibat va hamjihatlik yo'lidir. Bu yo'l yiqilganni suyash, ehtiyojmandga qo'l cho'zmoq yo'lidir. Men shu yo'ldaman, men sen bilanman!!!

1-noyabr - Xalq demokratik partiyasi tashkil topgan kun!

Barcha partiyadoshlarimni samimiy qutlayman!!!

Ergash Abdurayimov - Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri. "Shuhrat" medali sohibi.

@ergash_abdurayimov
Forwarded from Rasul Kusherbayev
🕺Инсон аъзолари ва тўқималарининг трансплантацияси учун донор, беморнинг яқин қариндоши бўлиши керак, деган чеклов бекор қилинмоқда.

❗️Бу ҳақдаги ўзгариш депутатлар томонидан кўриб чиқилган "Инсон аъзолари ва тўқималарининг трансплантацияси тўғрисида"ги қонун лойиҳасида белгиланмоқда.

Эндиликда донор сифатида ўзидан аъзолари ва (ёки) тўқималарининг трансплантация учун олинишига ихтиёрий равишда, бепул асосда, нотариал тартибда тасдиқланган ёзма розилик берган инсон тушунилади.

Амалдаги таҳрирда донор-беморга трансплантация қилиш учун органлари, тўқималари ва (ёки) хужайраларини ўз ихтиёри билан бераётган инсон тушунилиб, у уч йилдан ортиқ никоҳда бўлган эр-хотинлар ва уларнинг олдинги турмушидан бўлган фарзандлари, тўғри ва ён тарафдан бўлган қариндошлари, шунингдек, ўгай ота, ўгай она, ўгай ўғил, ўгай қиз ва оила ҳақидаги қонун ҳужжатларига мувофиқ фарзандликка олинган болалар тирик донор бўлиши мумкин эди.

Қонун лойиҳаси депутатлар томонидан қабул қилиниб Сенатга юборилди.

‼️Умид қиламизки, янги қонун тўғри йўлда ишлатилиб, қийин вазиятда қолган юртдошларимизнинг соғлигини тиклашга хизмат қилади.

👉 @deputat_kusherbayev
ШОШИЛИНЧ АХБОРОТ: республика бўйича ҳарорат 10-13 даражагача пасаяди

📍 https://uza.uz/uz/posts/316830

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
#E'lon
#Rasmiy

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi 2021-yil 9-noyabr (seshanba) kuni soat 17:00 da shahar hokimligining katta majlislar zaliga chaqiriladi.

Sessiya kun tartibi:

1. Olmaliq shahridagi 15-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi direktorligiga nomzodni tanlash to'g'risida.

2. Davlat idoralaridagi ijro sifati va holatini o'rganish hamda muhokama qilish to'g'risida.

3. Boshqa masalalar.

Sessiyada ishtirok etuvchi deputatlar va tegishli tashkilot mas'ullarini ro'yxatga olish soat 16:50 da yakunlanadi.


@olmaliq_deputatlari
⚡️⚡️⚡️

Олмалиқ "Сув таъминоти" корхонаси огоҳлантиради

Бугун, 3 ноябрь куни соат 13:00дан сув қувурида носозликни бартараф этиш ишлари олиб борилиши сабабли С.Оллоёр, Т.Малик, "Тотувлик" ҳудудларида ичимлик суви таъминоти таъмирлаш ишлари тугагунга қадар тўхтатилади.

@Olmaliqhayoti